Ferma 4-fasl


-QISM MING YILLIK VA'DA



Download 188,69 Kb.
bet19/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
Документ

8-QISM

MING YILLIK VA'DA

Bugun shuncha yillardan beri yolg'onchilik qilib, xalqni aldab kelgan va tashqi olam vampirlar va shunga o'xshash mahluqlarga to'la deb insonlarning qulog'iga lag'mon ilgan sobiq prezident Rozvaldni qatl qilishadi. Ammo uning qatl marosimidan avval Rozvald saqlanayotgan qamoqxonaga avval qanday bo'lsa, hali ham xuddi shunday kostyum kiyib, qo'liga hassa ushlab olgan William Minerva va uning eng yaqin yordamchisi hamda tutingan qizi Emma kirib keldi. Ular qo'llari kishanlangan Rozvaldning ro'parasiga o'tirib, o'zlarini qiziqtirayotgan savollarni berishga tayyorlanishdi.

–O, William Minerva va uning go'rdan tirik chiqqan qizi...boshingni mo'ljalga olsam bo'larkan. Afsus...

–Gapni ko'paytirma,-dedi William jiddiy ohangda,-Senga yordam berishimni istaysanmi?

–Yordam? Yana qanaqa yordam? Axir bugun meni o'ldirishadi,-Rozvald shunday deb o'rnidan turdi va baland ovozda telbalarcha baqirdi,-Eshitib qo'yinglar! Shuncha yillardan beri "YSM" kelajagini o'ylab kelgan bechora prezident osongina, hammaning oldida sharmandalarcha qatl qilinyapti! Naqadar kulguli...

–Siz "YSM" kelajagini o'ylamagansiz!-baqirdi Emma uning gaplarini bo'lib.

Rozvald osmonga ko'tarib turgan boshini Emmaga qaratib, ko'zlarini katta-katta ochdi va tirjayib qo'ydi:

–Kel, mantiqan fikrlab ko'ramiz, o'lmas qiz. Men "YSM" kelajagi dedim, odamlarniki emas. Radiatsiya ta'sir qilmaydigan hududlar "YSM" ga kirmaydi. Men faqat odamlar uchun ajratib berilgan hudud kelajagini o'yladim. Prezidentning eng katta vazifasi ham aynan shu! Men hech qaysi qoidani buzmaganman!

–Siz odamlarni xuddi tuxum ichida o'tirgan jo'jaday qilib qo'ygansiz. Ular haqiqiy olam qanchalik kattaligini tasavvur ham qilq olishmaydi. Tasavvur qilsa ham tashqariga chiqqani qo'rqishadi. Bunga siz va avvalgi prezidentlar aybdorsiz!

–Ha!-Rozvald baqirib javob berdi,-Bu mening burchim edi! Men shunchaki va'dani bajardim!

–Va'da?-William hech narsaga tushunmay savol berdi,-Yana qanaqa va'da?

–Ming yillik va'da...bu haqida sizlarga aytishga haqqim yo'q edi. Ammo menga yordam beraman deganing uchun aytaman. Ushbu va'da uchinchi jahon urushi tugab, butun dunyoni vampirlar bosib ketgan payt tuzilgan. Vampirlarning alohida o'z dini va e'tiqodi bor. Sizlar "u" haqida eshitganmisiz? U vampirlarning oliy hudosi.

–Uning ismi nima?-so'radi William,-Nega men shtabda yashagan paytim bu haqida eshitmaganman?

–O, buni faqat oliy darajadagi vampirlar bilishadi, xolos. Ya'ni, shtab boshliqlari. Lordlar...

–Uning ismi nima deb savol berdim!

–Aytdim-ku, bu haqida faqat oliy darajali vampirlar bilishadi. Keling, endi mavzuga qaytamiz. Xullas "U", ya'ni vampirlar hudosi yaratgan qoidalarga ko'ra, vampirlar hech qachon insonlar ustidan hukmronlik qilmasliklari kerak. Ular hatto borligini odamlarga bildirmasligi ham kerak edi. Ammo vampirlarning nafsi bunga yo'l qo'ymadi. Ular o'z e'tiqodini buzishdi. Odamlar deyarli qirilib ketayotgan payt esa Bayon ismli vampirlar lordi bu qirg'inga barham berishni taklif qildi. E'tiqodga faqatgina uchta buyuk vampir sodiq qolgandi: Lord Bayon, Lord Lyuvis va Bayonning qizi Anabella. Bayonning taklifi kuchga kirib, vampirlarning miyasiga ta'sir o'tkazuvchi radiatsion nur tarqatadigan qurilma yasaldi. Ha aytgancha, bu qurilma yasalishida vampirlarning o'zlari ham faol qatnashgan. Odamlar uchun Italiya hududi ajratib berildi. Ular shu hududda ko'payib, "Yangi Sivilizatsiya Markazi" degan davlat yaratishdi. Vampirlar esa bu hududga hech qachon kira olmasliklari sabab Nimmerland ya'ni, "yo'q bo'lgan hudud" deb atay boshlashdi. Lord Bayon va o'sha payt odamlar vakili bo'lgan va keyinchalik "YSM" prezidentiga aylangan Jozef ismli kishi bilan bitim tuzadi. Ya'ni ular bir-biriga va'da berishadi: Vampirlar ortiq odamlarga hech qachon hujum qilmaslikka, odamlar esa vampirlar uchun ferma yaratib berishga qaror qildi. Ushbu fermada nimalar boqilishini o'zingiz mendan yaxshi bilasiz.

Shu ondan boshlab har bir "YSM" prezidenti o'ziga voris tayyorlashi va unga va'da haqida aytishi kerak edi.

Bitim imzolangandan keyin ancha vaqt o'tib, shtab va fermalardagi bolalar hattoki vampir guli bilan ham ularni to'ydira olmadi. Shu sabab vampirlar orasida urush boshlandi. Bu ularning e'tiqodiga juda katta putur yetkazdi. Aynan shu urushda Lord Bayon uning izdoshi Lord Lyuvisning xiyonati sabab halok bo'ldi.

Vampirlarning katta qismi qirilib ketdi. Ammo odamlar bilan tuzilgan bitim hali ham o'z kuchida edi. Jami 10 ta shtab va ellikta ferma qoldi. Biz esa fermalarga bolalar, oziq-ovqat, kiyimlar, har xil o'yinchoqlar-u, shunga o'xshash buyumlar yetkazib berib turamiz. Aynan mana shunga ming yillik va'da deyiladi. Ayni damda sizlarning harakatingiz sabab bu kelishuv buzilishi va vampirlar o'z e'tiqodini unutib, yana odamlarga urush ochishi mumkin...

–Bunday bo'lmaydi,-dedi Emma Rozvaldning gaplarini eshitib bo'lgach,-Axir o'zingiz aytdingiz, vampirlar bir-birini qirib tashlagan. Demak, ularning soni kam. Shuningdek, fermada yashagan paytim Sofiya xola menga vampirlar o'z qatoriga yangilarni qo'shishni va ko'payishni yoqtirmasliklarini aytgandi. Ular kamchilik. Biz esa ko'pmiz! Shuningdek, bizga ularni yo'q qilish yo'li ma'lum. Har qanday taqdirda ham g'alaba biz tarafda bo'ladi.

Rozvald hech narsa demay, chuqur xo'rsinib qo'ydi. U mot bo'lganini tan oldi. Ammo o'lishni istamayapti.

–Menga yordam berishga va'da berdingiz. Xo'sh, meni qo'yib yuborasizmi endi?

–Yordam beraman deganim qo'yib yuboraman degani emas,-William shunday deb cho'ntagidan kichik shishacha chiqardi. Shisha ichida qandaydir rangsiz suyuqlik turgandi.

–Buni ich va o'zingni sharmandalikdan qutqar. Senga beradigan boshqa yordamim yo'q.

William o'rnidan turib, Emmani tashqariga yetaklab ketdi. Rozvald esa ularning ortidan qarab yana baland ovozda kula boshladi. Uning nega kulayotganini hech tushunib bo'lmasdi. Ammo u to'yib-to'yib kulib olgach, qo'liga shishachani olib, Williamga tirjayib qo'ydi.

–Buziladigan va'dalar, yangi ochiladigan urush va ozodlik uchun ichamiz...

William va Emma Rozvald zaharni ichishini tomosha qilib o'tirmay, qamoqxonadan tashqariga qarab chiqib ketishdi. Ular Rozvald uchun tayyorlab qo'yilgan dorning yonidan o'tib, hokimiyat binosiga qarab yo'l olishdi. Ular prezident kabinetiga kirib kelishlari bilan radiodagi to'g'ridan to'g'ri eshittirishda "YSM" sobiq prezidenti Rozvald o'z joniga qasd qilganligi haqidagi xabar e'lon qilindi...


Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish