Kuchning nuqtaga nisbatan momenti



Download 211,3 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi211,3 Kb.
#440164
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot


2 - Amaliy mashg’ulot.
Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasiga doir masalalar.

Kuchning nuqtaga nisbatan momenti


Kuchning biror nuqtaga nisbatan algebraik momenti deb, kuch elkasi bilan kuch miqdorini ko‘paytmasidan iborat bo‘lgan kattalikka aytiladi.
Moment markazi (0) nuqtadan kuchni ta’sir chizig‘iga o‘tkazilgan perpendikulyar masofa OE=h kuch elkasi deyiladi. (13-shakl).
A
gar kuchini O nuqtaga nisbatan momentini deb belgilasak,
M0 ( )=hF (1.1)
Agar 0 nuqtadan qaraganimizda kuch jismni soat mili yo‘nalishiga teskari aylantirsa moment ishorasi musbat, aksincha manfiy bo‘ladi.

13-shakl.
Uning o‘lchovi birligi Nm. Algebraik momentning miqdori kuchning ta’sir chizig‘i bo‘yicha ko‘chirganiga bog‘liq emas.
Agar kuchning ta’sir chizig‘i O nuqtadan o‘tsa, kuchning algebraik momenti nolga teng: 13-shakldan
M0( )=2SOAB (1.2)
SOAB-uchburchak OAB ning yuziga teng.



1-masala: 8 N li kuch xar biri 5 N dan bo’lgan ikkita kuchga ajratilsin. Shu kuchni biri 10 N, yoki 15 N , yoki 20 N dan va h.k dan iborat ikkita kuchga ajratish mumkinmi? 100 N dan bo’lgan ikkita kuchgachi?
Javob: Agar tashkil etuvchilar yo’nalishlari berilmagan bo’lsa, ajratish mumkin.
Yechilishi:
AB=2*AD=2*DB;
CD ┴AB;
AF+FB>AB
Qo'shimcha shartlarsiz, (1) dan tashqari, berilgan kuch har qanday miqdordagi ikkita teng kuchga ajralishi mumkin.
2-masala: Gorizontga α = 45° burchak ostida og’gan stropila oyog’i bo’ylab Q=2,5 kN ta’sir qiladi. Bu holda gorizontal to’sin bo’ylab qanday S zo’riqish paydo bo’ladi va vertikal yo’nalishda devorga qanday N kuch ta’sir qiladi?

Javob: S = N = 1,77 kN.
Yechilishi:


S=N=Q*cos 45°=1,77 kN
3-masala: To’g’ri kanalning qirg’oqlari bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan yuruvchi ikki traktor kanaldagi qayiqni ikki arqon bilan tortib boradi. Arqonning tortilish kuchlari 0,8 kN va 0,96 kN ga va ular orasidagi burchak 60° ga teng. Agar qayiq kanalning qirg’oqlariga parallel ravishda xarakatlansa , qayiqning xarakati vaqtida unga suvning ko’rsatadigan qarshiligi R va arqonlar bilan qirg’oqlar orasida xosil bo’luvchi α va β burchaklar topilsin.
Javob: R = 1,53 kN; α = 33°; β = 27°.



S1= 0,8 kN; S2= 0,96 kN; α =60°
Bizda mavjud bo’lgan kosinuslar teoremasidan;
R22= S21+ S22+2*S1*S2*cos60°2,3296 kN; R=1,53 kN
Sinus teoremasidan kelib chiqadi:
= , sinφ= * sin60°=0,5434
φ=32,9146°; β=α-φ=27,0854°
4-masala: Og’irligi e’tiborga olinmaydigan AC va BC sterjenlar bir-biri va vertikal devor bilan sharnirlar vositasida biriktirilgan. Sharnirli C boltga P=1000 N vertikal kuch ta’sir qiladi. Agar sterjenlar bilan devor orasidagi burchaklar α = 30°; β = 60°bo’lsa, sharnirli C boltga sterjenlarning ko’rsatadigan reaksiyalari aniqlansin.

Javob: SA=866 N, SB=500 N.



SB=P*cos β=1000*0,5=500 N; SA=P* cosα=866 N:
Topshiriqlar:

1.1.6. Ikkita 1 va kesishuvchi kuchlarning teng ta’sir etuvchisi R=10N, shuningdek F1=5H bo‘lib, 1 va Ox o‘qi bilan tashkil qilgan burchaklari mos ravishda α=60° va γ=30° bo‘lsa, 2 kuchning modulini aniqlang.
A 6,89 B 6,24 C 5,57 D 5,17 E 4,86



1.1.7. Qattiq jismning A nuqtasiga qiymatlari F1=6H va F2=3H ikki kuch ta’sir qiladi. Agar bu kuchlar bir tekislikda joylashgan bo‘lib, Ox o‘qi bilan α=60° burchak tashkil qilgan va bu kuchlar o‘zaro pyerpendikulyar bo‘lsa, ularning yig‘indisini Ox o‘qiga proyeksiyasini toping.
A 0,402 B 0,567 C 0,489 D 0,418 E 0,513



1.1.8. Pressning O nuqtasiga kattaliklari F1=5H va F2=7H ikki kuch ta’sir qiladi. Agar ular bir tekislikda joylashgan va vertikal bilan α=30° va β=45° burchak tashkil etishsa, qismni siguvchi kuchning vertikal tashkil etuvchisining qiymatini aniqlang.
A 5,33 B 6,56 C 7,47 D 8,92 E 9,28



1.1.9. Vertikal simyog‘ochga A nuqtada uchta kuch ta’sir etadi: F1=F2=F3=10H. Agar bu kuchlar bir tekislikda joylashgan bo‘lib, F1 va F3 kuchlar gorizontal Ax o‘qqa α=60° burchak ostida bo‘lsa, bu kuchlar yig‘indisining gorizontal tashkil etuvchisini toping.
A 23,4 B 22,8 C 27,3 D 24,1 E 28,5



1.1.10. Qattiq jismning O nuqtasiga 4-ta kuchlar ta’sir etadi: F1=1H; F2=2H; F3=3H; F4=4H. Agar kuchlarning Ox va Oy o‘qlarga nisbatan joylashishi byerilgan bo‘lsa, α=30°; β=45°; γ=60°; kuchlar yig‘indisining Oy o‘qiga proyeksiyasini toping.
A 2,25 B 4,47 C -1,68 D -3,22 E -2,39



Download 211,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish