Oradan 3 soat o'tdi
Martaning maqolasi "YSM" dagi ko'pchilikning jahlini chiqardi. Hatto ayrim hududlarda norozilik marosimlari ham boshlanib ketdi. William Emmani "YSM" hokimiyati binosiga olib kelib, prezident Rozvaldning xonasigacha kuzatib bordi. Rozvaldning kotibasiga ataylab ish buyurib, Emmani Rozvaldning yoniga kirib ketishini ta'minlab berdi.
Qop-qora yaltiroq eshikni ochib, Rozvaldning yam-yashil xonasiga kirgan Emma kreslosida otridagi derazaga o'girilib o'tirgan prezident Rozvaldni ko'rdi. Rozvald unga o'girilib, qo'lidagi endi gul ochayotgan kaktusni stol ustiga qo'yib qo'ydi.
–Xush kelibsan, Emma...
Do'stlaringiz bilan baham: |