nazariy yoxud konseptual: fizika, kimyo, biologiyada kvant nazariyasi; biologiya, kimyo, astronomiya, texnika va sosiologiyada evolyusion nazariya masalalari qaralayotganda;
- metodologik bunga falsafa metodologiyasi yoki ilmiy bilishning ba’zi elementlari (hodisa yoki obyekt bo’yicha: mohiyat, sistemali yondashuv, tabiatshunoslik muammolarining qo’yilishi va yechimi v.h.k) kabi masalalar kiradi; muammoli, turli fanlarga daxldor kompleks muammolar (ekologik, energetik,
demografik va hokazo) qaralayotganda integrativ bilimlarni shakllantirish tamoyillari klassifikasiya qilinib, ularni shakllantirish amalga oshirildi.
Fizika o’qitish jarayonida, integrativ bilimlarni tanlash tamoyillari: o’qitishning maqsadga mos bo’lishi; o’quvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olish; o’quvchi uchun yangilik bo’lgan materiallarni qamrab olish va ularni izlanuvchanlikka bo’lgan qiziqishini orttirish; o’quvchi tushunadigan oddiy, sodda tilda bayon etilishi; faqat o’quv predmetlari yuzasidan bilim berish bilan cheklanmay, XXI asrda insoniyat oldida turgan muhim kompleks ekologik, axloqiy- estetik muammolarni anglatadigan, ularning yechimini izlashga undaydigan dunyoqarash va metodologik g’oyalar mazmuniga ham ega bo’lishi zarur.
O’quv jarayoniga olib kirilishi lozim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar.
Prezidentimiz I. A. Karimov “Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi, fan va texnika o’suvining jadallashuvi, axborotlar texnologiyasining kun sayin keng quloch yoyishi, XXI asrni tinchlik asriga aylantirish uchun insoniyatni yangi jamiyatga, chuqur integrasiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikasiya va axborotlar tizimiga yetaklamoqda. Bunday jamiyatda yashab ketish anchagina
tayyorgarlik va katta bilimni talab qiladi” degan fikrlarida integrallashgan bilimlarning o’quv jarayoniga olib kirishda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o’z aksini topishini ko’rsatadi.
Ma’lumki, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga binoan umumiy o’rta (tayanch) ta’lim to’qkiz yil kilib belgilandi. Umumiy o’rta ta’lim maqsadidan kelib chiqib, to’qqiz yillik maktabning bitiruvchilari barcha fanlardan ma’lum darajada tugallangan bilimga ega bo’lishlari kerak. Buni maktabning uchinchi bosqichi (10- 12 sinflar)da o’qitiladigan, jumladan: fizika o’quv fanining tuzilishi va mazmunini to’g’ridan-to’g’ri to’qkiz yillik maktabga ko’chirish, deya tushunilmaslik lozim. Aksincha, to’qqiz yillik maktabda beriladigan ta’lim mazmunining murakkab kismlari u yoki bu yo’nalishdagi kollej yoki akademik liseylarda o’rganilib, to’qkiz yillik umumiy o’rta ta’limda esa o’quvchilarning kundalik hayotiy faoliyatida zarur bo’ladigan ko’nikma va malakalarni egallash, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, xususan, akademik lisey va kollejlarda o’qishni davom ettirishlari uchun zamin bo’ladigan bilimlar beriladi. Bu esa Davlat ta’lim standarti (DTS) da o’z aksini topgan. Ayni vaqtda ta’limni demokratlashtirish tamoyiliga DTS ning joriy etilishi o’quv jarayonining qat’iy belgilangan andozaga solinishini anglatmaydi. Aksincha, ta’limning zaruriy talablari negizida ta’limning har bir sohasi bo’yicha muqobil dasturlar, texnologiyalar, darslik va o’quv qo’llanmalar yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Bundan tashqari, DTS mazmunida aks etuvchi demokratik tamoyil ta’lim tizimini boshqarishga ham imkon beradi [8]. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni tayyorlash jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mutaxassislar bilan uchrashgan paytda Yaponiya va AQSh ta’lim tizimining bugungi ravnaqi, Yaponiyaning so’nggi 50 yil davomida eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishining asosiy omili yoshlarda ilm olishga bo’lgan hayotiy ehtiyojlarni qaror toptira olgan bo’lsa, AQShda ishlab chiqarish jarayoniga xorijiy davlatlardan malakali kadrlarni jalb etilganligi, deya
ta’kidlangan edi.
O’zbekistonning ta’lim sohasida tanlagan yo’li xorijda ham katta qiziqish
bilan o’rganilmoqda. Jumladan, shu yil 16-17-fevralda toshkentda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash-mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizasiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi xalqaro simpoziumda dunyoning 48 davlatidan ishtirok etgan ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar hamda mutaxassislarning bizning ta’lim tizimidagi muvaffaqiyatlarimizni tan olishi va o’zlarining yurtlarida amalga oshirish istaklari, O’zbekistonning ta’lim sohasida tanlagan yo’li buning yaqqol ifodasidir.
Xorijiy mamlakatlarda tabiiy-ilmiy bilimlar integrasiyalashgan, ya’ni birikma kurs tarzida o’qitiladi. Masalan, AQShda 16-17 yoshgacha, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyada 14-16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar tabiiy-ilmiy bilimlarni yaxlit birikma o’quv fani orqali o’rganadilar. Fizika fani yuqori sinflardagina alohida o’quv fani sifatida tanlab o’qiydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |