«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа


Global jarayonlarning shakllanish tarixi



Download 481,06 Kb.
bet55/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, maʼlum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Аyni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga oʼrin boʼshatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini toʼgʼri talqin qilishga muvaffaq boʼldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar toʼplanishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab boʼldi. Soʼnggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni oʼzgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay oʼzgartirdi.
XVII asr boshlariga kelib Sharq va gʼarb savdogarlari ulkan hududlarni oʼzlashtirdilar va deyarli butun dunyo boʼylab joylashdilar. Shu tariqa ular insoniyat tarixida birinchi boʼlib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.
Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bogʼliq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo oʼzining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo boʼldi, XX asr oʼrtalariga kelib esa u toʼla darajada borliqqa aylandi.
Аyni shu davrda dunyoni iqtisodiy boʼlib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan oʼzaro bogʼliqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek maʼnaviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, sʼezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga oʼsha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi. 1918 yilda Birinchi jahon urushining tugashi xalqaro maydonda kuchlarning yangicha nisbati yuzaga kelishiga sabab boʼldi va turli davlatlarning urushdan keyingi munosabatlari, manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangroq tugunga bogʼlagan oqibatlarga olib keldi, shu tariqa butun dunyoni barcha asosiy koʼrsatkichlar boʼyicha jahon hamjamiyatiga aylantirdi. Pirovardda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oraligʼidagi davrda globallashuv jarayonlari yanada boʼrtibroq namoyon boʼldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy beligilari:
a) biosferaga antropogen taʼsirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi;
b) ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng isteʼmol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi;
v) televizorning Ixtiro etilishi, vaqt oʼtishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targʼibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi;
g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti koʼrsatkichlariga qadar uzil-kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qitʼalararo qoʼnmay, toʼgʼri uchib oʼtishlarlarda namoyon boʼldi.
Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtai nazaridan bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning oʼrtasidagi farq faqat miqdor koʼrsatkichlarida koʼrinadi. Mohiyat eʼtibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni yechish – XX asr boshida boʼlib olingan, yaxlit va oʼzaro bogʼlangan dunyoni qayta boʼlib olishga qaratilgan edi. Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy taʼsir esa avvalgi urushda yo mavjud boʼlmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, dengiz, temir yoʼl, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan koʼp karra kuchaytirilishida namoyon boʼldi.
Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi Dunyoviy tartibning oʼziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul oqibatlarga olib keldi. Ularning orasida eng muhimi shu boʼldiki, urush mutlaqo yangi qurol turi (atom va reaktiv qurol) yaratish borasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlarni ragʼbatlantirdi. Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan oʼtkazildi va insoniyatga butun dunyoni xarobazorga aylantirish va barcha tirik mavjudotlarni qirib tashlash uchun cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Fan-texnika taraqqiyotining ayni shu yutuqlari keyinchalik «sovuq urush» davrida avj olgan qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va sayyoramizning nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi.
Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqaro tashkilotlarning mislsiz darajada oʼsishida namoyon boʼldi. Ularning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), hech shubhasiz, ajralib turadi. Yevropadagi integratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bogʼliq boʼlib, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Cherchill Yevropa qoʼshma Shtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni ularning sanoq boshi deb hisoblash mumkin.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish