Boshqa psixologik jarayonlar singari xayol ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Ixtiyoriy xayol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo`lgan kishi o`z xayolini ishlashga majbur qilganda ro`y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi, konstruktorning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o`ylab ko`rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo`lgan oddiy ishda ham yuz beradi.

Ixtiyorsiz xayol kishining oldiga hech qanday vazifa turmagan vaqtda, lekin u beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlagan paytda bo`ladi. Ba’zan bu jarayonlar shirin orzu xarakteriga ega bo`ladi va ongning to`liq nazorati ostida tarkib topmaydi. Xayolning ixtiyorsiz faoliyatiga tush ko`rish ham kiradi.

Tushlar – uyquda yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unitilishi yoki uzoq muddatga saqlanishi mumkin.
Orzu – inson ongidagi real va noreal tasavvurlar bilan bog`liqdir.

Aktiv xayol – insonning hayotiy rejalarini, xohish – istaklarini amalga oshirishda o`z aksini topadi. Masalan: yangi avtomabil yaratish, GESS qurilishi rejasini tuzish shularga misoldir. Reproduktiv xayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib qo`yiladi. Unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi.

Produktiv (ijodiy) xayol-bizning tajribamizda mavjud bo`lmagan obraz va ob’ektlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan xayol turidir. Masalan: Ixtirochi, yozuvchi yangi narsa yaratadi.
Ijodiy xayol -san’atning barcha turlarida ifodalanadi va aks etadi.

Tasavvur xayoli deb hozir yoki o`tmishda aslida bo`lgan bo`lsada, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turiga aytiladi.