Ekologik yoki adaptatsiyali polimorfizm tabiiy tanlanish ta’sirida namoyon bo‘ladi. Bunda asosan ekologik faktorlar ta’siri natijasida tur ichida genetik jihatdan farq qiladigan individlar tanlanib boradi. Masalan, ikkita xolli tugmacha qo‘ng‘izning qizil va qora rangli formalari bor. Bularda qishki uyqudan oldin qora ranglisi 50-70%, qishki uyqudan keyin 30-45% qoladi. Bulardan ular yana ko‘payib populyatsiyani 50% ni tashkil etadi.
Qizil ranglisi esa son jihatdan kam bo‘lsada qishda kam qiriladi. Ular sekin ko‘payadi va kuzda ularni soni qorasiga nisbatan kam bo‘ladi. Bunda tabiiy tanlanish qishda qiziliga, bahorda qorasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Agar populyatsiya toza bo‘lsa, ular uzoq umr ko‘rmaydi va tabiiy tanlanish uzoq davom etadi. Agar geterozigotali bo‘lsa, unda uzoq yashaydi va tanlanish ham tez ketadi.
Populyatsiyaning genetik muvozanati. XX asr boshlarida Daniyalik olim V.Iogansen populyatsiyani genetik jihatdan o‘rganishga asos soldi. U 1903 yili nashr etilgan “Populyatsiyalar va toza liniyalardagi irsiylanish to‘g‘risida” degan asarida geterozigotali genotipga ega organizmlarda tanlanish ta’sirini tajribada isbotlab berdi.
Agar populyatsiyaga tashqi muhitdan biror ta’sir bo‘lmasa, unda genetik geterogenlik navbatdagi bo‘g‘inlarda o‘zgarishsiz o‘tadi. Bu xodisani birinchi bo‘lib 1908 yilda Angliyalik matematik G.Xardi va nems olimi V.Vainberg bir-biridan xabarsiz aniqlaganlar. M: bir populyatsiyada AA va aa allellarga ega gomozigota formalari teng miqdorda va ular o‘zaro qiyinchiliksiz chatishadi, deb faraz qilaylik. Bu holda bunday formalarning o‘zaro chatishishidan tubandagi natija hosil bo‘ladi.
|
0,5 А
|
0,5 а
|
0,5
|
0,25 АА
|
0,25 Аа
|
0,5 а
|
0,25 Аа
|
0,25 аа
|
0,25 АА+0,25 Аа+0,25Аа+0,25аа
0,25 АА+0,50 Аа+0,25ааq0,75 АА (Аа)+0,25аа
75:25q3:1
Olingan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, organizmlar populyatsiyaning yangi bo‘g‘inida: gomozigota AA-0,25: aa-0,25%, geterozigota Aa-0,25: Aa-0,25% (hajmi gomozigota-0,50% geterozigota-0,50%) nisbatda uchraydi.
Ko‘p hollarda populyatsiyaning nomozigota formalarida biror genning dominant va retsessiv nisbati teng bo‘lmay, biri ko‘p, biri kam bo‘ladi. Bunday holatda tabiiy populyatsiyada AA-0,7%, aa-0,3%ni tashkil etishi mumkin. Bunday populyatsiyada dominant va retsessiv allellarga ega bo‘lgan organizmlar qiyinchiliksiz o‘zaro chatishsa, u holda navbatdagi bo‘g‘inda tubandagi natija olinadi. Demak , populyatsiyaning yangi bo‘g‘indagi 100 zigotadan 42 tasi geterozigota Aa 49 tasi AA gomozigota, 9 tasi aa gomozigota bo‘ladi.
qq49
q2q2408
(1-q)q(100-42)
(1-q)2q(100-9)2q8281
q2 : q(q-1): q (q-1): q (q-1)2
492:49(100-21):49(100-21):(100-9) 2q2408:2·29(100-42):8281q
2408:98·58:8281q2401:5604:8281q 2401:8281q0,3 7:3 ёки 0,7:0,3 нисбат
5604:8281q0,7
|
0,7 А
|
0,3 а
|
0,7 А
|
0,49 АА
|
0,21 Аа
|
0,3 а
|
0,21 Аа
|
0,09 аа
|
Agar geterozigota gomozigota holatidagi allellarning umumiy sonini xisoblab, teng 2 ga bo‘linsa, u holda populyatsiyadagi AA 0,7% ni tashkil etadi, aa allellar esa 0,3% ni tashkil etadi. Bu misolda ham populyatsiyada dominant va retsessiv allelarni saqlovchi organizmlarning o‘zaro nisbati navbatdagi bo‘g‘inlarda turg‘un holatda saqlanishi ko‘rinib turibdi. Populyatsiyadagi mazkur genning alleli (a)ni 1-q bilan ifodalasak, ularning o‘zaro chatishtirish natijasida quyidagi formula hosil bo‘ladi. Allellarning yig‘indisi esa q2 : q(q-1): q(q-1): q(q-1):2 yoki 2 q(q-1): (q-1)2ga teng bo‘lib, u har xil gepotipga ega organizmlar populyatsiyada qanday nisbatda uchrashini ifodalaydi.
♀ ♂
|
Q (А)
|
(1- q) а
|
Q (А)
|
(АА)
|
Q (1- q) Аа
|
(1- q) а
|
(1- q) Аа
|
(1- q)2
|
Xardi-Veinberg ilgari surgan bu formula hozirgi vaqtda Xardi-Vainberg qonuni deb ataladi. Bu qonun tabiiy populyatsiyalarda har xil genotipga ega organizmlarning bo‘g‘inlararo munosabatini belgilab beravermaydi. Chunki tabiatda o‘z-o‘zidan changlanuvchi urug‘lanuvchi, jinsiy ko‘payuvchi organizmlar xillari uchraydi. Bu qonun diploid naborli, chetdan changlanuvchi va normal meyozga ega bo‘lgan organizmlarda qo‘yidagi paytlarda o‘z kuchini saqlaydi;
1. Populyatsiya juda katta bo‘lsa;
2. Shu turga kiradigan boshqa populyatsiyalardan ajralib tursa;
3. Populyatsiyada yangi mutatsiya sodir bo‘lmasa:
4. Populyatsiyada tanlanish bosimi bartaraf etilsa o‘z kuchini saqlab qoladi.
Bu qonunga asoslanib Chetvergikov tabiatda tarqalgan populyatsiyada mutatsiya holatini analiz qildi. Populyatsiyada dominant mutatsiyalar bilan birgalikda retsessiv mutatsiyalar ham uchraydi. Bu retsessiv mutatsiyalar fenotipda namoyon bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra tabiiy sharoitdagi populyatsiyalar fenotip tomonidan nisbatan tashkil bo‘lsa-da, lekin genetik jihatdan farq qiladi. Tabiatdagi populyatsiyalarning geterogenligi juda ko‘p tekshirishlar natijasida aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |