«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet61/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Demografik muammo. Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari koʼpayishiga sabab boʼlayotgan aholining nazoratsiz oʼsishi qayd etiladi. Аyrim mutaxassislarning baholashlariga koʼra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar yerda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini taʼminlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar koʼpaydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining oʼsish surʼatlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar koʼpayish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. Shuni aytishning oʼzi kifoyaki, 1956 yil yerda 2,8 milliard kishi yashagan boʼlsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga etdi.
Demografik muammolar juda murakkab va oʼta turgʼun boʼlib, ularni tez bartaraf etish mumkin emas. Ularni yechish kechga surilgani sari, yanada murakkabroq va chigalroq tus oladi. Shu sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha hukumatlar tugʼilish darajasini pasaytirishga qaratilgan demografik siyosatni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Jumladan Oʼzbekistonda 1995 yilda “Oilani rejalashtirish” davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand tugʼilishini rejalashtirishning ona va bola sogʼliginI asrashga yoʼnaltirilgan saʼy harakatlardan biri boʼlishi bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini bosqichma-bosqich amalga oshirish koʼzda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va ovullarda reproduktiv salomatlik boʼyicha targʼibot ishlari olib borilmoqda.
Korruptsiya shakllanishining tarixi. BMT Kodeksida korruptsiyaga munosabat. Oʼzbekistonda korruptsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korruptsiyaga qarshi kurashning ahamiyati. Hozirgi zamonda tobora koʼp qoʼllanilayotgan atamalardan biri bu korruptsiyadir. Korruptsiya albatta bugun paydo boʼlgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud boʼlib kelmokda. Qadimgi yunon faylasufi Аristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yoʼl bilan boyishiga yoʼl qoʼymaslik lozim”. Frantsuz mutafakkiri Sharl Monteskьe esa bu borada “Аsrlar tajribasidan maʼlumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega boʼlgan shaxs, uni suiisteʼmol qilishga moyil boʼladi va u maʼlum bir maqsadga erishmaguncha shu yoʼnalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan.
Korrupsiyaning jamiyatga tahdidi barcha millatlar, diniy, huquqiy adabiyotlarning qadimiy manbalarida ham qayd etiladi. Davlat boshqaruvi sanʼatiga bagʼishlangan qadimiy hind dostonlaridan “Аrtxashastra” (Er.avv. IV asr) da podshoh oldida turadigan mugʼim vazifalardan biri xazinani talontaroj qiluvchilarga qarshi kurashish ekanligi taʼkidlanadi. “Osmonda uchayotgan qushning qayoqqa qarab burilishini aytib berishdan koʼra, ayyor amaldorning qanday hiyla oʼylab topishini oldindan aytib berish mushkulroqdir; dengizdagi baliq suvdan ichayotganligi yo ichmayotganligini aniqlab boʼlmaganidek, amaldor unga ishonilgan mulkni oʼzlashtirayotgan yo oʼzlashtirmayotganligini ham aniqlab boʼlmaydi” , - deyiladi. Gʼarbiy Evropa davlatlarining keyingi tarixida ham korruptsiyaning turli koʼrinishlari va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, oʼsha davrning ilgʼor yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham oʼz ifodasini topgan.
Xususan, Shekspirning “Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” , Dantening “Doʼzax”, “Tozalovchi” kabi asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni doʼzaxni eng qorongʼi va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan fikrni bildirgan. Korruptsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli oʼrganib, uni yoʼtalga qiyoslab shunday degan edi, “Korruptsiyani ham yoʼtalga oʼxshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni oʼtkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin”. Mana shu soʼzlardagi haqiqatni bugungi kunda dunyo boʼyicha keng tarqalgan korruptsiya koʼrinishlariga nisbatan ham qoʼllash mumkin boʼladi. Maʼlumki “Korruptsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” soʼzidan olingan bulib, mazmuni “buzish, sotib olish” maʼnosini beradi va uning grammatik bir ildizli maʼnosi yana “korroziya” suzi yaʼni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. Shundan kelib chikib bu soʼzni ijtimoiy koʼrinishi hokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish” degan maʼnoni beradi.
Korruptsiya muammolari boʼyicha Evropa Kengashi Guruhlarining 1-sessiyasi (1995 yil 22-24 fevral, Strasburg)da “Korruptsiya”ga shunday taʼrif berilgan.“Korruptsiya - pora olish (oʼziga ogʼdirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega boʼlgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning oʼz mansab vazifasidan yoki shunga oʼxshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan shuningdek oʼzi yoxud oʼzga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega boʼlish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish