«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet57/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Texnooptimizm. Аmmo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik kayfiyatlarning yangi toʼlqini bilan chetga surib qoʼyildi va qariyb ikki oʼn yillik mobaynida ommaviy ongga oʼz taʼsirini yoʼqotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab boʼldi. 1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini eʼlon qildi va uning asosiy gʼoyalarini keyinchalik oʼzining «Yangi industrial jamiyat» deb nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar taʼsirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur oʼzgarishlar yuz berayotganiga eʼtibor qaratiladi.
Taniqli frantsuz faylasufi R.Аron asarlarida, shuningdek, uning 1956-1959 yillarda Sorbonna universitetida oʼqilgan maʼruzalarida, amerikalik siyosatshunos U.Rostouning 1960 yilda chop etilgan va oʼz davrida shov-shuvga sabab boʼlgan «Iqtisodiy oʼsish bosqichlari. Nokommunistik manifest» kitobida «industrial jamiyat» nazariyasi yanada toʼlaroq asoslab berildi.
Texnopessimizm fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk koʼchaga olib kiradi va pirovardda u halok boʼladi deb hisoblaydi. Koʼrib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga maʼlum darajada eʼtibor bergan boʼlsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning oʼrtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. Chunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.
Rim klubi. Yuqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati taʼsirida yuz berdi. 1968 yil Rimda oʼzining birinchi majlisiga yigʼilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari boʼyicha maʼruzalar tayyorlash va eʼlon qilishni oʼz oldiga vazifa qilib qoʼydi. Bu tashkilotning 1972 yilda eʼlon qilingan «Oʼsish chegaralari» deb nomlangan birinchi maʼruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab boʼldi, chunki insoniyat oʼzi anglamagan holda «poroxli bochka ustida oʼtirib, gugurt oʼynayotgani»ni koʼrsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Аurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan soʼzboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday oʼsish surʼatlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini koʼtarishga qodir ekanligiga sogʼlom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. Oʼsish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim».
Global muammolarni yechishda falsafaning roli.
Global muammolarni falsafiy anglab etishning oʼziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funktsiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos boʼlgan xususiyatlarni qayd etib oʼtamiz.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish