Modifikatsion o‘zgaruvchanlik. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik genga bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik hisoblanadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning mutatsion o‘zgaruvchvnlikdan farqi shundaki, organizmning ontogenezi jarayonida belgilar tashqi muhit faktorlari ta’sirida vujudga kelishi va keyinchalik jinsiy ko‘payiga uchraganda navbatdagi bo‘g‘imlarda saqlanib qolmasligi bilan farq qiladi. Masalan, o‘simliklarni vegetativ ko‘payishini olish mumkin. O‘simlik qismlarga ajratilib individlar yig‘indisi hosil qilinadi. Bitta dastlabki individdan vegetativ ko‘paytirish yo‘li bilan hosil qilingan barcha avlodlar yig‘indisi klon deyiladi. Bir klondan yetishgan individlar turlicha muhit sharoitlariga joylashtiriladi va shunday qilib ular turlicha ekologik faktorlar ta’siriga duchor keladi. Dj. Klauzening Kaliforniyada olib borgan tajribalarida o‘stirilgan o‘simliklar o‘zgaradi.
Populyatsiyadagi o‘zgaruvchanlikda safarbarlik rezervi.Jinsiy ko‘payish populyatsiyadagi irsiy belgilarning xilma-xil bo‘lishini ta’minlaydi. Ammo populyatsiyadagi individlarning hamma genetik imkoniyatlari ro‘yyobga chiqavermaydi. Populyatsiyadagi genotipning geterongenligi mutatsiya va chatishtirish orqali saqlanib boradi. Natijada hozirgi va oldingi irsiy belgilardan foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Shuning uchun ham populyatsiyaning genotip jihatdan getergenligi irsiy o‘zgaruvchanlikning “safarbarlik rezervi” bo‘lib xizmat qiladi. Populyatsiyada (yoki tur ichida) ikki va undan ortiq belgilari bilan genetik jihatdan uzoq vaqt farq qiluvchi formalarning muvozanat holatda individligi poliformizm deyiladi.
Polimofizm ikki xil bo‘ladi:
1. Geterozigotali yoki jinsiy polimorfizm
2. Ekologik yoki adaptatsiyali polimorfizm
Geterozigotali yoki jinsiy polimorfizmgajamoa bo‘lib yashaydigan chumolilar, asalarilar, arilar va termitlar xosdir. Jumladan, asalarilarning urg‘ochisi-onasi, erkaklari jinsiy jihatdan yetilmay qolgan, urg‘ochilari-ishchi asalarilardir. Bular bir turga kirsa ham tashqi belgilariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ba’zi chumolilarda erkak, urg‘ochi va ishchi chumolidan tashqari boshi katta va jag‘lari kuchli taraqqiy etgan, dushmandan jamoani ximoya qiladigan “askarchalari” ham bo‘ladi. Askarlari jinsiy jihatdan yetilmagan. Jinsiy polimorfizm bachadondan ajraladigan telergon suyuqligi ta’sirida jinsiy bezlarni rivojlanishini to‘xtashi tufayli paydo bo‘ladi. Umuman jinsiy polimorfizm tashqi muhit faktorlari ta’siridan qat’iy nazar, tur ichida nazorat qilinadi.
Jinsiy polimorfizm tufayli paydo bo‘lgan individlarni ba’zilari (erkak va urg‘ochisi) tabiiy tanlanish tufayli saqlanib qoladi, ba’zilari (ishchilari) qirilib ketadi.