Ferma 4-fasl



Download 188,69 Kb.
bet5/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Документ

3-QISM

JURNALIST MARTA

Emma "YSM" prezidenti bilan kelishib, William Minervaning uyida yashashga qaror qilganidan beri oradan 8 oy o'tib ketdi. O'tgan oylar davomida bolalar shaharga ham, undagi odamlarga ham, yangi hayotga ham ancha ko'nikib qolishdi. Ammo bu degani ular ferma va vampirlarni unutdi deganimas. Hali ularning oldida juda katta rejalar va ishlar turibdi.

–Reymond Minerva, shundaymi?-so'radi William Minervaning uyiga ruxsatsiz kirib kelgan jurnalist ayol. Umuman olganda, bunday jurnalistlar William bolalarni asrab olgandan beri kelishadi. Ular beradigan savollarning mazmuni esa deyarli bir xil: Bolalar qayerdan paydo bo'lib qolishdi? William nega ularni asrab oldi? Shaharda bitta ham yetimxona yo'q, William bolalarni qayerdan topib kelgan? U bolalarni ancha yillardan beri yashirib kelganmi? Axir "YSM" da "Bitta oila uchun bir nafar bola" siyosati qo'llanilib kelinadi-ku? Oilada bir nafardan ziyod bola boqish mumkin emas. Nega William Minerva "YSM" qonun-qoidalarini buzyapti? Bunga prezident Rozvald qanday qarayapti?...

Barcha savollar mana shunday bir-biridan jirkanch. Bu shaharda hamma bir-birini yomon ko'radi. Hamma xudbinlashib ketgan.

–Ha, Reymond Minervaman!-javob berdi Rey asabiy ohangda,-Agar sizlar ham janob William bizni qanday boqib olgani haqida so'ragani kelgan bo'lsangiz, hoziroq tuyog'ingizni shiqillating.

–Bu qo'pollikni qanday tushunish mumkin?-so'radi jurnalist ayol,-Bosh vazirning o'g'liman deb o'zidan ketishmi bu? Yoki o'ta darajadagi kiborlikmi?

–Iltimos, uyimizdan chiqib keting!-dedi eshik tagida turgan Emma,-Agar dadamiz kelib qolsa, yana jahli chiqadi. Bu yerga ruxsatsiz kirdinglar.

–O, menimcha siz Emma Minervasiz, shundaymi? Balki siz bilan savol-javob o'tkazganim ma'qulroqdir?

–Uning gapini eshitmadingizmi?-baqirdi Mayk,-Hoziroq chiqib keting! Bu yerga ruxsatsiz bostirib kirishga nima haqqingiz bor?

–Jurnalistlarning hamma narsaga haqqi bor, azizim. Keling, tanishib qo'yamiz. Mening ismim Marta Gudmen. Siz uchun oddiygina Marta. "YSM" dagi eng mashhur va tajribali jurnalist.

–Kimligingizga tupirdim,-dedi Rey,-Hoziroq chiqib ketmasangiz, dadamni chaqiramiz! Keyin sizga qonuniy jazo ko'riladi.

–Yo'q Rey. Shart emas,-ichkaridan qo'liga simsiz, tugmachalari ko'p, xuddi g'ishta o'xshaydigan katta uy telefoni ko'tarib olgan Roza chiqib keldi-da, bolalarga yuzlandi,-Dadamizni jurnalistlar darvozadan kirib kelishgan paytdayoq ogohlantirganman. U hozir politsiya bilan birga yetib keladi.

–Bu bilan meni qo'rqib ketdi deb o'ylaysizmi, xonimcha?-so'radi Marta.

–Yo'q-yo'q, menda umuman bunday niyat yo'q,-Roza qo'llarini tepaga ko'tarib jilmayib qo'ydi,-Sizni qancha ko'p ushlab tursak, bizga shuncha yaxshi. Dadamiz hozirgina prezident Rozvalddan uyimizga bostirib kirgan jurnalistlarni xohlagancha jazolash huquqini olibdi. Rey, ozroq chidab tursang, mashhur jurnalistimizni o'zing jazolaysan. Ungacha kelinglar, issiq choy damladim. Birgalikda pishiriq yeb, mazza qilib gap sotamiz.

–Sizlar...sizlar meni qo'rqitmoqchimisiz? William Minerva bosh vazir bo'lsada, birovning hayoti bilan o'ynashishga haqqi yo'q!

–Axir siz o'ynashyapsiz-ku?-Roza yana jilmaygancha javob berdi,-Sizga mumkin, bizga mumkin emasmi?

–Men...men faqat adolat qaror topishini istayman!

–Istasangiz shu yerda qoling. Hozir bir necha daqiqalardan so'ng adolat o'z-o'zidan qaror topadi. Ammo jazolanuvchi kim bo'larkin? Bizmi, yoki siz?

–Men buni shunday qoldirmayman!-Marta jahl bilan o'rnidan turdi,-Hali ko'rasiz, barchangizni fosh qilaman! "YSM" qonunlarini nafaqat siz va William Minerva, balki prezident Rozvaldning o'zi ham buzyapti! Prezident ham qonun oldida javob beradi!

Marta gapini tugatgach, Roza qo'lidagi uy telefonining qizil tugmasini bosdi. Shu zahoti telefondan Martaning tovushi eshitildi:



"YSM" qonunlarini nafaqat siz va William Minerva, balki prezident Rozvaldning o'zi ham buzyapti! Prezident ham qonun oldida javob beradi!"

–Yangi Sivilizatsiya Markazi qonunlar to'plamining 7-moddasi,-eslatdi Mayk,-Hech qachon prezident va uning siyosatiga ta'na toshlari otilmasligi kerak. Agar ushbu tanqidlar qup-quruq tuhmat bo'lib chiqsa, ularni aytgan odam o'limga hukm qilinadi.

Martaning yuzidagi qahr birdaniga g'oyib bo'lib, asta jilmayishga urindi va titroq ovozda eshik tomonga qarab ketdi:

–Bolalar...keling yaxshi gaplashib olamiz, xuddi do'stlardek. Ko'rib turibman, ancha aqlli va dono bolalar ekansiz...qoidalarni ham yodlabsiz...kelinglar, hammasini unutamiz. Men bu yerdan ketaman, sizlar esa bu yozuvni o'chirib tashlaysiz. Maylimi?

–U holda hoziroq daf bo'ling,-dedi Emma eshikni ko'rsatib. Marta yuzidan oqayotgan terni artib tashladi-da, hech narsa demay chiqib ketdi. U ketishi bilan barcha bolalar g'olibona ohangda kula boshlashdi.

–Barakalla, Roza!-Emma Rozaning yoniga borib, yelkasini qoqib qo'ydi.

–Qoyil, borgan sari bizga o'xshab boryapsan,-dedi Rey,-Faqat taltayib ketma.

–Diqqat, diqqat! Tinchlaning!-Mayk baland ovozda nutq boshladi,-Tom va Leny, yana qachongacha chaynalib turmoqchisiz? Menda muhim e'lon bor.

–Kechirasiz...-Tom ham Leny ham birdaniga javob berdi.

–Demak boshladik. Biz "YSM" da yashay boshlaganimizga ham 8 oydan oshibdi. Ammo bu biz fermadagi oilamizni va hayotimizni unutib yubordik degani emas.

–Maqsadga o't,-aralashdi Rey.

–Xullas ertaga 6-noyabr. Tasavvur qilyapsizmi? Emmaning tug'ilgan kuni!

Emma tug'ilgan kuni haqida unutib ham yuborgandi. Chunki u tug'ilgan kunini yomon ko'radi. Aynan tug'ilgan kunida Maykni olib ketishgan. O'sha kuni Mayk o'ldi deb o'ylab rosa yig'lagan va 6-noyabrni la'natlagan.

–Men...menga tug'ilgan kun marosimi kerak emas. Axir o'zingiz ham bilasiz, xuddi shu kuni bir yil avval Maykning o'limiga aza tutganman.

–Ammo u kunlar o'tmishda qoldi,-dedi Mayk,-Tasavvur qilyapsizmi, bir yil avval xuddi shu kuni fermadan qochish uchun reja tuzib yurgandik. Endi hozirgi ahvolimizga qarang. Biz uddaladik! Bu hali hammasi emas. Hali qolgan do'stlarimizni ham shu yerga olib kelamiz va kelgusi yildagi tug'ilgan kunni albatta bir oila bo'lib kutib olamiz.

–U holda tezroq harakatni boshlash kerak,-dedi Rey,-Yana qachongacha bayram qilib yashab yurmoqchisiz? Menimcha vaqti keldi deb o'ylayman.

–Buning rejasini hozirgina o'ylab topdim,-dedi Mayk,-Biz hozirgi usuldan foydalanamiz.

–Bu bilan nima demoqchisan?

–Prezident Rozvaldning jahlini uning o'ziga qarshi ishlatamiz. Uni shunday ahvolga keltirib qo'yish kerak-ki, ichidagi bor haqiqatni o'z og'zi bilan aytib qo'ysin. Jahl ustida barcha aybini tan olsin. Ammo o'sha payt uning ovozi yozib olinayotganini bilmasligi kerak.

–Bu oson ish emas,-dedi Emma,-Mana oradan 8 oy o'tgan bo'lsa hamki, haligacha uni jahldor holatini ko'rmadim. U doim boshqalar bilan muloyim gaplashadi. O'zini oliyjanob inson qilib ko'rsatishni juda ham zo'r eplaydi. Uning bu soxta oliyjanobligidan aksincha bizning jahlimiz chiqishi mumkin, uniki emas.

–Bu haqida yana batafsil reja tuzib olamiz. Hozir esa oldimizda turgan navbatdagi vazifa Emmaning tug'ilgan kunini nishonlash. Bayram qilamiz!

Emmaning tug'ilgan kuniga ko'rilayotgan tayyorgarlik avj ola boshlagan payt hammaning e'tiborini chalg'itib, qo'liga har doim olib yuradigan to'q jigarrang yaltiroq hassasini ko'tarib olgan William Minerva kirib keldi. Unga ham allaqachon Emmaning tug'ilgan kuni haqidagi xabar yetkazib bo'lingan ekan. Aniqrog'i Mayk aytib bergan.

–Hammaga salom,-dedi shlyapasini yechib, kiyim ilgichga ilib qo'ygan William.

–Salom dadajon!-hamma bir ovozda javob berdi.

–Ertaga qanday kunligini juda yaxshi bilaman. Emma opangizning tug'ilgan kuni, shundaymi?

–Dada...men tug'ilgan kunimni nishonlamoqchi emasman. Chunki bir yil avval xuddi shu kuni fermada nima bo'lganini juda yaxshi bilasiz.

–Yana qachongacha bu haqida eslab yurmoqchisan, Emma? Senga necha marta aytdim, ferma haqida ham, shtab haqida ham unut! Prezident Rozvaldga bergan va'dang esingdan chiqmasligi kerak.

–Rozvaldning o'zi jinoyatchi ekanligini siz ham biz ham yaxshi bilamiz. Uni yo'qotib, siz o'zingiz "YSM" prezidenti bo'lishingiz kerak. Keyin esa 30 yil bajara olmagan ishingizni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Vampirlardan barchamiz birgalikda qasos olamiz. Oilamizni qutqaramiz. Hozir sizning qo'lingizda butun insoniyat kelajagi turibdi. Biz o'z yurishimizni bajardik, dada. Agar tug'ilgan kunimga sovg'a bermoqchi bo'lsangiz, bizga Rozvaldni fosh qilishda yordamlashing.

–Rozvaldni fosh qildik ham deylik, men ham prezident bo'ldim deb hisoblab turamiz. Xo'sh, keyin-chi? Keyin nima qilamiz? Vampirlarni yo'q qiluvchi qurol hali kashf qilinmagan. Kumush nayza va qilichlar bilan esa oddiy odam vampirga qarshi jang qilolmaydi.

–Dada, axir o'zingiz ham bilasiz-ku! Yovvoyi sarimsoq kuli olib kelinsa...

–Agar buning imkoni bo'lganida, "YSM" olimlari allaqachon o'ylab topishgan bo'lardi. Bo'ldi Emma, jahlimni chiqarma. Undan ko'ra tug'ilgan kuningga boshqa biror foydaliroq narsa so'ra.

–O'sha olimlaringiz ham Rozvaldga bo'ysinmasligiga kim kafolat beradi?-so'radi Rey,-Aqlingizni ishlating, janob Minerva. Rozvald vampirlar bilan hamtovoq! Nafaqat u, balki undan oldingi prezidentlar ham shunday qilib kelishgan. Xuddi shtabdagi buvi va onalarga o'xshab, "YSM" prezidentlari ham o'ziga voris tayyorlaydi. O'ziga o'xshagan xudbin va ochofat voris.

–Bu hali hammasi emas,-dedi Mayk,-Men bir hafta avval "YSM" tarixi kitobini o'qib chiqdim. Har safar prezidentlikka qo'yilgan nomzodlar saylov kunidan bir necha kun avval sirli tarzda o'ldirilgan. Ba'zilari esa o'z ixtiyori bilan lavozimidan voz kechgan. Rozvald bilan bo'lgan saylovda ham shu holat takrorlangan. U bilan birga qo'yilgan 3 ta nomzoddan biri o'ldirilgan, yana biri o'z ixtiyori bilan voz kechgan. Oxirgisini esa jamiyatda unchalik faol bo'lmagani uchun saylashmagan. Bu fitna! "YSM" ning yovvoyi va vaxshiyona siyosati. Siz ham buni juda yaxshi bilib turibsiz, ammo tan olishga va kurashishga qo'rqyapsiz. Dada, qo'rqoqlik qilmang. Hammasini to'xtatish vaqti kelmadimi?

William hech narsa demay o'rnidan turdi. Keyin esa oshxona tomonga qarab ketdi. Bolalarning gapini ataylab javobsiz qoldirdi...

–Mayli, u shunday o'z qobig'iga o'ralib yuraversin,-dedi Emma,-Kelinglar yaxshisi Rozvaldni qanday fosh qilish haqida kelishib olamiz.

–Balki Rozvald chindan ham aybdor emasdir?-so'radi Luna,-Balki adashayotgandirmiz? Agar u chindan ham jinoyatchi bo'lganida, bizni yo'q qilgan bo'lmasmidi? Axir biz uning sirini bilamiz-ku.

–Gap faqat bundamas,-javob berdi Mayk,-Agar u birinchi hujumga o'tsa, chindan ham jinoyatchi ekanligini tan olgan bo'ladi. Unda esa bunday niyat yo'q. O'zini oliyjanob qilib ko'rsatish bilan ovora. Agar biz ilk zarbani bermasak, u ham indamaydi.

Emma jilmayib o'rnidan turdi va stol ustida turgan pishiriqdan tishladi:

–U holda zarba beriladi!...


Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish