Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi aʼzolariga taʼsir koʼrsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar boʼyicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.
Sezish va idrok etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor oʼzining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil subʼektiv hodisa sifatida mavjud boʼla boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur oʼrtasidagi bogʼlovchi boʼgʼin.
Ong inson borligʼining eng muhim omilidir. Ong muammosini yechishga nisbatan yangicha yondashuvlar hozirgi zamon falsafasining irRatsionalistik oqimlariga (lot. Irra Ongning tabiati.) mansub. Ong muammosi oʼta murakkab muammolardan biri boʼlib, falsafada doim qizgʼin bahs va munozaralarga sabab boʼlib kelgan. Bu bahs va munozaralar hozir ham tugagani yoʼq.
Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan obʼektiv borliqni tushunish va aks ettirish uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat koʼrsatkichlar va tavsiflarga mos kelmaydi. Ongni oʼlchash, biron-bir tarzda miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin emas, zero uning massasi ham, energiyasi ham yoʼq, shuningdek u moddiy obʼektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega emas.
Ongsizlik. Ong insonning ichki dunyosi sifatida oʼz strukturasiga ega. Uni oʼrganishdan oldin quyidagi holatga eʼtiborni qaratish lozim. Baʼzan «ong» tushunchasi «inson ruhiyati» tushunchasi bilan ayniylashtiriladi. Bu notoʼgʼri. Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma. U aks ettirishning ikki sohasi – ong va ongsizlikni oʼz ichiga oladi.
Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning oʼzaro nisbati toʼgʼrisida soʼz yuritar ekanlar, baʼzan ularni okeandagi muztoqqa oʼxshatadilar. Bu muztogʼning suv ustidagi koʼzga koʼrinadigan qismi ongga qiyoslanadi, suv ostidagi koʼrinmaydigan qismi esa ongsizlikka oʼxshatiladiki, uning miqyosi, shakli, tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga koʼra faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va harakatlar majmui, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu sohaga, eng avvalo, instinktlar – inson xulq-atvorining uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida hosil boʼladigan va har bir mavjudotning hayot funktsiyalarini, umuman uning mavjudligini taʼminlashga qaratilgan tugʼma harakatlari majmui kiritiladi. Ongsizlikni (ong osti) tushunish yanada koʼproq qiyinchilik tugʼdiradi. Uning mavjudligi avstriyalik mashhur psixiatr Z.Freyd (1856-1939) tomonidan XX asr boshida aniqlagan.
Har xil tushlar, gallyusinatsiyalar, xayoldan ketmaydigan gʼoyalar, intuitsiya va shu kabilar ongsizlikning namoyon boʼlish shakllariga misol boʼlishi mumkin. Ular odamlar ruhiyati va xulq-atvoriga kuchli taʼsir koʼrsatadi, lekin ayni vaqtda bu jarayonlarni boshqarish nuqtai nazaridan ularga boʼysunmaydi. Shu sababli ongsizlik ongning muayyan lahzada ong bilan boshqarishga qodir boʼlmagan parchasi, deyish mumkin.
Ongsizlik strukturasiga ong sohasida vujudga kelishi va vaqt oʼtishi bilan ongsizlik sohasiga kirishi mumkin boʼlgan intuitsiya va avtomatizmlarni ham kiritadilar. Intuitsiya – bu olish yoʼllari va shartlarini anglamasdan, bevosita hissiy kuzatish yoki mushohada yuritish yoʼli bilan olinadigan bilim. Аvtomatizmlar – bu avval ong nazorati ostida paydo boʼlib, uzoq mashq qilish va koʼp karra takrorlash natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb etuvchi insonning murakkab harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm hodisalari, hushsizlik holatlari ham ongsiz harakatlar hisoblanadi.
Ruhiy faoliyatga ongsiz harakatlarning qoʼshilishi natijasida ongga tushuvchi yuk kamayadi, bu esa, oʼz navbatida, insonning ijodiy imkoniyatlari maydonini kengaytiradi. Hozirgi zamon fani ong osti sohasi tushunchasi bilan ham ish koʼradi. Bu ongsizlik sohasining alohida qatlami yoki darajasidir. Unga faoliyat amallarining ong darajasidan avtomatizm darajasiga oʼtishi bilan bogʼliq ruhiy hodisalar kiritiladi.
Ongsizlik va ong inson yagona ruhiy borligʼining nisbatan mustaqil boʼlgan ikki tomoni hisoblanadi; ularning oʼrtasida tez-tez ziddiyatlar, baʼzan konfliktlar yuzaga keladi, lekin ular bir-biri bilan bogʼlangan, bir-biri bilan oʼzaro aloqa qiladi va uygʼun birlikka erishishga qodir. Ongsizlik sohasida inson hayot faoliyatini, ayniqsa subʼektning ijodiy faoliyatini oqilonalashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu hol irRatsionalistik falsafiy taʼlimotlarning shakllanishi uchun asos boʼlib xizmat qiladi. Ularda ongsizlikning turli shakllari: instinktlar, intuittsiya va shu kabilar inson xulq-atvorining salmoqli yoki hatto hal qiluvchi kuchi hisoblanadi.
Irratsionalizmning taniqli namoyandalari orasida Аrtur Shopengauer (Germaniya), Syoren Kerkegor (Daniya), Fridrix Nitsshe (Germaniya), Eduard Gartman (Germaniya), Аnri Bergson (Frantsiya), Zigmund Freyd (Аvstriya), Martin Xaydegger (Germaniya) kabilar bor. Xususan, Zigmund Freyd yaratgan inson xulq-atvori modelining zamirida inson ruhiyatida jinsiy mayllarning hukmronligi haqidagi tasavvur yotadi. Mazkur mayllar ong bilan toʼqnashadi va natijada uni oʼziga boʼysundiradi.
Аmmo falsafiy maktablarning aksariyati oʼzgacha nuqtai nazarni ilgari suradi. Ular inson ruhiyatida etakchi asos ong boʼlib, u ongsizlik sohasini «oziqlantirish» va uni koʼp jihatdan shakllantirish orqali umuman olganda uni boshqarishga, shuningdek inson xulq-atvorining umumiy strategiyasini belgilashga qodir, deb hisoblaydi.
Ongning strukturasi va funktsiyalari. Ong qanday strukturaga ega? Ong strukturasi koʼp jihatdan shartlidir. Gap shundaki, ong elementlari bir-biri bilan uzviy bogʼlangan. Аmmo, shunga qaramay, ongda quyidagi elementlarni ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |