Oradan 10 yil o'tdi
Kara va Elizabet eng yaqin dugonalarga aylanishdi. Avvalgi gina va yetakchilik uchun kurash butunlay unutildi...
–Kara, yangi buvi kim bo'lishini bildingmi?-so'radi Elizabet yaqindagina vafot etgan Ameliya buvini eslab.
–Axir aytishdi-ku, Izabella ismli ona bo'larkan. Ha aytgancha, u mening fermadagi onam edi...
–Faqat fermadagimi?-Elizabet qo'llarini chovushtirib, Karaga jiddiy nigoh bilan yuzlandi.
–Bu bilan nima demoqchisan, Liz?
–Men Ameliya buvi bilan bo'lgan so'nggi suhbatingni tasodifan eshitib qoldim. U sening haqiqiy buving, Izabella esa haqiqiy onang bo'lgan ekan.
Karaning ko'zlari katta-katta ochilib ketib, nafasi tiqilib qoldi. Keyin esa Elizabetning qo'llarini ushlashga urindi.
–Liz...bu haqida senga avvalroq aytib bermoqchi edim, ammo...
–Tushuntirishga hojat yo'q. Sen menga boshidanoq ishonmagansan.
–Yo'q Liz, sen meni noto'g'ri tushunyapsan! Senga ishonaman. Buni aralashtirishing shart emas!
–Menga baqirma, Kara. Men sendan xafa emasman, ko'ngling to'ldimi?
–Xafasan. Liz, men senga doimo ishonganman, ammo ba'zida hech kimga aytib bo'lmaydigan dahshatli haqiqatlar ham bo'ladi...
–Tushuntirishing shart emas. Menimcha sevimli oyijoning seni 3-fermaga ona qilsa kerak. Axir u yer endi bo'sh.
–Axir bu yaxshi-ku,-dedi Kara,-Endi mening ham o'z bolalarim bo'ladi. Ularni baxtli yashashini ta'minlayman. Baxtli yashab, baxtli o'lishini...
–Ha, bu juda yaxshi. Men esa o'lgunimcha shu yerda qari qiz bo'lib qolib ketaveray,-Elizabet shunday deb qovog'ini soldi.
–Liz, agar xohlasang, seni ham ona qilishlarini so'rayman. Oyim balki rozi bo'lar?
–Oyim?!-Elizabet asabiy ohangda baqirib yubordi,-Bu bilan endi menga maqtanmoqchimisan? Axir oying endi shtab buvisi. U sening aytganingni qiladi, bir og'iz so'zing bilan hammani, hatto meni ham qo'g'irchoq qilib o'ynashing mumkin...
–Liz, iltimos...
–Bas! Menga bunday yordamning ham, oyisiga ishongan dugoning ham keragi yo'q! Sen bilan gaplashishni xohlamayman!
–Liz, bilasanmi sen qandaysan? Sen o'ta ketgan takabbur, mahmadona va manman ayolsan! Sen bilan uchrashganimda qanday turgan bo'lsang, hozir ham xuddi shundaysan!
–Menga gapirma,-Elizabet qo'llarini chovushtirib, yo'lakning nargi tomoniga qarab ketdi. Kara esa uni to'xtatishga urindi:
–Liz! Hoziroq to'xta!
–Yo'qol. Sen bilan gaplashishni istamayman dedim!
Kara Elizabet doim shunday qilib, ertasi kuniyoq yoki 2-3 soatda yana darrov yarashib olishini bilgan holda uni to'xtatmadi. Yana yarashib olaman deb o'yladi. Ammo u qattiq yanglishgandi...
U Elizabet bilan yarashib olgunicha, Izabella buvi uni 3-fermaga ona qilib jo'natib yubordi. Kara ham buni anchadan beri xohlab yurgani sabab oyisidan hoziroq uni fermaga jo'natishini iltimos qildi...
Hozirgi payt
Lord Lyuvisning shtabidagi onalar bo'limida, buvi xonasida o'sha qizil to'lnog'ichni tomosha qilib o'tirgan Elizabet qo'lini qattiq musht qilib tugdi.
–O'sha payt mendan nimani xohlashimni so'raganding. Men tushundim! Nimani xohlashimni tushunib yetdim...
Do'stlaringiz bilan baham: |