Tabiat komplekslari haqida tushuncha.
Sizga ma’lumki tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu tarkibiy qismlar tog` jinslaridan litosfera, suvdan(gidrosfera) havodan (atmosfera) va tirik organizmlar (biosferadan) iborat.
Mazkur tarkibiy qismlar doimo bir-biri bilan o’zaro ta’sirda va o’zaro munasabatda bo’ladi, natijada yer yuzasida turli tabiiy sharoitga ega bo’lgan hududlar vujudga keladi. Ushbu hududlar bir-biridan tashqi ko’rinishi, o’lchamlari va vujudga kelish omillari bilan farq qiladi. Masalan, cho’l, o’rmon, dasht, botqoq, muzlik, pichanzorlar biri-biridan keskin farqlanadi.
Shuning uchun ham bizni o’rab turgan tabiiy mihit juda xilma-xildir. Siz yashab turgan joining o’zida ham bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni ajratish mumkin: o’rmon balandlik jarlik yon-bag`ir qumli do’ng vodiy botiq va h.k. Mazkur hududlarning har bri bir-biridan u yoki bu xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, ayrim hududlarda havo iliq van am, boshqalarida sovuq va quruq bo’lishi mumkin.
Tabiat komponentlarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi va munosabati tasodifiy emas, balki qonuniydir. Chunki mazkur aloqalar va munosabatlar uzoq davrlar mobaynida rivojlanadi. Tabiat komponenetlari o’rtasida juda mustahkam aloqa va o’zaro ta’sir mavjud. Masalan, O’rta osiyodagi cho’llarning patqam sho’rxok joylarida qora saksavul qumli joylarida oq saksavul o’sadi.
Tabiat komponenetlari o’ratsidagi o’zaro ta’sir va aloqa ularni bir butun yaxlit tizimga birlashtiradi. Mazkur tizimning bartcha qismlari bir biri bilan chambarchas bog`langan, uning bir qismi o’zgarsa boshqa qismi ham o’zgaradi. Maslan, botqoq quritiladigan bo’lsa mazkur joydagi tuproq o’simlik va hayvonot dunyosi ham o’zgaradi.
Tabiat komponentlarining o’zaro aloqasi va tya’siri oqibatida yer yuzasidagi turli xil tabiat komplekslari vujudga keladi. “Kompleks” so’zi lotincha bo’lib, “uyg`unlik” degan ma’noni bildiradi.
Har bir tabiiy kompleks ma’lum bir hudud doirasida joylashadi va rivojlanadi. Shuning uchun ular tabiiy-hududiy kompolekslar qisqa qilib tabiiy komplekslar yoki geografik komplekslar deb ataladi.
TABIAT KOMPLEKSI deb, yer yuzining tabiat komponenetlarining o’zaro murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiatning xususiyatlariga ko’ra boshqa joylardan farq qiladigan qismlariga aytiladi.
Tabiat komplekslari turli xil kattalikda bo’ladi. Daryo vodiysi, tabiat zonalari, geografik mintaqalar materiklar okeanlar tabiiy-hududiy komoleks hisoblanadi.(20-rasm)
Eng katta tabiiy komoleks geografik qobiq hisoblanadi. Tabiiy geografiya faning o’rganish obyekti – landshaftdir.
Geografik qobiq
Tabiiy geografik
O’lkalar
|
Tabiiy geografik
Rayonlar
|
Tabiat kompleksining bo’linishi
www.UzReferat.ucoz.net
Do'stlaringiz bilan baham: |