Fakulteti fizika yo’nalishi umumiy fizika va magnetizm kafedrasi


Umumta’lim maktablarida fizikaning iqtisod fani bilan integrasiyasining mazmuni va o’quv jarayonida foydalanishning hozirgi ahvoli



Download 150,79 Kb.
bet10/22
Sana26.02.2022
Hajmi150,79 Kb.
#468410
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
40507-converted

Umumta’lim maktablarida fizikaning iqtisod fani bilan integrasiyasining mazmuni va o’quv jarayonida foydalanishning hozirgi ahvoli


Hozirgi zamon pedagogikasida integrasiya bir-biriga bog’liq bo’lgan o’quv predmetlarining tashqi analogiyasiga asoslangan sistemadir. Ko’pgina olimlar integrasiya atamasini shakli turlicha, mazmuni bir xil bo’lgan ta’riflarini keltirishgan. Masalan O. P. Tilyazova fikricha “integrasiyaning asosiga dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog’langan va sof holda xech narsa bo’lmaydi”. Shuningdek, “Integrasiya sistemaning katta butunlikka qarab harakati” (I.P.Yakovlev), “Integrasiya - fanlarning bir-biriga yaqinlashishi va bog’lanish jarayoni bo’lib, predmetlararo bog’lanishni sifat jihatidan yangi sathga ko’tarishdir” ( N.S.Serdikova), “Integrasiya – talim mazmunini tabiat qonunlarini umumiylik va birligiga asoslangan ta’lim mazmunini tashkil qilishning yetakchi formasidir (G. A. Monoxova), “Integrasiya – ta’lim yo’nalishidagi o’quv predmetlarining qo’shilishiga asoslangan bo’lib, bilim va ko’nikmaning butunligicha yo’naltirilganligi” (V. K. Sidorenko) kabi integrasiya atamasiga berilgan ta’riflarini keltirish mumkin.
Ushbu sohada mamlakatimizning bir qator yetakchi olimlari va tadqiqotchilari shug’ullanib, o’ziga xos nazariy va amaliy ahamiyat kasb etuvchi natijalar olishgan. Jumladan: R. Jo’rayev [12,13], O. Abduquddusov [9,10] Kuvondiqov O., Kuvondiqov Sh. [25], M. Mamadazimov [14], U. Musayev [16], P. Musayev [17],
R. Choriyev [19], R. Safarova [20]larning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy maqolalarida barcha umumta’lim fanlarini integrallab o’qitish masalasi atroflicha yoritilgan .
Ma’lumki, iktisodiyot ham, jamiyat ham rivojlanuvchi dinamik sistemadir. Jamiyat iktisodiyotining rivojlanishi — bu konuniy yo’naltirilgan, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi bilan munosabatlarning sifat jixatdan o’zgarish formasidir. Rivojlanish nazariyasi iqtisodiyotning o’zgarish sifatini hisobga oladi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra “integrasiya – bu bir necha predmetlarning obrazlar, metaforalar va simvollar asosida qo’shilishi bo’lib, oqibatda induvidual ma’no va qadriyat kelib chiqadi. XX asrning 60-70 yillarida 80-90 yillarda
predmedlararo integrasiya muammosi yechila boshladi va predmetlar asosida integrativ kurslar paydo bo’ldi. Hozirgi zamon pedagogikasida esa gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarning integrasiyasi haqida ko’p so’zlar yuritilmoqda.
Bu intilishlar shu vaqtgacha mavjud bo’lgan ta’lim tizimining kamchiliklari bo’lib, ta’limning mazmunini bir-biri bilan kuchsiz bog’langan masalan, fizika va iqtisod fanlarining alohida to’plamlari deb qaraganliklaridan, oqibatda ta’limning gumanitar – antropologik tashkil etuvchisi hisobga olinmagan edi. Maktablar sof fizik, matematika, ximik, biolog, tarixchi va hokazolarni tayyorlab o’quvchilarni fizika va gumanitar, xususan, iqtisod fanlarini o’qitishda integrativ mazmundagi bilimlarni singdirish masalasi e’tibordan chetda qolib ketmoqda edi.
Bu yerda alohida qayd etish kerakki, ta’limdagi integrasion jarayonlar ta’limni gumanitarlashtirish jarayoniga bog’liqdir. Bu esa o’quvchilarni shaxsga yo’naltirish yondashuviga uni solishtirishga va o’z o’zini realizasiya qilishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Gumanitarizasiya – deganda – maktab o’quvchisi uchun abstrakt tushunchalarni ishlab chiqish bo’lmasdan, balki, uning ichki dunyosini shakllantirish, kengaytirish va chuqurlashtirishga asoslanadi. Shuning uchun gumanitarizasiya darajasi – bu predmetlararo integrasiya yuqori cho’qqisi bo’lib, o’quvchi tomonidan olamning yagona manzarasini bilib olish bilan uning umumiy madaniyatini shakllantirishga qaratildi.
Hozirgi kunda, turli xil axborotlar oqimi kun sayin kupaymoqda. Fan-texnika rivoji tufayli aholining ilmiy-amaliy salohiyati oshmoqda. Bular yangi-yangi hosilaviy fanlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Kishilar o’rganishi zarur bo’lgan bilimlar hajmi, miqdori oshmoqda. Bunday hol, umumta’lim maktablarida o’kitiladigan fanlar sonining ko’payishiga olib keldi. Fanlar sonining ko’payishi, o’quvchilar o’rganishi zarur bo’lgan bilimlar miqdorini oshirdi. Natijada o’kuv yuklamalarining ortishi, o’quvchilarning sog’ligiga salbiy ta’sir etib, ularning zo’riqishi va fanlarning o’zlashtirish darajasining pasayishiga olib keldi. Bu muammoni hal etishning asosiy yo’llaridan biri-o’qitishda o’quv predmetlari
mazmunini integrallashgan ko’rinishda tashkil etish hisobiga ularni ixchamlashtirish, o’rganish hajmi, yuklamasini kamaytirishdir.
Jahonning 70 dan ortiq davlatlarida bu muammo deyarli hal etilgan. Masalan Angliya, Vengriya, Gongkong kabi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida, integrativ xarakterdagi o’kuv dasturlari va darsliklaridan keng foydalaniladi. Bunda o’kuvchilar uchun qiziqarli bo’lgan, hayotiy, muhim ahamiyat kasb etgan fanning amaliy yo’nalishlariga katta e’tibor qaratish ko’zda tutilgan.
Integrasiyaga oid darsliklar, o’quv qo’llanmalar va metodik adabiyotlarda tabiatdagi qonuniyatlarning mohiyati ochib beriladi, shuningdek, ularning inson faoliyatiga ijobiy ta’siri yoritiladi.
Milliy modelimizga asosan, ta’lim tizimining uzluksiz va uzviyligini ta’minlashda, integrasiyani amalga oshirish ta’lim tizimining barcha bosqichlarida boshlangan. Buni M. Rasulova, X. Axmedova, Q. Abdullayeva, R. G’. Safarova va boshqalar tomonidan yaratilgan “Uchinchi ming yillik bolasi” dasturi; A. Bahromov, G. Mo’minov, E. Nazirov va boshqalar tomonidan yaratilgan “O’rta maxsus, kasb—hunar ta’limi fanlari davlat ta’limi standartlari va o’kuv dasturlari”da integrativ bilimlarga ega shaxsni shakllantirishga e’tibor qaratilgan.
Darslik va dasturlar tahlilidan ko’rinadiki, ilg’or mamlakatlarda integrativ dastur va darsliklar yetarlicha ko’p yaratilgan. Bizda esa, hozircha bunday kurslar deyarli yo’k. 5-sinfning “Tabiatshunoslik” kursidan so’ng integrativ darsliklar uchramaydi. O’quv materiallari darsliklarda predmetlararo bog’lanishlar bilan cheklanilgan.
V. N. Maksimova[12] o’kuvchilarning ijodiy aktivligini oshirish, fan va amaliyotni integrasiyalash tendensiyasini rivojlantirish, zamonaviy kadrlarga integrallashgan bilimlar zarurligini ta’kidlab, u pedagogikada predmetlararo aloqa muammosi o’zining keyingi rivojini ta’limni integrallash g’oyasida topishini qayd etadi.
L. V. Tarasov[25] — ta’limda differensiasiya fizikani chukur o’rganish uchun kerak, lekin biz umumta’lim maktablarida jamiyat uchun faqat tabiiy — matematik
yo’nalishda tayyorgarlikka ega kadrlarnigina emas, balki har tomonlama garmonik rivojlangan shaxslarni shakllantirishimiz lozim. Buning uchun fizikaning o’kuv rejasidagi haftalik dars soatlari 1980 yildan 1988 yilgacha 16 soatdan 14,5 soatga tushishini muallif “O’qitishda bunday tendensiya kishini tashvishga soladi”-deb ta’kidlaydi. Shuningdek muallif, fizikaga atrof olamni o’rganishdagi bilimlar manbai, fan —texnika taraqqiyotining asosi, inson madaniyatining zaruriy komponenti deb baho berishi bilan birga, fizikaning gumanitar potensialiga alohida e’tibor berishda integrasiyaning roli juda kattaligini alohida ta’kidlaydi. Zamonaviy fizika, o’kuvchilarda yangi stildagi tafakkurni, planetar fikrlash g’oyasini ilgari suradi. Olim Yerdagi bugungi global ekologik, demografik muammolarni misol keltirib, amerikalik taniqli fizik I. Rabining “fizika — zamonaviy gumanitar ta’limning o’zagi” degan so’zini keltiradi. Muallif bu muammolarni hal kilishda, yosh avlodni har tomonlama integrativ bilimlar bilan qurollantirish zarurligini ham alohida qayd qiladi.
Rus olimlaridan V. I. Kupsov, G. I. Marinko, M. A. Rozov, nemis olimlaridan
G. Pavelsig, G. Shtayningerlar[16] integrasiyaning turli shakllari: zamonaviy iqtisodiyot, siyosat, fan va texnikaning rivojlantirishdagi roli kabi tomonlarini yoritishgan. Dunyoning bir butunligini tushunish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, fan va texnika, jamiyat, tabiatning o’zaro bog’likligini anglash, zamonaviy global muammolarni yechishda uning muhim o’rni mavjudligini ko’rsatishgan.
Hozirgi kunda ta’limda integrasiyaning ijtimoiy, iktisodiy, pedagogik zaruriyat ekanligini R. H. Djurayev taxriri ostida mualliflar: R. G’. Safarova, U. Q. Musayev, P. Musayev, M. Saloyeva «Umumiy o’rta ta’lim tizimini prognostika kilishning nazariy va amaliy asoslari» monografiyasida ta’limda integrasiyani amalga oshirishning besh turi ko’rsatilib, boshlang’ich ta’limda uni qanday amalga oshirishning yo’l-yo’riqlari ochib berilgan. Lekin yuqori sinflarda, jumladan, fizika va iqtisod fanlariga oid bilimlar integrasiyasi masalasi e’tibordan chetda qolgan.
O’zbekiston olimlari R. G’. Safarova, U. Q. Musayev, P. Musayev E. O. Turdiqulov, M. Mamadazimov kabi olimlar o’zlarining ishlarida fanlararo integrasiya muammosi ma’lum darajada qamrab olingan.
P. Musayev[15] «tabiiy — ilmiy bilimlarni differensiyalashgan xolda o’rganish, hayotning, olamning mohiyatini anglashga, mikro va makro olamni idrok etishga, tabiatning yaxlitligi va unda insonning o’rni, insoniyat oldida turgan ulkan muammolarni tasavvur qilish hamda uni hal qilishga kompleks yondashish zarurligini anglashga, sun’iy qiyinchilik tug’dirishini qayd qiladi. Fanlarning integrallash funksiyalarini belgilashda, bu borada izlanishlar zururligini uqtiradi.
R. Choriyev[17]-sun’iy integrasiya jarayonlari-jamiyatni rivojlantiruvchi va harakatga keltiruvchi mexanizm — deb ta’riflaydi. U jamiyat, ta’lim tizimi va uning mazmunini integrasiyalashga kuchli zaruriyat sezilayotganini uktirib, integrasiya jarayonlarining alohida turlari: bitta o’kuv predmeti mazmunida, umumta’lim tizimida mavjud bo’lishini izohlab bergan. J. G’. Jo’rayev umumiy o’rta ta’lim maktablarida fanlarni integrallashtirish dolzarb pedagogik muammolardan biri —deb ta’kidlaydi.
U. Musayev[17] ta’lim jarayonini integrativ dasturlar va darsliklar asosida tashkil etish orqali o’quv jarayonida samaradorlikka erishishni nazarda tutadi. Va integrasiya jarayonining quyidagi darajalari: 1) Mavzularni ketma-ket taqdim etish asosidagi integrasiya; 2) O’quv dasturlarida o’zaro uyg’unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga asoslangan integrasiya; 3) Modullashgan integrasiya; 4) Integrativ dasturlar; 5)Mavzulararo integrasiya ko’rinishida belgilab, ta’lim mazmunini integrasiyalashning ilmiy pedagogik asoslarini ishlab chikish zarurligi uktiradi.

    1. Download 150,79 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish