Biotsenoz tarkibi


Yirtqichlik va parazitlikning ekologik roli



Download 19,37 Kb.
bet2/3
Sana30.12.2021
Hajmi19,37 Kb.
#90853
1   2   3
Bog'liq
BIOTSENOZ tarkibi

3. Yirtqichlik va parazitlikning ekologik roli.

1. Yirtqichlik va parazitlikning asosiy ekologik roli shundan iboratki, oziqlanish davrida hayvonlar bir-birlari bilan oziqlanib, moddalarning aylanma harakati uchun zarur sharoit yaratadi. Ma’lumki, tabiatda moddalarning aylanma harakatisiz hayot bo’lmaydi.

2. Yirtqich-tekinxo’rlik munosabatlarining ikkinchi roli shundan iboratki, shu munosabat tufayli hayvonlarning soni ma’lum bir miqdorda saqlanadi. Masalan: Arizona shtatida bo’rilarni hammasi otib tashlanganda, kiyiklar ko’payib ketib, ovqat etishmasligi natijasida kiyiklar ham qirilib ketgan.

Laboratoriya sharoitida, yirtqich va o’lja bir joyda, birgalikda yashaganda, ularning miqdori doimiy ravishda o’zgarib turadi.

Eksperimental ekologiya asoschisi Gao’ze tomonidan o’tkazilgan tajribalarning birida quyidagi ahvolda qayd etilgan o’lja- tufelkalar ko’payishi bilan birga, bir vaqtning o’zida yirtqich - info’zoriyalar ham ko’payib boradi. Yirtqich info’zoriyalar tez ko’payib, eng baland nuqtaga etganda, ular o’lja-tufelkani eb tamomlaydi. Shundan keyin ovqat etishmasligi natijasida yirtqich info’zoriyalar ham o’la boshlaydi. Probirka tagida oz sonli tufelkalar qolgan qum orasida yashirinib, yirtqich info’zoriyalar o’lgandan keyin, yana ko’paya boshlaydi va hokazo.

Organizmlar orasidagi munosabatlar turlicha. Kommensalizm, deb shunday munosabatga aytiladiki, bunda bir tur ikkinchisiga (kommensal uchun} ovqat tayyorlab beradi.

Kommensalizm bu bir tomonlama foydalanish, ya’ni bunda bir tur ikkinchi tur tomonidan bir tomonlama foydalanadi, lekin unga zarar keltirmaydi. Kommensalizmga misol qilib daraxtlarning po’stlog’ida joylashgan epifitlarni ko’rsatish mumkin. qushlarning uyasida, kemiruvchi hayvonlarning inlarida ko’plab bo’g’inoyoqlilar yashaydi. Bu inlarda hashoratlar uyaning mikroiqlimidan foydalanadi, organiq moddalarning qoldiklarini iste’mol qilish bilan kifoyalanadi.

Nepentens o’simligining ko’zachasidagi shira ichida ninachi va chivinlarning lichinkalari yashaydi. Ular ko’zachasiga tushgan hasharotlarni eb oziqlanadilar.

Kommensalizm tabiatda zichroq yashash, resurslardan to’liq foydalanishda yordam beradi.

Mutualizm - bu ikqila tur uchun ham foydali bo’lib, u parazitlikdan, yoki kommensalizmdan kelib chiqishi mumkin. Bunga azot to’plovchi bakteriyalar bilan dukkakli o’simliklar orasidagi simbioz misol bo’lishi mumkin. Tabiatda 20000 dan ortiq simbioz tarzida yashovchi turlar qayd etilgan.

Neytralizm bu ikki turning birga yashashidir, ular bir -biriga na salbiy va na ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Ammensalizmda ikki turning birga yashashi, bittasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ikkinchisi esa bundan na foyda va na zarar ko’radi, lekin, daraxt uchun bu ahamiyatsiz. Bunday bog’lanish o’simliklar sonini boshqaradi.

Raqobat bir xil ekologik talabga ega guruhlar orasida kelib chiqadigan munosabatdir. Bu shunday ekologik bog’lanishki, uning natijada ikkala tur ham salbiy ta’sirga yo’liqadi.

Bir xil ekologik talabga ega ikki tur bir jamoada uchrasa, ulardan bittasi ertami kechmi, siqib chiqariladi. Hayotda ko’p uchraydigan bunday holat konkurentlik deb ataladi. Bu qonun Gao’ze tomonidan aniqlangan.

Ch.Darvin, konkurentsiya - yashash uchun kurashning asosiy shakllaridan biri, deb ta’kidlab, uning turlar evolyutsiyasida katta rol o’ynashini isbotladi. Konkurentsiyada tashqi muhit sharoitiga yaxshi moslashgan turlargina engib chiqadi.

Tekinxo’rlik. Bunda bir o’simlik boshqasining hisobiga yashaydi, ko’pgina zamburug’’ va bakteriyalar o’simliklar va hayvonlarda parazitlik qiladi.

O’simliklarning bir -biriga ko’rsatadigan ta’siri, ular chiqarib turadigan fiziologik aktiv moddalar orqali ham amalga oshadi. Bunday munosabat allelopatiya deyiladi (yunoncha «alleon» - o’zaro ikki taraflik va yana «patos» - qiynalish demakdir).

O’simliklar fitontsidlar chiqarib turadi. Mikroorganizmlar va zamburug’’lar antibiotiklar chiqaradi.

Ba’zi o’simliklar moddalar chiqarib, atrofidagi kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarni o’ldiradi va o’z atrofida ochiq joy saqlaydi. Rabotnov bo’yicha bu fitog’ en maydon deyiladi.

O’simliklar yashash sharoiti yaratadi, ya’ni ular muhitga ta’sir qilib, edifiqator-muhit yaratuvchi rolini bajaradi. Edifiqatorlar kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin.

Biosenoz egallab turgan muhit biotop deb ataladi, biotop - biosenozning yashash muhitidir (bu lotincha so’z bo’lib, "bios" -hayot, "topos" - yashash joyi demakdir).

Er yuzidagi biosenozlar ko’p yarusli bo’lib, ular har xil balandliklarda, vertikal joylashgan qatlamlarga ega. Masalan, o’rmonlarda daraxtning ildizi va tanasining joylashishiga qarab bir necha yaruslar ajratish mumkin:

1. Daraxtlar.

2. Butasimon o’simliklar va yosh daraxtlar.

3. O’tsimon o’simliklar va butachalar.

4. Moxlar.

Hayvonlar ham o’rmonda har xil yaruslarni egallab, ya’ni har xil balandliklarda yashaydi. Ko’p qushlar o’z uyalarini erda quradi. Olaqush, zag’izg’on va boshqalar esa daraxtlar tanasiga (qizilishton va boshqalar), uchinchi xillari esa daraxtlarning ustiga quradi.

Har bir yarusdagi o’simlik, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o’rtasida kuchli bog’lanish kuzatiladi. Jamoalar strukturasida turlarning roli bir xil emas. Bir xil turlar asosiy rol o’ynaydi, son jihatidan ustun va ular dominant deyiladi. Biosenozdagi muhit sharoitini belgilovchi turlar edifiqatorlar deb yuritiladi va ular dominantlarga kiradi.

Biosenozdagi tirik organizmlar egalab turgan makon ekologik nisha deyiladi. Har bir tur o’zining ekologik nishasiga ega, u shu erda yashaydi va o’sha joydan o’z ovqatini topib eydi.




Download 19,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish