Biotsenoz tarkibi



Download 19,37 Kb.
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi19,37 Kb.
#90853
  1   2   3
Bog'liq
BIOTSENOZ tarkibi


BIOTSENOZ TARKIBI
Reja:

  1. Jamoaning funktsional tuzilish strukturasi.

  2. Organizmlar orasidagi munosabat tiplari; simbioz, mutualizm, raqobat, yirtqichlik (yirtqichlik keng ma’noda ishlatiladi).

  3. Turlararo munosabatlar.


1. Biosenozda organizmlarning munosabati. Biosenoz -bu lotin tilidan olingan so’z bo’lib, "bios" - hayot, "senoz" -umumiy, deb tarjima qilinadi. "Biosenoz" terminini nemis biologi Myobius K. tomonidan 1877-yilda berilgan. Bu o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashini ifodalab, bunday yashash ma’lum er yoki suv havzasida uchrashi mumkin. Biosenozdagi organizmlar o’zaro va abiotik muhitga bog’liqdir.

Moddalarning aylanma harakatida qatnashishiga qarab, biosenozga kiruvchi organizmlar 3 guruhga bo’linadi:

I. Produtsentlar (hosil qiluvchilar), avtotrof organizmlar bo’lib, anorganiq moddalardan organiq moddalar hosil qiladi. Bu yashil o’simliklardir.

II. Konsumentlar (qabul qiluvchilar), geterotrof organizmlar bo’lib, avtotrof organizmlar hisobiga yashaydi. Ular uchga bo’linadi:

1-darajali konsumentlar- o’simlikxo’r hayvonlar, parazit bakteriyalar va zamburug’’lar;

2-darajali konsumenlar-o’simlikxo’r hayvonlarni iste’mol qiladigan yirtqichlar;

3 - darajali konsumentlar - superparazitlar.

III. Redutsentlar . Bular tuproqdagi mikroorganizmlar bo’lib, o’simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, uni parchalovchi organizmlardir. Birgalikda o’suvchi va bir -biri bilan bog’liq bo’lgan organizmlar guruhi biosenoz deyiladi. Biosenozni tashkil qiluvchi o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar jamoasining birga yashashga moslashuvi ularning abiotik faktorlarga bo’lgan o’xshash ehtiyojlarida ifodalanadi.



2. "Biosenoz" atamasi hozirgi zamon ekologik adabiyotlarda, ma’lum territoriya uchastkalarni belgilash maqsadida ham ishlatiladi. Masalan, bug’doy dalasi biosenozi, o’tloq biosenozi, o’rmon biosenozi, va hokazolar. Bunda, birga yashashga moslashgan o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar kompleksi hisobga olinadi.

Biosenozdagi organizmlar bir-birlari bilan bog’liq bo’ladi. Bu bog’lanishlar jamoadagi yashash sharoitini va ularning ovqatlanish yo’llarini belgilaydi.

V.N.Beklemishev klassifikatsiyasiga ko’ra o’zaro bevosita va bilvosita bog’langan organizmlar orasidagi munosabatlar turt tipga bo’linadi:

1. Trofik 2. Topik

3. Forik 4. Fabrik.

Trofik bog’lanishlar bir tur ikkinchi tur bilan oziqlansa (bu tirik yoki o’lik organizmlar qoldig’i bo’lishi mumkin), hayoti davomida shu yo’l bilan tayyorlangan mahsulotlardan oziqlanishda foydalaniladi. Masalan: ninachilar har xil hashoratlar bilan ovqatlanadi, asalarilar o’simliklarning gullaridan nektar oladi, (ular o’simliklar oilan bevosita munosabatda bo’ladi), chunki o’simliklar asalarilarga ovqat tayyorlab beradi.

Topik bog’lanishlar - bir organizm hayoti boshqa bir organizmning yashash sharoitida kelib chiqadigan fizikaviy va kimyoviy o’zgarishlarga sababchi bo’ladi, Masalan: o’simliklar boshqa organizmlarga ularning hayot muhitni o’zgartish orqali ta’sir ko’rsatadi.

O’simliklar jamoasi er yuzida issiqlikning taqsimlanishi va mikroiqlim shakllanishida muhim rol o’ynaydi.

Topik va trofik bog’lanishlar biosenoz hayotida katta rol o’ynaydi va biosenoz hayotining asosini tashkil qiladi. Har xil organizmlar orasidagi bog’lanishlar mana shu topik va trofik bog’lanishlar orqali amalga oshadi va organizmlarning jamoada bog’lanishiga sabab bo’ladi.

Forik bog’lanishlar - bir turning tarqalishida boshqa bir turning qatnashuvidir. Bunda asosiy rolni hayvonlar o’ynaydi. Hayvonlar yordamida o’simliklarning urug’’lari, sporalari va changlari tarqaladi.

Hayvonlar o’simliklar urug’’larini passiv va aktiv yo’llar orqali tarqatishi mumkin. Passiv yo’l orqali tarqalishiga misol qilib hayvonlarning to’satdan o’simliklarga tegib ketishi va ularning urug’’larini o’ziga yopishtirib olib beixtiyor tarqatishini olish mumkin. Masalan, sut emizuvchi hayvonlar, junlariga yopishgan tukchali urug’’larning o’zoq joylarga tarqalib ketishiga sababchi bo’ladi.

Aktiv yo’l bilan tarqatish - bu o’simlik urug’’lari va mevalarning hayvonlar tomonidan eyilishi, hazm bo’lmagan urug’’larning chiqarishidir.

Fabrik bog’lanishlarda bir tur ba’zan o’z faoliyatlarida boshqa turlar qoldiqlarini ishlatadi. Masalan, qushlar o’ziga uya qurganda daraxtlarning mayinroq shoxchalarini, sutemizuvchilarning junini, o’tlarni va barglarni ishlatadi.


Download 19,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish