«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet47/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Sabab va oqibat - olamdagi narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi, ta’siri va aks ta’sirini, voqelikka xos ana shunday munosabatlar jarayonidagi sabab va oqibat bog‘lanishini ifodalaydigan kategoriyalardir.

6-mavzu: Bilish falsafasi (Gnoseologiya).
Reja:
1.Bilish nazariyasining predmeti va oʼziga xos xususiyatlari.
2.Bilishning asosiy turlari va shakllari.
3.Ong-tafakkur va borliqning birligi.


«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – taʼlimot, fan soʼzlaridan kelib chiqqan. Soʼzma-soʼz maʼnosi - «bilish haqidagi taʼlimot (fan)», «ong haqidagi taʼlimot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lugʼatlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» soʼzi ham qoʼllaniladi.
Shuni taʼkidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qoʼllanilishini oʼrinli deb boʼlmaydi. Zotan, «episteme» soʼzi «pistis» - eʼtiqod soʼzi bilan uzviy bogʼliq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga eʼtiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois Gʼarbiy Yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, baʼzan esa – uch xil talqin qilinadi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga eʼtiborni qaratadi. epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) eʼtiqodlarimizning ishonchlilik darajasini oʼrganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom maʼnodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy eʼtiqodlarning gnoseologik mohiyatini oʼrganish bilan shugʼullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati toʼgʼrisida bahs yurituvchi falsafiy taʼlimot maʼnosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar boʼlimi boʼlib, unda insonning dunyoni bilish imkoniyati,insonning oʼzlikni anglash jarayoni, bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan oʼzaro nisbati oʼrganiladi. Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni oʼrganish bilan shugʼullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning oʼz-oʼziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga taʼsiri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va koʼramiz. Biroq bu jarayonda ongning oʼzi koʼrinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli oʼlaroq, ongni kuzatish mumkin emas. U goʼyo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu koʼrinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan oʼzaro aloqalarini aniqlash, uni oʼz muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish