1. Konstitutsional kurash. Organizmning konstitutsiyasi deyilganda qishloq xo‘jaligi hayvonlarining va o‘simliklarning organizmni bir butunligini ifodalovchi, biologik va ho‘jalik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilarning umumiy yig‘indisi tushuniladi. Qishloq ho‘jalik hayvonlarining ikki xil konstitutsiyasi bor: nafas oluvchi va ovqatlanuvchi tiplari bor.
Konstitutsional kurashda organizm tabiatdagi neorganik (abiotik) faktorlarga qarshi kurashi tushuniladi. Bunda tabiatning turli xil faktorlariga, ya’ni shamol, harorat, namlik, relef, yorug‘lik va boshqa faktorlarga nisbatan ko‘proq moslashganlari yashab qoladi, kam moslashganlari esa o‘lib ketadi. Bunda organizmni morfologik, biologik va boshqa belgilari asosiy o‘rin egallaydi. Masalan: junli organizmlar sovuqda yashab qoladi.
2. Turlar aro yashash uchun kurash. Bunda ikki va undan ortiq turga kiradigan individlar o‘rtasida yashash uchun kurash boradi. Buning o‘zi ham bir necha ko‘rinishlarda bo‘ladi.
а) Raqobat. Bunda 2 ta turga kiradigan individlar ozuqa uchun kurash olib boradi. Masalan: kovshovchi hayvonlar: qo‘y, echki, qoramol bilan chigirtka o‘rtasidagi ozuqa (o‘t) uchun kurash boradi. Bunda bir organizm ko‘proq ozuqa olib, o‘z raqibiga zarar yetkazadi: natijada kovshovchi o‘txo‘r hayvonlar qirilib ketadi, yoki kamayib ketadi.
b) Mutualizm. Sinbioz 2 ga bo‘linadi: Mutualizm va kommensializm. Mutualizmda 2 organizm birgalikda yashab bir-biriga foyda keltiradi. Masalan: qisqichbaqasimonlarning vakili krab qisqichli oyoqlariga akteniyani yopishtirib olib yuradi. Krab aktiniya yordamida o‘zini himoya qiladi, chunki akteniyada otiluvchi xujayralar bor.
Ba’zan mutualizmda organizmlar bir-biri bilan shunchalik bog‘langan ketganki, bunda ular biri ikkinchisisiz yashay olmaydi.
Ijaraga yashashda bir hayvon ikkichi hayvon organizmidan yashash makoni (ijara) sifatida foydalanadi, lekin unga hech qanday zarar yetkazmaydi. Ba’zan baliqlar ikrasini dushmandan himoya qilish uchun molyuskaning mantiya bo‘shlig‘iga qo‘yadi. Bu yerdan tuxumdan chiqqan yosh baliklar himoyalanib voyaga yetadi.
v) Qarama-qarshi munosabatlar yoki antogonistik munosabatlar. Bunda bir organizm ikkinchi organizmga u yoki bu darajada zarar yetkazadi. Bu ham ikkiga bo‘linadi.
1. Yirtqich o‘lja. Bunda yirtqich hayvon o‘ljadan nisbatan kuchli bo‘lib, o‘ljani yo‘q qiladi yoki unga qattiq shikast yetkazadi. Yirtqich ko‘pchilik hollarda o‘ljaning mayib, kuchsizlarini tutib yeydi. Kuchlilari esa qochib qutiladi. Buning natijasida hosil bo‘layotgan belgilar ham tanlanib boradi. Chunki kuchsiz organizmda yangi belgilar kam namoyon bo‘ladi, yoki yaxshi taraqqiy etmaydi. Kuchli organizmlarda yangi belgilar tez namoyon bo‘ladi.
2. Parazit- xo‘jayin munosabatlari. Parazitlik qilib hayot kechiruvchi organizmlar boshqa organizmlardan oziqlanish manbai va yashash joyi sifatida foydalanadi. Parazit organizmlar o‘z xo‘jayini organizmida yashashga shunchalik moslashganki, parazit xo‘jayini bo‘lmasa mustaqil hayot kechira olmaydi, parazitning hayot sikli to‘xtab qoladi. Masalan: jigar qurtining miratsiday lichinkasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |