Kombinativ o‘zgaruvchanlik. O‘simliklar va hayvonlarning ko‘pchiligi jinsiy qo‘shilish orqali ko‘payadi. O‘simliklar ham ba’zan chetdan changlanadi. Kombinativ o‘zgaruvchanlikda ota-ona genlari o‘rtasida yangi munosabatlar (kombinatsiyalar) vujudga keladi. Shu asosda yangi belgilar, yangi individlar paydo bo‘lib, u tabiiy tanlanish uchun asos-zamin bo‘ladi. Chatishish (kombinatsiya) mutatsiyani tezlashtiradi. Kombinativ va mutatsion o‘zgaruvchanlik tabiatda bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik bir tur ichidagi har xil individlarda xilma-xil irsiy belgilarni vujudga keltiradi. Lekin bunda genlar tuzilishida biror muhim o‘zgarish yuz bermaydi, xromosomalar soni xam o‘zgarmaydi. Kombinativ o‘zgaruvchanlikni asosini chatishtirish tashkil etadi.
Meyoz va krossingover.Amerikalik olim Tomas Rent Morgan Mendelning fikrlarini quyon ustida o‘tkazgan tajribalari orqali inkor etmoqchi bo‘ladi. Ammo Kolumbiya universiteti rahbarlari quyonni tajriba uchun qimmat. deb bermaydilar. Morgan shunday keyin Meyozda juft xromosomalar 2 ta qiz hujayraga-gametaga o‘tadi a gaploid nabor hosil bo‘ladi. Ikkita jinsiy hujayra qo‘shilganda xromosomalarning diploid nabori tiklanadi.
Meyoz davrida xromosomalar bo‘laklarini (bitta tayoqchasini) almashtirib olishi mumkin. Bu hodisani krossingover (kesishish) deb atadi.
Krosengoverni analiz qilish shuni ko‘rsatadiki, xromosomada allel genlar bir tekis yozilgan harfdek joylashgan. Bu narsa xromosomada shkalalarni joylashish kartasini tuzish imkonini beradi.
Mutatsiyaning namoyon bo‘lishida genotip va tashqi muhitning roli.Genotip-gendagi o‘zgarish va shu asosda yuzaga keladigan tashqi belgilarning umumiy yig‘indisi hisoblanadi. Organizm tashqi muhitning turli-tuman faktorlariga moslashish xossasiga egadir. Genotipning tashqi muhitni o‘zgarib turadigan sharoitlaridan turlicha ta’sirlanishi va tegishli fenotiplar berish qobiliyati reaksiya normasi deyiladi. Masalan, turli xil agrotexnika sharoitida bir xil genotipga ega bo‘lgan g‘o‘zadan 45-57 s gacha hosil olish mumkin. Umuman g‘o‘zadan olinadigan ideal hosil 300 s ni tashkil etadi.
Shuning uchun genotip imkoniyatlarini to‘laroq ro‘yyobga chiqaradigan tashqi muhim faktorlarini o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Aks holda genotipning reaksiya normasi ro‘yyobga chiqmaydi va ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Har xil organizmlarda bitta gen o‘z imkoniyatlarini turlicha namayon etishi mumkin. Bu esa bir tomondan genetipga, ikkinchi tomondan tashqi muhitga bog‘liqdir.
Mutatsiyaga uchragan genning finogenetik jihatdan ro‘yyobga chiqarish darajasi yoki belgining fenotipik ifodalanish darajasi ekspressivlik yoki adaptatsiya normasi deyiladi. Eksspresivlik hodisasini namayon bo‘lishi genga emas, balki bu hodisalarni yuzaga keltirishga sabab bo‘ladigan genlarni o‘zaro ta’siridir. Lekin bu hodisalar tashqi muhit sharoitlariga bog‘liqdir.