Evolyutsiya nazariyasi


Chatishishdan keyin hosil bo‘ladigan alohidalanish



Download 10,57 Mb.
bet62/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

2.Chatishishdan keyin hosil bo‘ladigan alohidalanish.
Alohidalanishning bu turi turli sabablarga ko‘ra bir turga yoki populyatsiyaga kiradigan organizmlarning o‘zaro chatishishining bartaraf etilishidir. Buni quyidagi xillar bor.
Mavsumiy alohidalanish. Bir turga kiradigan organizmlar yilning turli mavsumlarida jinsiy jihatdan aktiv bo‘ladi. Shunga ko‘ra o‘zaro qo‘shila olmaydi.
Biotipik alohidalanishda erkak va urg‘ochi organizmlar har xil joyda yashaganligi uchun ham o‘zaro qo‘shila olmaydi. M: Tayga o‘rmonlaridagi qiziltushlar bilan siyrak o‘rmondagi formalar biologik alohidalanishning vujudga kelishi -etiologik (xulq atvor) alohidalanish bilan belgilanadi.
Ko‘payish organlarida vujudga kelgan morfologik-fiziologik farqlar ham yaqin turlarning chatishishiga salbiy ta’sir etadi. M: o‘simlikdan Nayro‘zgul, grechixa, bo‘tako‘zlarga geterostiliya xodisasi yaqqol ko‘rinadi. Geterostiliyada bir xil o‘simlikda ikki xil gul yetiladi. Bir o‘simlikning guli uzun, ustunchali, ikkinchi xil o‘simlikning guli kalta ustunchali bo‘ladi. Bunda birinchi o‘simlikning gulida changchilar onalik ustunchasidan ancha pastda bo‘ladi, ikkinchi xil o‘simlikda esa ancha yuqorida bo‘ladi. Natijada bitta o‘simlikdagi onalik ustunlarining joylanishi ikkinchi o‘simlikning changchilarining joylashishiga mos kelmaydi. Agar onalik ustunchasi uzun bo‘lgan gullarga hasharot qo‘nsa, changchidagi chang pastga qolib ketadi va aksincha ham bo‘lishi mumkin.
Biologik alohidalanishning ikkinchi turi chatishishdan keyingi yoki genetik alohidalanish hisoblanadi. Buning ham bir necha xili bor:
Genetik alohidalanishda erkak va urg‘ochi individlar qo‘shiladi, shundan keyin hosil bo‘ladigan avlodda ayrim kamchiliklar kuzatiladi. Jumladan, urug‘lanish protsessidan keyin hosil bo‘lgan zigota yoki embronning nobud bo‘lishi, duragaylarning to‘liq yoki qisman pushtsizligi, hayotchanligini pasayishi kuzatiladi.
Turlar chatishtirishda hosil bo‘lgan duragaylar ba’zan hayotchan bo‘ladi. Lekin ularda jinsiy hujayralar normal yetishmaydi. Jinsiy hujayralar normal yetishmasa ham duragaylar kam nasl bo‘ladi.
Tabiatda “chatishish orqali paydo bo‘ladigan alohidalanish” ham uchraydi. Bunda 2 ta bir-biriga yaqin bo‘lgan individlar chatishadi. Lekin ularni nasli bolasi nimjon bo‘ladi, ular ota-onasiga o‘xshaydigan boshqa individlar bilan raqobatda yashay olmaydi. Bu xodisa ba’zi hasharotlarda ola va qora qarg‘alarda uchraydi.
Alohidalanishning o‘zi mustaqil evolyutsion faktor sifatida yangi genotip yoki tur ichidagi yangi formalarini vujudga keltirmaydi. Alohidalanish populyatsiya tarkibi har xil (geterogen) bo‘lganda ta’sir etadi. Alohidalanishga uchragan individlarda farq yanada ko‘payib borishi uchun evolyutsiyaning boshqa faktorlari-birinchi navbatda tabiiy tanlanish zarur. Chunki alohidalanish evolyutsiyaning boshqa faktorlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Alohidalanishning muhim natijasi inbridingni vujudga keltirishidir. Inbriding inglizcha-in-ichki, briding-ko‘payish degan ma’noni bildiradi. Yaqin qarindosh bo‘lgan o‘simlik yoki hayvonlarni qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan individda yashash qobiliyati pasayadi. Izolyatsiya natijasida individlar bir-biri bilan qo‘shilib gomozigotalik paydo bo‘ladi. Ana shunday har xil inbridinglar keyinchalik chatishtirilib geterozis olinadi, geterozisdan hosil yuqori bo‘ladi.
Inbridingning hosil bo‘lishi tufayli geterozigota holatda kam uchraydigan retsessiv mutatsiyalar fenotipda namoyon bo‘ladi. Bunday xodisalarga alohidalanish evolyutsion faktor sifatida Panmiksiya-pan-hammasi, miksis-qo‘shilish, aralashish degan ma’noni bildiradi. Bunda tur ichida har xil gametalarni qarama-qarshi navbatlashib chatishishi hisoblanadi.
Evolyutsion protseyesda alohidalanish boshlang‘ich stadiyada bo‘lgan genotipik differensiyalanishni mustahkamlaydi va kuchaytiradi.
Alohidalanish natijasida tur va populyatsiyalarga tabiiy tanlanish har xil ta’sir ko‘rsatadi. Chunki tabiatda har qanday organizmlar guruhi alohidalanish tufayli ajraladi. Bu xodisa alohidalanish ta’siri har qanday evolyutsion protsess uchun majburiy hisoblanishini ko‘rsatadi.


Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish