Evolyutsiya nazariyasi


EVOLYUTSION NAZARIYANING DARVINDAN KEYINGI TARAQQIYOTI



Download 10,57 Mb.
bet48/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

EVOLYUTSION NAZARIYANING DARVINDAN KEYINGI TARAQQIYOTI
Darvindan keyin evolyutsion talimotning taraqqiyoti 4 bosqichga bo‘linadi:
1-bosqich. Darvinizmning progressiv biologlar tomonidan propaganda va himoya qilinishi hamda uning poydevorini mustahkamlash. Darvin ta’limoti, ayniqsa “Turlarning kelib chiqishi” nomli asari paydo bo‘ldi. Bu nazariyada dinga zid va dinga qarshi qaratilgan fikrlar paydo bo‘ldi.
Ko‘p o‘tmay Angliyada barcha gazeta va jurnallar Darvin asari haqida fikr yurita boshladi. Tanqidiy fikrlar borgan sari ko‘payib bordi. Bu materiallarda Darvin fikrlari ataylab buzib ko‘rsatilar edi. Bu haqda uning o‘zi “Birovlarning fikrini hadeb buzaverishning kuchi zo‘r, biroq yaxshiyamki fan tarixi bu kuch ta’siri uzoqqa bormasligini ko‘rsatadi” deb yozgan edi.
Bu buzib ko‘rsatishlar jamiyatning oliy hokimiyati fikrini Darvinga qarshi qo‘yishga karatilgan edi. Yangi nazariyaning tarafdorlari dunyo bo‘yicha ko‘payib boraverdi. 19- asrning ikkinchi yarmida Darvin nazariyasini himoya qilganlar: Angliyada-T. Geksli va A. Uolles, Germaniyada E. Gekkel, Amerikada Aza Gey, Rossiyada Temiryazov, aka-uka Kovalevskiy, Mechnikovlar bo‘ldi. “Turlarning kelib chiqishi” asari bosilib chiqqandan 70 kundan keyin Oksford yepiskopi Vilberfors bilan T. Geksli o‘rtasida munozara bo‘lib o‘tdi. Munozaraga shu qadar ko‘p odam to‘plandiki, odamlar zalga sig‘mas edi. Munozaraga 700 dan ortiq odam qatnashdi.
Birinchi bo‘lib Yepiskop so‘z oldi. U juda gapga chechan, notiq odam edi. Ammo uning evolyutsion nazariya bilan tanish emasligi ochiq ayon bo‘lib qoldi. U Geksliga murojat qilib:”Men ro‘paramda o‘tirgan va nutqim tugashi bilan meni burdalab tashlashga shay bo‘lib turgan prof. Gekslidan odamni maymundan paydo bo‘lganligi haqida nimalar o‘ylayotganini so‘rashni istardim. O‘zi ham, yo bobosi yoki buvisi maymun bo‘lib, shulardan kelib chiqqan, deb hisoblarmikan”deydi va bu gap zalda jonlanishga sabab bo‘ladi. Notiq nutqini ohirida bu nazariya muqaddas kitobga zid degan fikrni aytadi.
Geksli Yelkiskop so‘zlariga Darvin to‘plagan faktik meteriallar bilan javob berdi va so‘zini oxirida: “Insonning o‘z ajdodi maymun bo‘lgani uchun uyamasligi kerak. Men o‘zi tushunmagan ilmiy masalalarga aralashayveradigan odamdan, uni chalkashtiradigan, chiroyli qo‘shimchalar kiritish va diniy fikrlarni ustalik bilan ro‘kach qilish yo‘li bilan xaloyiq diqqatini bahsning asl nuqtasidan chetga tortadigan mahmadona odamdan tarqalgan bo‘lsam, mana shunda ko‘proq uyalgan bo‘lardim” deydi.
Munozarada yirik botanik Guker xam so‘zga chiqib, Yepiskop o‘zi bilmagan Darvin ta’limotini tanqid qilayotganini aytdi. Yekiskop sharmanda bo‘ldi.
“Turlarning kelib chiqishi” asari ko‘p o‘tmay AQSH da nashr etildi. Bu asarni Kyuvyening izdoshi mashhur paleontolog L.Agassits 1860 yilda “o‘z mohiyatiga ko‘ra zararli” deb baholadi. A.Grey bu kitob bosilib chiqmasdan 2 yil oldin uni himoya qilib, Agassitsni qattiq tanqid qildi. Shundan keyin bu ikki olim o‘rtasida tez-tez munozaralar bo‘lib turardi, Grey faktlarga asoslangan holda tanqid qilardi. Jahondagi ilg‘or olimlar himoyasi va propagandasi natijasida bu ta’limot ma’lum darajada o‘z o‘rnini topdi, tanqidlar to‘xtagandek bo‘ldi. Ammo 1871 yildan keyin bu protsess yanada avj oldi.
Avvalo Fransiyada yangi revalyutsion harakat avj oldi. Parij Kommunasi barcha amaldorlarni ilmiy nazariyalarga bo‘lgan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etdi. Darvinning “Odamning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish” asari o‘sha paytda paydo bo‘ldi. Bu kitob katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. AQShlik seleksioner L.Berbankning fikricha “Odam bilan maymunni bir qatorda qo‘yish Xudoga qarshi, axmoqxona va isnod keltiradigan nazariya” hisoblanadi.
Berbank quvg‘in va xo‘rliklarga uchrab, og‘ir xastalikka uchradi va vafot etdi.
1877 yilda Myunxenda tabiat tadqiqotchilari va vrachlarining syezdiga E.Gekkel “rivojlanish xaqidagi ta’limotning hozirgi ahvoli va uning umumiy fanga munosabati” mavzuida nutq so‘zladi. Bu yerda ikkinchi munozara bo‘ldi. Bu ma’ruzada Gekkel evolyutsion ta’limot biologiya fani uchun, odamni maymundan kelib chiqqanligini ilmiy asosda tushunish uchun katta ahamiyatga egaligini uqtirib o‘tdi.
Yirik patalogik anatom R.Virxov Gekkel fikrlariga qarshi chiqadi. Idealist Virxov Darvin ta’limoti dinga qarshi, deb davo qiladi. U sotsialistlar evolyutsion nazariya asosida ilm-fanga va jamiyatga xatar paydo qilmoqdalar deb ogohlantirmoqchi bo‘ladi. Butun gazetalar syezddagi bu munozarani yoritib boradi. Gekkelning “Jahon jumboqlari” nomli asari bosilib chiqqandan keyin uning nomi idealistlar uchun yanada dahshatli bo‘lib qoldi. Bu kitob chindan xam sinfiy kurash quroliga aylandi. 1908 yilda Gekkel hayotiga suyiqasd qilindi, bundan olindroq esa bir qancha imzosiz xatlar yozilib, ularda olimni it, xudosiz va maymun, deb atashgan edi.
Reaksion kuchlar Darvin ta’limotiga qarshi diniy xurofotlardan foydalanib, har tomonlama qoloq xalq ko‘ngliga ataylab qo‘rquv solardi. Jumladan 1925 yilda AQShda “Maymun protsessi” bo‘lib o‘tdi. 1921 yilda Tennesi shtatida evolyutsion ta’limotni va odamni xudo yaratganligiga qarshi bilimlarni maktablarda o‘qitmaslik to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilingan edi.
Dayton kolledjida yosh biologik Djon Skops darslarida Darvin ta’limotini o‘quvchilarga bayon qilgani uchun o‘sha qonunga ko‘ra qamoqqa olingan va sudga berilgan edi. Quloq eshitmagan ayblov, aslida ilg‘or fan ustidan qilingan sud to‘g‘risidagi xabar butun progressiv insoniyatni g‘azabga soldi. Jahonni hamma mamlakatlaridagi olimlar, yuristlar va jamoat arboblari Skopsni himoya qilib chiqdilar. Sudda AQShning o‘sha davrdagi davlat kotibi V.Brayan ayblovchi sifatida qatnashdi. Skops “Odam maymundan kelib chiqqan” degan fikrni maktabda aytgani uchun ham sud protsessi “Maymun protsessi” degan juda bop nomini oldi.
Bu protsess jamoatchilikning jaholat va diniy aqidalariga qarshi juda katta namoyishiga aylanadi. Sud davomida Skopsning himoyachilari ayblovning asossizligini ilmiy jihatdan isbotlab, prokurorning o‘zini tabiiy fanlardan xabarsiz ekanligini tan olishga majbur etdilar. Shunga qaramay, diniy etiqodli sud xay’ati Skopsni “Jinoyatda aybdor” deb topdilar.
Xristian dining Darvin ta’limotiga qarshi rasmiy kurashi xar xil formalarda to XX asrning o‘rtalarigacha davom etib keldi. Cherkov bu vaqt davomida evolyutsion nazariyaga turli yo‘llar bilan qarshi chiqib kelaverdi.
1950 yilda Papa Piy XP o‘zining maxsus nomasida (xatida) dindor katoliklarga organik olam evolyutsiyasi g‘oyasini qabul qilishga ruxsat etgandan keyin bu sohada burilish sodir bo‘ldi. Odam tanasi xam evolyutsiya yo‘li bilan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, deb tan olishga xam yo‘l qo‘yildi. Ammo xatda katolik cherkovida qabul qilingan xar bir inson jonini Xudoning o‘zi yaratadi, degan aqida bayon etilgan edi. Kimki bu aqidaga ishonmasa, Xudosiz deb e’lon qilinadi, deyilgan.

Rossiyada evolyutsion g‘oya uchun kurash. V.R.Belinskiy, A.I.Gersen, N.G.Chernishevskiy va N.A.Dobrolyubov boshchiligidagi demokratlar xalqni krepostnoylikdan ozod qilish, xalq manfaatlarini himoya qilib chiqdilar. Ular yoshlarning o‘y-fikrlariga ta’sir o‘tkaza boshladilar. Jumladan A.I.Gersenning “Tabiatni o‘rganish xaqida maktublar” nomli falsafiy asari alohida ahamiyatga ega. Falsafasiz tabiiyot bo‘lishi mumkin emasligidek, tabiiyotsiz falsafa ham bo‘lmaydi. Bu asardan ana shunday xulosa chiqarilgan edi.


N.G.Chernishevskiy tabiiy fanlar rivojlanmaydigan bo‘lsa, chinakam materialistik dunyoqarash paydo bo‘lmasligini o‘qtirib o‘tgan edi. Ayniqsa yoshlarni tabiiy fanlarga qiziqishi ortib bordi. Ular o‘z mutaxassisligini o‘zgartirib universitetlarning tabiiyot fakultetlarga o‘ta boshladilar. Bu to‘g‘risida K.A.Temirniyazov shunday yozadi: “Kim biladi, deysiz, jamiyatimiz uyg‘onib, yangi jo‘shqin faoliyatiga kirishmaganda Medeleyev bilan Senkovskiy o‘z umrini Simferopol va Yaroslavlda muallimlik qilib o‘tkazib yuboradimi, huquqshunos Kovalevskiy prokuror, yunker Beketov eskodron komandiri, sapyor Sechenov esa o‘z sa’natini hamma qoidalarga amal qilib transheya qazib yuravergan bo‘larmidi”. Bularning hammasi jamiyatning turli doiralari orasiga kirib borib, ular dunyoqarashini o‘zgartirishiga va shakllanishiga olib keldi.
Peterburg universitetining studentlari Darvin nazariyasi bilan birinchi marta 1861 yilad prof S.S.Kutorga leksiyalaridan xabardor bo‘ladilar. U studentlar orasida 18 yoshli K.A.Temiryazov ham bor edi. O‘sha yili “Qiroatxona”da ikkita imzosiz xatda Darvin nazariyasining qisqacha bayoni yoritilgan edi. Hozir bu xatlar prof. Kutorga tomonidan yozilgan deb taxmin qilinmoqda. Shunday qilib, Darvin ta’limotini Rossiyadagi taraqqiyoti Peterburg universitetida dastlab boshlangan edi. Bu sohada A.N.Beketov ko‘p ish qilgan. U evolyutsist bo‘lib, bu soha bilan hatto Darvindan ham oldin shug‘ullana boshlagan.
Beketov 1859 yilda, Darvin bilan bir vaqtda va undan xabarsiz “Tabiatdagi gormoniya” degan asarida evolyutsion taraqqiyot, organizmlarning tashqi muhit ta’siridagi o‘zgaruvchanligiga katta e’tibor bergan. “Turlarning kelib chiqishi” asari bilan I.I.Mechnikov 1862 yilda, 17 yoshda tanishib chiqqan va ana shu davrdan boshlab o‘zini darvinizm yo‘lida baxshida qilishga qaror qilgan. Uning 1876 yilda “Vestnik Yevrovi” jurnalida “Turlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi masala ocherki” nomli maqolasida evolyutsion ta’limotning rivojlanish tarixi bayon etilgan.
Darvinizmning Rossiyada keng yoyilishida aka-uka A.O va V.O.Kovalevskiylar ham katta hissa qo‘shgan. 1861 yilda, ya’ni Darvinizm nazariyasi Rossiyada birinchi marta kirib kelganda Aleksandr zoolog edi. Vladimir esa xuquqshunoslik bilim yurtini endi tugatib, yuridik fanlari bilan shug‘ullanish uchun chet elga jo‘nab ketdi. U chet eldan 2 yil ichida tabiatshunos bo‘lib uyga qaytib keldi.
1873 yilda Ch.Darvin V.O.Kovalevskiyga yozgan xatida “Siz bilan akangizni-har qaysingizni o‘z sohangizda kelgusida zo‘r istiqbol kutib turganligi menga ravshan”, deb yozgan edi.
D.I.Pisarevning 1864 yilda yozilgan “Hayvonot olamida progress” nomli asari Darvinizm propagandasi uchun ajoyib qo‘llanmaga aylandi. Bu ommabop asarda yangi ta’limot tabiiyot fanlarining barcha sohalarnini bir-biriga bog‘laydi va tadqiqotchilarni yangi kashfiyotlarga yo‘naltiradi, deb ta’kidlagan edi.
Darvinizmni propaganda qilishda Moskva universitetida ko‘p ishlar qilindi. K.F.Rulye maktabining vakillari N.A.Sveretsov, Y.A.Borzenkov, S.A.Usov va boshqa zoologlar Darvinizmni propaganda qila boshladilar. Darvin nazariyasi ularning evolyutsiyaga oid dunyoqarashini shakllanishini oxiriga yetkazdi. Masalan: N.A.Seversov 1857? yildayoq o‘z maqolasida “Turlarning paydo bo‘lish nazariyasini” bayon etgan edi. Uning fikricha, tur organik yig‘indi hisoblanadi. U o‘z tadqiqotlarini Markaziy Osiyo tog‘larida olib bordi. Keyinchalik M.A.Menzbir, P.P.Sushkin, P.S.Usov, N.A.Seversovning o‘g‘li A.N.Sversovlar bu ishga katta hissa qo‘shdilar.
Jo‘shqin notiq va evolyutsiya g‘oyalarining tolmas kurashchisi K.A.Temiryazov Darvinizmni Rossiyada propaganda qilishda alohida o‘rin tutadi. U studentlik vaqtida, ya’ni 21 yoshida “Darvin nazariyasining qisqa ocherki” nomli asar yozdi. Birinchi rus darvinistlari shu asardan tarbiya topdilar. K.A.Temiryazov “Fan uchun ishlash va xalq uchun yozish kerak” degan shoir asosida mehnat qildi. U o‘zining evolyutsion qarashlarini “O‘simliklar hayoti” va “Biologiyada tarixiy metod” nomli asarlarida kengaytirib davom ettirdi.
Timiryazov 1877 yilda Darvin bilan uchrashib, evolyutsion ta’limot sohasidagi o‘z fikrlarini to‘g‘riligiga yanada qat’iy ishonch hosil qildi. 19- asarning 80-yillarini ohirida Rossiyada ham Darvin ta’limotiga qarshi kurash boshlandi. N.Y.Danilevskiy “Darvinizm” degan ikki tomli kitob yozdi. Bu asarda evolyutsiya nazariyasi diniy-idealistik pozitsiyadan turib tanqid qilinadi, turlar orasidagi oraliq formalar borligi inkor etiladi, tabiiy tanlanishni inkor etadi. Darvinni cherkovga zid, zararli nazariya yaratgan deb ayblaydi. Publitsist N.N.Straxov Danilevskiy fikrlarini qo‘llab, uning kitobiga taqriz yozadi.
Timiryazov Politexnika muzeyida “Darvinizm rad etildimi?” nomli leksiyasida Straxov va Danilevkiylarni ilmiy faktik materiallar asosida qattiq tanqid qildi.
Ilg‘or olimlar evolyutsiya nazariyasini propaganda qildilar, biologiya fanlarining boshqa sohalarida qo‘lladilar. Ular o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarida bu nazariya to‘g‘riligini isbotladilar. Natijada biologiya fanlarining boshqa sahalarida ham evolyutsion yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi.

Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish