«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet60/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Globallik mezonlari. Fan va falsafada global muammolarni yanada aniqroq tavsiflash uchun yuqorida zikr etilgan «geografik» mezondan tashqari bu muammolarni boshqa tomondan – ularning sifati, va muhim xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsiflovchi qoʼshimcha mezonlar qoʼllaniladi.
Birinchidan, global muammolar oʼz mohiyatiga koʼra nafaqat ayrim kishilarning manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir.
Ikkinchidan, ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hech boʼlmasa aksariyat qismining kuch-gʼayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish koʼrishi talab etiladi.
Uchinchidan, bu muammolar dunyo rivojlanishining obʼektiv omili hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni eʼtiborga olmasligi mumkin emas.
Toʼrtinchidan, global muammolarning yechilmagani kelajakda butun insoniyat va uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib boʼlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Global muammolarning boshqa bir muhim xususiyati – ularning barchasi bir-biriga shu darajada bogʼliqki, ulardan birini yechish hech boʼlmasa unga boshqa muammolarning taʼsirini hisobga olishni nazarda tutadi.
Global muammolarning tasnifi. Global muammolarning keltirilgan mezonlari va oʼziga xos xususiyatlari asosan mazkur sohadagi aksariyat tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va global muammolarni boshqa barcha muammolardan farqlab, aniq aytish imkonini beradi. Bunda u yoki bu muammoning keskinlik va muhimlik darajasini belgilash, uning boshqa muammolar bilan oʼzaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli tasniflashlar amalga oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi.
Tasniflash birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, balki hozirgi davrning oʼta keskin ziddiyatlarini kompleks oʼrganishning muhim elementi sifatida amal qiladi va mazkur muammolarni ularning oʼzaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai nazaridan oʼrganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni va obʼektiv mavjud global muammolarning keskinlashuv darajasini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash global muammolarning tizimli oʼzaro aloqasini yanada teranroq tushunishga koʼmaklashadi va amaliy qarorlar qabul qilish ketma-ketligini belgilashga yordam beradi.
Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar oʼrtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Аyni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu yerda jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni taʼminlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib oʼrnatish kabi ikki oʼta muhim muammo farqlanadi:
Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning oʼzaro taʼsiri natijasida yuzaga keladigan muammolar boʼlib, ular odamlarni energiya, yonilgʼi, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan taʼminlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni oʼzlashtirish ham kiradi.
Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bogʼliq muammolar yaʼni demografiya muammosi, sogʼliqni saqlash, taʼlim, xalqaro terrorizm tahdidi maʼnaviyat masalalari va shu kabilardir.
Аsosiy global muammolar tizimi. Hozirgi davrning global muammolari oʼz holatini zamonda tinimsiz oʼzgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik boʼlgan yangi muammolar kirishi, avvalgi muammolar esa, ularning yechilishiga qarab, yoʼqolishi mumkin. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti А.Pechchei bu holatga eʼtiborni qaratib, insoniyat qarshisida koʼndalang boʼlgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yangligʼ butun sayyorani oʼz iskanjasiga olmoqda... yechilmagan muammolar soni oʼsib bormoqda, ular yanada murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi» esa sayyoramizni oʼz changalida tobora qattiqroq siqmoqda», deb yozgan edi.
Аmmo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal boʼlmasin, uni fan va falsafa yordamida yechish, yaʼni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan, obʼektivni subʼektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab etish lozim. Dunyo miqyosidagi jarayonlarga taʼsir koʼrsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol yechishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini ham farqlash muhimdir.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish