Rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixi Reja



Download 27,65 Kb.
bet1/4
Sana14.06.2022
Hajmi27,65 Kb.
#666666
  1   2   3   4
Bog'liq
choriyeva


Rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixi


Reja

1. Psixologik rivojlanishning determinantlar muammolari


2. XIX – asr o‘rtalari va XX – asr boshlarida Rossiyada yosh psixologiyasining shakllanish tarixi
3. Fanning rivojlanishida genetik yondashuvning ahamiyati

Determinantlar muammosi dastlab falsafa fanida ilgari surilgan. Psixologik rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch sifatida asosan ikki omil: biologik (ichki, tabiiy, genetik) va ijtimoiy (tashqi, madaniy, atrof - muhit) omillar muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy tarzda rivojlanishning tabiiy (nasliy) va muhit (ta’lim – tarbiya) ta’siridagi turlari ajratib ko‘rsatiladi.


Tabiiy yondashuv – nativizm – J.J. Russo (1712 - 1778) nomi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, rivojlanishning tabiiy qonuniyatlari mavjud va bolalarga kattalar tomonidan ta’sir ko‘rsatilsa bas. Biologiyada biogenetik dasturni kengaytirishga qaratilgan preformizm deb ataluvchi biologik yo‘nalish mavjud edi. Preformizmda inson organizmiga “biologik matryoshka” sifatida qaraladi. Ya’ni inson organizmi keyingi avlodni dunyoga keltiruvchi mexanizm, shuning uchun, hech qanday yangilanishlar ham, o‘zgarishlar ham, evolyutsiya ham sodir bo‘lmaydi. Psixologiyada nativist – preformistlar ko‘nikma va malakalar inson organizmi tuzilishiga kiradi, xususan, nasliylik – belgilovchi va asosiy faktordir.
Ingliz faylasufi Dj. Lokk (1632 – 1704) yangi tug‘ilgan chaqaloqni tabula rasa (toza yozuv tahtasi) ga qiyoslaydi hamda o‘rgatish va hayotiy tajribani inson rivojlanishining asosiy sharti sifatida belgilaydi. Biologiyada davomiy yangilanishlar paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonini epigenez deb nomlaydilar. Falsafada va psixologiyada bu yo‘nalishlarni empirizm va sensualizm deb nomlaganlar.
Zamonaviy psixologiyada tadqiqotchilar rivojlanish jarayonini tavsiflashga urindilar. Aksariyat hollarda metafora sifatida K. Uoddingt tomonidan taklif etilgan “epigenetik landshaft” iborasi qo‘llanilardi. Unga ko‘ra, rivojlanib boruvchi organizm tepalikdan pastga qarab dumalab ketayotgan va chuqurlikka tushib, undan chiqib ketishi qiyin bo‘lgan dumaloq sharga o‘xshatiladi. Rivojlanishning asosiy tamoyili, egallanishi lozim bo‘lgan natija turli usullar va yo‘llar bilan erishilishi mumkin1.
Bolaning psixologik rivojlanishiga o‘zgacha yondashuvni L.S. Vigotskiy taklif etgan. Uning fikricha, bola rivojlanishini preformlanmagan ya’ni nasliy dasturdan tashqari bo‘lgan rivojlanish shaklidek qarash lozim.
Yosh psixologiya alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va karor topish yuli ancha murakkab kechgandir.
O‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalar-da, biroq allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro o‘zviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‘ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng yetuk maxsuli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.
O‘qituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy: “O‘qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur”, “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi”, deb ta’kidlaydi.
Abu Rayxon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uygunlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.
Beruniy ta’lim jarayonining mohiyatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o‘qitish samarali bo‘lishini uktiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt–saodati, ta’lim–tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo‘lgan.
O‘rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining doxiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va kalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoklanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha: “...O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashki dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim”.
Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni tarbiyalashdir. U o‘z asarlarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda u o‘z tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qutadgu bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo‘l–yo‘riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma’naviy manbadir.
Abduraxmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhfat-ul-axror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb-xunar o‘rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.
Ta’lim va tarbiya jarayonida tarbiyachi va o‘qituvchi shaxsi eng muhim omil bo‘lganligi tufayli Nasriddin Tusiy “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday ifodalaydi: “O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...”.
Alisher Navoiyning «Xazoyin-ul-maoniy», «Maxbub-ul-qulub» va boshqa shu singari asarlarida yetuk, barkamol insonning ahloqi, ma’naviyati, o‘zgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohaza lar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning karor topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shu bilan birga o‘qituvchi mexnatini xolisona baxolab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, deydiki, bu orqali ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘qituvchi shaxsining markaziy shaxs sifatida ko‘radi. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohaza lari alohida o‘rin egallaydi.
Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mahmud Qoshg‘ariy, Ulug‘bek, Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk Sharq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasiga, o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi o‘rni, ahloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy xayot, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.
XIX – asr o‘rtalari va XX – asr boshlarida Rossiyada
yosh psixologiyasining shakllanish tarixi. Rossiyada yosh va pedagogik psixologiyaning shakllanish tarixi XIX – asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi.
Rossiyada inqilobgacha bo‘lgan davrda madaniyat gumanizm, shaxs va bolaning ichki dunyosiga qiziqish g‘oyasiga asoslangan edi. Buni L.N.Tolstoyning “Bolalak”, “O‘smirlik”, “O‘spirinlik” asarlarida ko‘rish mumkin. XIX – asrning 60- yillarida siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida madaniy va ilmiy sohalarga qiziqish ortdi hamda ularni rivojlantirishga ehtiyoj tug‘ildi. Rossiya psixologiyasining doimiy e’tiborida shaxsning odob ahloq me’yorlari sohasining rivojlanishi turardi.
Bu davr olimlari 
Download 27,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish