«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа


Ong strukturasining yana bir elementi



Download 481,06 Kb.
bet53/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Ong strukturasining yana bir elementibu tafakkurdir. Tafakkur – individ bilish faoliyatining voqelikni umumiy va bilvosita aks ettirish bilan tavsiflanuvchi jarayoni. Mazkur jarayon narsalarning muhim, tabiiy munosabatlarini maʼlum, his qilingan, eshitilgan narsalar asosida aks ettirishni oʼzida ifodalovchi abstrakt tushunchalar, mulohazalarning yaratilishi bilan yakunlanadi. Fikrlash faoliyati yordamida biz koʼz bilan koʼrish va qoʼl bilan ushlash mumkin boʼlmagan narsalarni idrok etamiz. Tafakkur bizga muhim xossalar, aloqalar va munosabatlar haqida bilim olish imkoniyatini beradi.
Tafakkur yordamida biz sirtdan ichga, hodisadan narsalar, jarayonlarning mohiyatiga oʼtishni amalga oshiramiz.
Ong strukturasiga eʼtibor va xotira ham kiradi. eʼtibor – bu inson ruhiy faoliyatining muayyan obʼektlarga qarab moʼljal olishda namoyon boʼluvchi shakli. Xotira – bu individ miyasida uning oʼtmishdagi tajribasini mustahkamlash, saqlash va gavdalantirishdan iborat boʼlgan ruhiy jarayon. Xotiraning asosiy elementlari eslab qolish, saqlash, gavdalantirish va unutish hisoblanadi. eslab qolishning fiziologik asosini bosh miya poʼstlogʼida vaqtinchalik nerv aloqalarining hosil boʼlishi va qayd etilishi tashkil qiladi. Nerv aloqalarining keyinchalik jonlanishi eslab qolingan materialni gavdalantirish imkoniyatini beradi, bu aloqalarning susayishi esa xotiradagi materialning unutilishiga olib keladi.
Insonning subʼektiv borligʼida muhim kichik struktura – oʼzlikni anglash ham bor. Bu insonning oʼzini shaxs sifatida anglab etish, oʼzining mustaqil qarorlar qabul qilish va shu asosda odamlar va tabiat bilan ongli munosabatlarga kirishish, qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun javobgar boʼlish qobiliyatini tushunish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, oʼzlikni anglash – bu oʼz-oʼziga, oʼzining maʼnaviy qiyofasiga, oʼz bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-atvor moʼljallari, harakatlari va shu kabilarga yaxlit baho berishdir. Oʼzlikni anglash yordamida inson oʼz-oʼziga boʼlgan munosabatini roʼyobga chiqaradi, oʼz-oʼziga his qilishga qodir boʼlgan fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga oshiradi. Bu holda subʼekt oʼz-oʼzini va oʼzining ongini bilish obʼektiga aylantiradi. Shu tariqa inson oʼz-oʼziga baho beradigan, shusiz hayotda oʼz oʼrnini belgilash va topishga qodir boʼlmagan mavjudot sifatida namoyon boʼladi.
Faylasuflarning oʼzlikni anglashga subʼektiv dunyoning alohida sohasi sifatida yondashishlari Suqrotdan, uning «Oʼz-oʼzingni angla» deb nomlangan maksimasidan boshlangan. Falsafa dunyo va inson haqidagi alohida bilim sifatida shakllanishi jarayonida jonning faolligi, aqlning oʼz-oʼziga nisbatan tanqidiy munosabati haqida qarashlar vujudga kelgan. Platon fikriga koʼra, jon faoliyati – bu oʼzi bilan oʼzi suhbat xususiyatiga ega boʼlgan ichki ishdir. Jon mulohaza yuritar ekan, oʼzi bilan oʼzi tinimsiz gaplashadi, savollar beradi, javoblar qaytaradi, tasdiqlaydi va eʼtiroz bildiradi.
Shunday qilib, oʼzlikni anglash – insonning oʼzini oʼzi tinimsiz kamol toptirishining muhim shartidir. Oʼzlikni anglash strukturasida oʼz-oʼzini his qilish, oʼz-oʼzini bilish, oʼz-oʼziga baho berish, oʼz-oʼzini boshqarish kabi elementlarni ham ajratish mumkin. Umuman olganda oʼzlikni anglash refleksiya bilan uzviy bogʼliq. Falsafiy adabiyotlarda refleksiya tafakkurning unga oʼz faoliyat shakllarini (tafakkur kategoriyalarini) tahlil qilish va anglab etishga koʼmaklashuvchi tamoyil sifatida tavsiflanadi. Аyni shu sababli refleksiyaga inson maʼnaviy dunyosining ichki tuzilishi va xususiyatlarini namoyon etuvchi oʼzlikni anglash faoliyati sifatida yondashish, bizningcha, oʼrinli boʼladi.
Insonning oʼz ichki holatini tushunishi, oʼzini oʼzi boshqarish qobiliyati oʼz-oʼzidan paydo boʼlmaydi. Oʼzlikni anglash shaxsning dunyoqarash, qobiliyatlar, feʼl-atvor, qiziqishlar kabi maʼnaviy elementlari bilan bir qatorda ijtimoiy muhit taʼsirida shakllanadi. Muhit shaxsdan oʼz harakatlarini boshqarishni va ularning natijalari uchun javob berishni talab qiladi. Ong darajasi shaxs oldiga qanday talablar qoʼyilgani va mazkur muhitda qaysi ijtimoiy qadriyatlar amal qilishiga koʼp jihatdan bogʼliq boʼladi. Bu yerda inson oʼz harakatlarini oʼzi boshqarishi va ularning oqibatlari uchun javob berishi lozimligi asosiy talab hisoblanadi.
Ong tarkibiy elementlari bir-biri bilan oʼzaro aloqaga kirishadi va ongga inson hayoti uchun oʼta muhim boʼlgan bir qancha funktsiyalarni taʼminlaydi.
Ongning birinchi funktsiyasi bilish yoki aks ettirish, yaʼni insonni qurshagan voqelik haqida va uning oʼzi haqida bilimlar olishdir. Bilish faoliyati sifatida anglash jarayoni hissiy, obrazli bilishdan boshlanadi va abstrakt fikrlash sari yuksaladi. Hissiy (Empirik) bilish bosqichida rang-barang ashyoViy material toʼplanadi va keyinchalik u abstrakt fikrlash yoʼli bilan umumlashtiriladi. Shu tariqa ong eng muhim hodisalarning mohiyatini anglaydi va ular boʼysunuvchi obʼektiv qonuniyatlarni aniqlaydi. Bilish funktsiyasi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi, undan qolgan barcha funktsiyalar kelib chiqadi. Mazkur funktsiya faol, evristik xususiyat kasb etadi, yaʼni ong voqelikni ildamroq aks ettirish xususiyati bilan tavsiflanadi.
Ongning bilish funktsiyasi jamgʼarish funktsiyasini belgilaydi. Bu funktsiyaning mohiyati shu bilan belgilanadiki, bevosita, shaxsiy tajribadan olingan bilimlargina emas, balki zamondoshlar yoki oʼtmishdoshlardan olingan bilimlar ham inson xotirasida jamlanadi. Bu bilimlar zaruriyatga qarab aktuallashtiriladi, tiklanadi va ongning boshqa funktsiyalarini amalga oshirish vositasi boʼlib xizmat qiladi. Inson xotirasi qancha boy boʼlsa, u optimal qaror qabul qilishi shuncha oson boʼladi.
Ongning aksiologik funktsiyasi (baholash funktsiyasi)da inson tashqi dunyo haqida maʼlumotlar olish bilan bir vaqtda ularni oʼz ehtiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan baholaydi. Ong, bir tomondan, obʼektiv aks ettirish shakli, inson mayllari va manfaatlariga bogʼliq boʼlmagan voqelikni bilish shakli hisoblanadi. Bilimlar olish, obʼektiv haqiqatning tagiga etish, bilish faoliyati sifatidagi anglash jarayonining natijasi va maqsadiga aylanadi. Boshqa tomondan, ong voqelikka subʼektiv munosabat koʼrinishlarini, uni baholash, oʼz bilimini va oʼzini anglab etishni ham oʼz ichiga oladi. Dunyoga qadriyat sifatida qarashning natijasi va maqsadi borliqni, dunyoning inson mayllari va ehtiyojlariga muvofiqlik darajasini, oʼz hayotining mazmunini anglab etish hisoblanadi. Tafakkur, bilish faoliyati asosan bilimni aniq ifodalash, mantiqiy sxemalarga rioya etish, ular bilan ish koʼrishnigina talab qilsa, dunyoga qadriyat sifatida yondashish va uni anglab etish esa shaxsiy kuch-gʼayrat, oʼy-mulohazalar va haqiqatni teran idrok etishni talab qiladi.
Ongning baholash funktsiyasi bevosita maqsadni shakllantirish funktsiyasiga oʼtadi. Maqsadga intiluvchanlik – bu ongning muhim xususiyati hisoblanuvchi sof insoniy qobiliyat. Maqsad – bu insonning oʼz predmetini topgan ideallashtirilgan ehtiyoji; bu faoliyat predmetining shunday bir subʼektiv obraziki, uning ideal shaklida inson faoliyatining moʼljallangan natijasi namoyon boʼladi. Maqsadlar insoniyatning jami tajribasi negizida shakllantiriladi va ijtimoiy, axloqiy, estetik va boshqa xil ideallar koʼrinishidagi oliy shakllar sari yuksaladi. Аniq bir maqsadga qaratilgan faoliyat inson dunyodan qanoatlanmayotgani hamda uning bu dunyoni oʼzgartirish, uni insonga, jamiyatga zarur boʼlgan shaklga solish ehtiyoji bilan izohlanadi.
Ongning ijod funktsiyasida insonning oliy imkoniyatlari namoyon boʼladi. Maqsadga intiluvchanlik, yaʼni inson oʼz harakatlarini «nima uchun» va «nimaga erishish yoʼlida» amalga oshirishini anglab etish har qanday ongli qilmishning zaruriy shartidir. Maqsadni roʼyobga chiqarish muayyan vositalarni, yaʼni maqsadga erishish uchun yaratiladigan va shunga xizmat qiladigan vositalarni ishga solishni nazarda tutadi. Inson tabiatda mavjud buoʼlmagan narsalarni bunyod etadi.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish