Oradan 1 oy o'tdi
Kara ham shtabdagi eng mohir va iste'dodli qizga aylandi. U nimayki qilmasin, qanday vazifa topshirilmasin, hech qanday nolish yoki ortiqcha savollarsiz bajarardi. Xuddi hissiz robotlarga o'xshab. Ba'zi qizlar unga "robot" degan laqab ham qo'yib bo'lishgandi.
–Demak, qizlar,-ichkariga har doimgidan ham mamnunroq kayfiyatda bo'lgan Ameliya buvi kirib keldi,-Bugun orangizda musobaqa tashkil etiladi. Musobaqa shartlari bilan tanishtirib o'taman:
Birinchi shart – kashta tikish. Berilgan vaqt ichida kim eng chiroyli va sifatli qilib tiksa, o'sha g'olib bo'ladi. Ikkinchi shart – matematik testlar. Kim eng ko'p testlarni qoniqarli javob bilan berilgan vaqt ichida yechib chiqsa, o'sha g'olib deb e'lon qilinadi. Uchinchi shart – kurash tushish. Kurashni turnir shaklida o'tkazamiz. Musobaqa g'olibiga esa albatta sovg'a taqdim etiladi. Ha aytgancha, musobaqa faqat 16 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida o'tkaziladi. Barcha qatnashishi shart! Kim qatnashishdan bosh tortsa, bir hafta ovqatdan mahrum etiladi...
Ameliya xolaning buyrug'iga ko'ra 16 yoshgacha bo'lgan 14 nafar qiz, shu jumladan Kara va Elizabet ham musobaqada qatnashishga majbur bo'ldi. Karaning yonidagi qizlarning pichir-pichirlariga qaraganda, har safar bunday musobaqalarda Elizabet g'olib bo'lib kelgan. Bu safar ham u yutishiga qattiq ishonishyapti.
Shu kunning o'zidayoq musobaqa boshlandi. Birinchi shart, ya'ni kashta tikish uchun qizlarga yarim soat vaqt ajratib berildi. Barcha qizlar o'zi xohlagan shakl yoki naqshlarni qo'lidagi matolarga tushirishdi. Kara yam-yashil olmaning rasmini tushirishga qaror qildi. Uning yonidagi qiz quyoshni, yana bir tarafidagi qiz esa qushni tasvirladi. Yarim soat ko'z ochib yumguncha o'tib ketib, Ameliya buvi barchaga tikishni to'xtatishni buyurdi.
–Demak eng yaxshi tikilgan kashta...atirgul rasmini tasvirlagan Elizabetga tegishli! Barakalla, Elizabet! Senga 50 ball beraman. Ikkinchi o'rin esa yaltirab turgan olmani tasvirlagan Karaga tegishli. Senga ham 40 ball. Ammo bu hali hammasi emas. Oldinda yana jami 100 bal to'plashingiz mumkin bo'lgan matematik test hamda har bir g'alaba uchun 10 balldan beriladigan kurash bor. Musobaqa davom etadi!..
Ikkinchi shart. Matematik testlar.
Bunday testlarni Kara fermada yashayotgan paytida ham juda a'lo bahoga topshirardi. Chunki matematikani yaxshi o'zlashtirgan. Qolgan bolalar zerikib uhlab qolgan paytlarda ham hech ham uyqusiramay, har bir qoidani, har bir formulalarni yodlab chiqqan. Chunki bola qancha aqlli va sog'lom bo'lsa, vampirlar uchun tansiq taom sifatida kattaroq yoshga yetganda yuborilishini sezgan, ammo aynan ona bo'lib yuborilishi haqida umuman o'ylab ko'rmagandi.
Shart boshlandi. Qizlar uchun 50 ta testga bir soat vaqt ajratib berildi. Ameliya soatini chiqarib, qizlarga boshlashni buyurdi. O'zi esa issiq choy ichgancha, tebranadigan kreslosiga suyanib, dam ola boshladi.
Oradan 40 daqiqa o'tgach, Kara hammadan birinchi testlarni yechib bo'lib, Ameliya buviga olib keldi. Qolgan qizlar esa vaqt tugagach ham yechib bo'lishmagandi.
–Qoyil, Karaning testida atigi bitta xato,-dedi Ameliya buvi quvonib,-Aslida 98 ball berilishi kerak edi, ammo vaqtidan yigirma daqiqa avval olib kelganini hisobga olgan holda yana 20 ball qo'shib beriladi. Karada hami 158 ball yig'ildi.
Barcha qizlar hayratdan og'izlarini ochib qolishdi, faqatgina Elizabetgina Karaning ko'zlariga yeb yuborguday tikilib, qo'lini qattiq musht qilib tugdi. Kara unga e'tibor bermaslikka urindi.
Uchinchi shart. Kurash.
Hozircha uch kishi yetakchilik qilmoqda. Birinchi o'rin – Kara, 158 ball. Ikkinchi o'rin Elizabet, 118 ball. Uchinchi o'rin esa Elizabetning yugurdagi Alisa, 100 ball.
Bu safar Kara ilk janning o'zidayoq yutkazib qo'ydi. Chunki jismonan chiniqmagan.
Bu uning eng katta kamchiliklaridan biri. Kara maydonni tark etib, buvisining yoniga turib oldi. Ular qizlar o'rtasida bo'layotgan jangni tomosha qilib turisharkan, Ameliya buvi Karaga qarab jilmayib qo'ydi.
–Izabella senga yaxshi tarbiya beribdi. Men sening haqiqiy buving ekanimni bilasanmi?
–Ha...-Kara hech qanday hissizlik bilan javob berdi. Uning ko'zlari jangni tomosha qilgani bilan, hayoli umuman boshqa joyda edi.
–Shunday davom et, Kara. Sendan juda ham zo'r ona hamda buvi chiqishi mumkin. Bunga ishonchim komil...-Ameliya gapini tugatib, Elizabetga ishora qildi,-Eng muhimi yo'lingdan har qanday raqibni olib tashlay olishing kerak...
Oradan yarim soat o'tdi. Kurash tugab, unda Elizabet g'alaba qozondi hamda 40 ballga ega bo'ldi. Ammo endi yana bir kichik muammo bor.
–Kara va Elizabetda bir xil ball,-dedi Ameliya qo'lidagi qog'ozdagi raqamlarni hisoblab chiqib,-Menda esa faqatgina bitta sovg'a bor. Menimcha so'nggi bellashuvni o'tkazish kerak.
–So'nggi bellashuv?
–U qanday bo'ladi?
–Menimcha ular jang qilisha kerak...-qizlar orasida pichir-pichir boshlanib ketdi. Ameliya buvi esa kulib, qizlarga bas qilish ishorasini berdi hamda yoniga Elizabet va Karani chaqirdi. Elizabet hech ham qo'rqmay, Karaga dushmanlarga hos nihoh bilan qarab qo'ydi.
–Demak sizlarga bittagina savol beraman. Kimning javobi ko'proq ma'qul kelsa, o'sha g'olib deb e'lon qilinadi,-
Ameliya shunday deb Elizabetga yuzlandi,-Xo'sh Liz, sen fermaga ona bo'lib qaytsang, nima qilgan bo'larding?
Elizabet hech o'ylanib o'tirmay, mahmadonalik bilan javob berdi:
–Bolalarning har birini mas'uliyat bilan parvarish qilardim. Ular doim sog'lom va ozoda yurishiga, yetimxonadan tashqariga chiqmasliklariga ko'z-quloq bo'lib turgan bo'lardim va eng muhimi bolalar yetimxona sirini bilib qolishlariga umuman yo'l qo'ymasdim. Shtabga doimo sifatli mahsulotlar yetkazib turardim...
–Juda soz,-Ameliya Elizabetning gapini bo'lib, Karaga yuzlandi,-Xo'sh Kara, sen-chi?
Kara hech narsa deyolmay, yerga qarab qoldi. Barcha uning javobini kutib, sukut saqlab turgandi. Ameliya yana bir necha marta savolini qaytardi. Ammo Karadan sas-sado chiqmasdi.
–Kara, axir qiyin savol bermadim-ku. Fermaga ona bo'lib borsang nima qilgan bo'larding?
–Bolalarimni baxtli qilgan bo'lardim...-Kara nihoyat ko'zlarini yumgancha javob berdi,-Barcha bolalar baxtli yashashini xohlagan bo'lardim...
Ameliya Karaning javobiga biroz o'ylanib qolib, cho'ntagidan juda ham chiroyli bo'lgan qip-qizil soch to'lnog'ich chiqardi.
–Demak musobaqa g'olibi deb Karani e'lon qilaman!...
Shtab buvisi Karaga ilk g'alabasi sharafiga juda ham chiroyli bo'lgan qip-qizil va yaltiroq to'lnog'ich sovg'a qildi. Uni ko'rib Elizabetning ichi shunaqangi kuyib ketardi-ki, xuddi uch yildan beri hech kimga bermayotgan yetakchiligidan birdaniga ayrilib qolayotganday bo'lib ketardi. Uning ko'zidan olov yonib, Karaga suzilib qarab qo'ydi-da, ichida pichirladi:
–Hali ko'rsatib qo'yaman senga...bu ishing uchun javob berasan!
Do'stlaringiz bilan baham: |