Rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixi Reja



Download 27,65 Kb.
bet3/4
Sana14.06.2022
Hajmi27,65 Kb.
#666666
1   2   3   4
Bog'liq
choriyeva

P.F.Kapterevning fikricha, “Hozirgi zamonda rivojlanish tushunchasi fan miqyosida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Har bir sohada u yoki bu hodisalar rivojlanishi o‘rganiladi, ularni kelib chiqishini o‘rganmay turib, ma’lum voqea – hodisani chuqur o‘rganib bo‘lmaydi. Bolalar tarbiyasiga nisbatan ham huddi shunday qarash mavjud. Bolalarga nisbatan samarali ta’sir ko‘rsatish, imkoniyatlarini mustahkamlash uchun avvalo ularning rivojlanish tarixini yaxshi bilish zarur”.
Bolalar psixologiyasini bilish, uning kelib chiqishi va rivojlanishi shaxsni bilishda falsafiy savollarga javobini topdi. Bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’lumotlar va aniq dalillar to‘plangandan so‘ng, bolalar rivojlanishining me’yori, umumiy qonuniyatlarini o‘rganish savoli ilgari suriladi.
Bolalar rivojlanishining asosiy xususiyatlari haqida umumiy qoidalar shakllantirildi:

  • Rivojlanish bosqichma – bosqich va izchil davom etadi. Umuman olganda, u o‘z ichiga faqat olg‘a borishni nazarda tutadi. Ammo bir chiziqda ketmaydi, bu chiziqdan chetlanish va to‘xtab qolishlar ham kuzatiladi.

  • Jismoniy va ruhiy rivojlanish o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunday uzviy aloqadorlik aqliy, emotsional va irodaviy sifatlar o‘rtasida ham kuzatiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiya va ta’lim jarayonlari barkamol va har tomonlama rivojlanishga asos bo‘ladi.

  • Rivojlanish jarayonida muayyan tana a’zolari va psixologik faoliyatning ba’zi taraflari ishtirok etadi, ammo hammasi barobar emas va ishlash tezligi va tempi ham bir hil emas.

  • Rivojlanish o‘rta me’yorda kechadi, lekin turli sabablarga ko‘ra tezlashib ketishi yoki aksincha sekinlashishi mumkin.

  • Rivojlanish to‘xtab qolib, kasallikka ham aylanishi mumkin.

  • Bolalarning kelajakdagi rivojlanishi haqida erta prognoz qilish mumkin emas. Maxsus qobiliyatlar umumiy rivojlanishga tayangan bo‘lishi lozim.

  • Bolalar rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni sohtalashtirmaslik kerak, har bir yosh davriga o‘z rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tish imkonini yaratish zarur.

Bolalarning umumiy rivojlanishi, sog‘lom va kasal bolalarni parvarishlash uchun tavsiyalar, bolalarni oilada va maktabda tarbiyalash, jismoniy, aqliy, emotsional, irodaviy va ruhiy rivojlanish borasida haqida ma’lumotlar beruvchi qo‘llanmalar ishlab chiqildi.


XIX – asrning oxiriga kelib psixologlar va pedagoglar o‘z urinishlarini birlashtirib, amaliy maktab hayotiga tadbiq etdilar. “Birinchilar (psixologlar) tadqiqot o‘tkazish uchun ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa ham, tadqiqot o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan nozik metodlarga ega; ikkinchilar esa ma’lumotlar bazasiga egalar, lekin ularni to‘liq anglash, tadqiq etish va baholash imkoniyatiga ega emaslar”, - A.P. Nechaev ta’kidlagan va pedagog hamda psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ma’qullagan.
XX asr boshlarida rus yosh va pedagogik – psixologiyasi, butun dunyo psixologiya fanlari bilan yaqin aloqaga kirishdi. Rus olimlari uzluksiz G‘arb mamlakatlaridagi bo‘layotgan yangiliklarni kuzatib va o‘rganib bordilar, o‘z eksperimental mahoratlarini horij laboratioriyalarida oshirib bordilar, ko‘pgini ilmiy ishlar rus tiliga tarjima qilindi va rus jurnallarida bosib chiqarildi. O‘z navbatida rus psixologlarining tadqiqotlari, kuzatishlari horij jurnallarida ham nashr etildi. Masalan, I.A. Sikorskiy, A.P. Nechaev va boshqalarning ishlari keng ommalashdi. Rus psixologlari butun dunyo olimlarini qiziqtirayotgan muammolar yuzasidan o‘z izlanishlarini olib bordilar.
XX asr boshlarida yosh psixologiyasi faning rivojlanishi muammosi ilmiy asosalarga tayangan holda olib borildi. Bu sohadagi tadqiqotlar rus pedagogik – psixologiyasida yetakchi o‘rinni egalladi. Bu muammoni o‘rganishga turli soha mataxassislari, eng kuchli nazariy bilim sohiblari, xususan, V.M.Bexterev, P.F.Lesgaft, I.P.Pavlov va boshqalar. Muammoni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish uchun kuchli psixologlar jamoasi shakllandi. Ular qatoriga P.P. Blonskiy, P.F. Kapterev, A.F. Lazurskiy, N.N.Lange, A.P.Nechaev, M.M. Rubinshteyn, N.E. Rumyansev, I.A. Sikorskiy, G.I. Chelpanov va boshqalar.
Ularning tashabbusi bilan maxsus kadrlarni tayyorlovchi, ilmiy – tadqiqot ishlari olib boruvchi ilmiy markazlar tashkil etildi. Jadal nazariy va amaliy, metodologik, ilmiy faoliyatlar olib borish ishlari boshlandi. Ba’zi ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanishini o‘rganishga yordam beruvchi laboratoriyalar, to‘garaklar, alohida xonalar tashkil etildi.
Nashriyotchilik ishlariga asos solindi. XX asrda yosh va pedagogik psixologiya sohasida nashrlar soni ortdi. Bolalar va pedagogik psixologiya fanlariga bag‘ishlangan ilmiy anjumanla va konferensiyalar tashkil etildi. Ilmiy va ijodiy izlanishlar natijasida nazariy va ob’ektiv metodikalar yordamida olingan amaliy ma’lumotlar to‘plandi.
Yosh va pedagogik psixologiyaning fanlararo tizimda mustaqil fan sohasi bo‘lib shakllandi va o‘zining ilmiy tadqiqot metodlariga ega bo‘ldi. Bir qator ilmiy tadqiqot metodlari shakllantirildi. 
Download 27,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish