Ma’lum narsalarga taqliddan o‘xshash bo‘lish. Ba’zi hayvonlar kushandasi yoki o‘ljasi uchun keraksiz, befarq bo‘lgan biron rangga kiradi. Bunda hayvon o‘simliklarni biron organiga o‘xshab qoladi. Masalan, ba’zi ilonlar chirmomovuqqa o‘xshaydi. Ba’zi kapalaklar daraxt tepasida o‘sadigan lishaynikka o‘xshaydi. Cho‘psimon xasharot cho‘pga o‘xshaydi. Ba’zi qisqichbaqasimonlar, mollyusklar toshga o‘xshaydi.
M i m i k r i ya. Bunda ikki yoki undan ortiq turda shakl va ranglarni o‘xshash bo‘lishi tushuniladi. Mimikriya ikki xil bo‘ladi.
1. G. Beyts mimikriyasi
2. F. Myuller mimikriyasi
Har ikkalasida ham ranglar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Beyts mimikriyasida biri yeb bo‘lmaydigan, biri shunga o‘xshash hayvonlarning o‘zaro o‘xshashi bo‘ladi. Masalan, kapalaklarda shunday bo‘ladi. Jumladan jinsiy dimofrizm hodisasi borligi tufayli boshqa kataklarni erkak yoki urg‘ochisi bir-biriga o‘xshaydi.
Myuller mimikriyasida yaqin hayvonlarda tashqi belgilar (gullari) bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Boshqa hayvonlar ularni ajrata olmaydi.
Yuqorida aytilgan ximoya ranglari tabiiy tanlanish natijasida paydo bo‘lganligini Darvin ta’kidlagan.
Jinsiy tanlanish. Hayvonlarni rang tanlash xususiyati tabiiy tanlanishni yana bir turi borligini aniqladi. Buni Darvin jinsiy tanlanish deb atadi.
Jinsiy tanlanish deb, erkak hayvonlar o‘rtasida urg‘ochi hayvon uchun olib boriladigan aktiv kurash yoki urg‘ochi hayvonlarning juftlanishi uchun erkak individni saylab olishga ikkilamchi jinsiy belgilarni tanlashiga aytiladi.
Ba’zi ikkilamchi belgilar tabiiy tanlanish natijasida paydo bo‘lgan. Masalan, qushlarning uyasining rangi bilan o‘zining rangi o‘xshashligini Uolles aniqlagan. Taniqli belgilar, yani erkak va urg‘ochi individlar bir-birini uzoqdan taniydigan belgilar bor. Masalan, erkak qora qizil ishtonning tepasida qizil dog‘i bor, urg‘ochisida bu dog‘ yo‘q. Jinsiy tanlanish ikki xil bo‘ladi.
1. Erkak hayvonlar urg‘ochi hayvonni tanlash uchun o‘zaro kurash olib boradi.
2. Urg‘ochi hayvonlar erkagi uchun urishib o‘zaro kurash olib boradi, yani erkagini tanlaydi. Masalan, xasharotlarda, baliqlarda, repteliyalarda.
Hayvonlar juftlanish oldidan o‘zidan xid chiqaradi. Masalan, xasharotlar feromon chiqaradi. Xulosa qilib aytganda, jinsiy tanlanish har bir tur uchun o‘ziga xos bo‘lib, u ham tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqqan va har xil jinsli hayvonlar bir-birini tashqi belgilari, xulq-atvorlariga va boshqa belgilariga qarab tanlab juftlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |