Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi



Download 26,45 Kb.
bet1/4
Sana02.07.2022
Hajmi26,45 Kb.
#729230
  1   2   3   4
Bog'liq
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi

Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi.


Reja 1.Azotli o’g’itlarning ekologik roli. 2.Fosforli o’g’itlarning ekologik roli. 3.Kaliyli o’g’itlarning ekologik roli.
4. Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi va o’simliklarni og’ir metallardan muxofaza qilish.

Inson hayoti, uning sog’ligi, ish qobiliyati atrofdagi tabiatning holatiga ko’p tomonlama bog’liqdir.


Atrof-muhitning asrlardan buyon insonga ko’rsatib kelgan salbiy ta’siri tabiiy ofatlar yoki epidermiya bilan bog’liq edi.
Inson bu omillarning ko’pchiligi bilan kurashish usullarini masalan, yuqumli kasalliklarga qarshi ko’rashish usullarini o’rganib oldi.
Ta’kidlash lozimki, fan-texnika revolyusiyasi bilan bog’liq bo’lgan kimyoviy ishlab chiqishning o’sishi atrof-muhitga zararli ta’sir ko’rsatmoqda: ichimlik suvlar ifloslanmoqda, dunyo okeanlari, yer atmosferasi zaharlanmoqda, yening yashil maysa qatlami bo’zilmoqda, tuproq unumdorligi, mikroflorasi va faunasi yo’q qilinmoqda, ekin dalalaridagi chuvalchanglar deyarli yo’qotildi. Umuman olganda, tabiatning noyob boyligi bo’lgan o’simlik va hayvonot olami xavf ostida qolmoqda. Natijada butun olam mohiyati bilan energetik va sosial krizisga teng bo’lgan ekologik krizisga yuz tutmoqda.
Birinchi marta 1930 yilda, Belgiyada, havoning ifloslanishi natijasida ommaviy kasallanish qayd etilgan bo’lsa, 1952 yilda Londonda ushbu kasallik tufayli 4000 kishi vafot etdi. Atmosfera havosida changlar, uglevodlarning fotokimyoviy reaksiya mahsulotlari, azot oqsillarning bo’lishi, nafas olish organlari kasalliklarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu o’rinda, surunkali bronxit kasalligidan o’lim har o’n ikki yilda ikki marta ortayotganligini ta’kidlash kifoya. Xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra, har to’rtta rak kasalligining uchtasi atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog’liq.
Atrof-muhitning ifloslanishi hayotga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi: yirik shaharlarda quyoshli kunlar soni kamayadi va o’simliklar nobud bo’ladi. Ifloslanishning eng katta xavfi shundaki, atrof-muhitdagi kimyoviy mutagenlarning ko’payishi natijasida inson organizmida xavfli mutasiyalarning paydo bo’lishi mumkinligidadir. Buning natijasida aqliy va jismoniy taraqqiy etmagan chaqaloqlar tug’ilishi ko’payadi va yangi oilalarda chaqaloq umuman tug’ilmaydi.
Ob-havo bo’yicha Xalqaro konferensiyaning bergan ma’lumotlariga ko’ra, uglerod (II) oksidi miqdorining ortishi yer shari haroratini 1,5-30S ga oishirish mumkin. Yer sirtining bunday isishi, qutblardagi muzliklarning beto’xtov erishiga va dunyo okeanlari suv balandligi 4-8 m ga ko’tarilishiga olib kelib, quruqlikni butunlay suv bosishiga olib kelishi mumkin. Yoki, ikkinchi bir dahshat stratosferadagi azon himoya qavatining bo’zilishi bilan bog’liq bo’lib, stratosferadagi azon o’g’itlardan ajralib chiqadigan moddalarning oksidlanishiga sarf bo’ladi.
Mutaxasislarning ma’lumotlariga ko’ra, Yerni quyosh reaksiyasidan himoya qilib to’rgan azon (balandligiga ko’ra 15%) himoya qavatining bo’zilishi, barcha tirik organizmlarni radiasion o’limga mahqum etishi mumkin.
Shu o’rinda V.A SolouxiNning quyidagi so’zlarini keltirish o’rinlidir: «Agar qandaydir «koinot diversantlarini» Yer yuzini toshga aylantirish maqsadida, barcha jonzotni qirib tashlash uchun yuborilganda ham ular bizchalik ya’ni yer yuzida yashovchi va uni o’ziga do’st deb hisoblayotganlarchalik makkorona va aqlli harakat qilisha olmas edi»».
Atmosferadagi ifloslik miqdorining ortishi qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining kamayishiga, o’simliklarning sifati va o’sishiga, chorva mahsulotlari va sonining kamayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida erishilgan muvaffaqiyatlar ko’p jihatdan o’g’it ishlatish, undan foydalanish va qo’llash usullari bilan bog’liqdir. Chunki Birlashgan Millatlar tashkilotining ma’lumotiga ko’ra jaxon qishloq xo’jaligidan olinayotgan hosilning o’rtacha 50%i mineral o’g’itlar zimmasiga to’g’ri kelmoqda. Shu sababli ham kishi boshiga bir yilda o’rtacha 9 kg azot, 9 kg fosfor va 9 kg kaliy o’g’iti ishlatish kerak deb hisoblansa, u holda mineral o’g’it ishlab chiqarishni ikki barobar ko’paytirish kerak bo’ladi.
Agar gektariga solinadigan mineral NPK o’g’itlarning o’rtacha 100 kg/ga deb olsak unda hozir mavjud ekin maydonlarini o’g’itlash uchun har yili 150 mln.t. o’g’it ishlab chiqish kerak bo’ladi.
V.A.Kovda hisoblashlariga ko’ra, XXI asrning boshlarida, o’rtacha 300-400 mln.t. o’g’it ishlab chiqarish bilan davr talabini qondira olish mumkin yoki hozirda ishlab chiqilayotgan o’g’itlarga nisbatan ishlab chiqarish salmog’ini 5-6 marta ko’paytirish lozim bo’ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, qishloq xo’jaligini kimyolashtirish faqat mineral o’g’itlardan to’g’ri va samarali foydalanilgandagina ijobiy natija berishi mumkin. Bu sohada agrokimyogarlar doimo izlanishlari, o’g’itlarning yangi turlarini yaratish, ulardan foydalanishning eng maqbul muddatlari va normalarini belgilash bo’yicha ish olib borishlari zarur va shart. Aks holda kimyo mahsulotlari hosildorligining pasayishiga, sifatining bo’zilishiga, atrof-muhit, tuproq va suv havzalarining ifloslanishiga xizmat qiladi.
Azot tanqisligi oqsil, ferment, xlorofill moddalar sintezini susuaytiradi, uglevodlar sintezi esa xlorofilsiz amalga oshmaydi. Azot, uning paydo bo’layotgan hujayralar uchun muhim bo’lib, o’simliklarning o’sib rivojlanishi va eng muhimi hosil tugish davrida juda zarur elementdir. Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun 150-350, hatto 400 kg gacha sof holatdagi azot talb etiladi. Lekin o’g’itlardan to’g’ri, isrofsiz foydalanish uchun tuproq unumdorligi, ya’ni tuproqlardagi azot zahirasi, o’simliklarning azotga bo’lgan talabchanligini hisobga olish va hosilning pishib yetilish davrida vegetativ organlardagi azotning generativ organlari tomon o’tishini (bunda azotning yetishtirilgan hosil bilan tuproqlardan chiqib ketishini) hisobga olish lozim. Yetishtirilgan hosil inson extiyojlari uchun foydalaniladi. Demak o’simlik tomonidan to’plangan azotning bir qismi tuproqqa qaytib tushmaydi. Shuning uchun tuproq unumdorligining pasayib ketmasligi uchun tuproqni qo’shimcha mineral va organik o’g’itlar bilan o’g’itlash zarur. Bundan tashqari, mineral o’g’itlar tarkibidagi azotning foydali koeffisiyenti 40-50%, organik o’g’it tarkibidagisi esa 30-40% bo’lsa, asosiy ekin dalalarida azot tanqisligi yaqqol seziladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, tuproq tarkibidagi azot miqdori va o’simliklar tomonidan olib chiqib ketiladigan azot miqdorini aniq bilib, ekilgan ekin extiyojiga qarab tuproq o’g’itlansa, birinchidan, sifatli (nitratsiz) hosil yetishtiriladi, ikkinchidan, atrof-muhit (azot va azot birikmalari bilan) ortiqcha ifloslanmaydi.
Tuproq tarkibidagi ortiqcha azot asosan, nitratlar shaklida bo’lib, bu birikma tezlikda suv bilan yuvilib yoki gaz holatiga o’tib atmosferaga chiqib ketadi.

Download 26,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish