Evolyutsiya nazariyasi



Download 10,57 Mb.
bet106/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

2. Idiogenez (idio –mos, o‘ziga xos) bu keng doiradagi bir xil tuzilish darajasini saqlagan holda muhitning konkret sharoitiga xos moslanishlarning rivojlanishidir. Bu mazkur jihatdan Seversovning idioadaptatsiya yo‘nalishiga o‘xshaydi. Idiogenez masshtabi (ya’ni umumiy moslanishdan xususiy moslanishga aylanishi)ga ko‘ra, allogenez, telogenez, gipergenez, katagenez va gipogenezlarga bo‘linadi.
a) Allogenez (allo-boshqa) bu ixtisoslanish bilan bog‘liq bo‘lmagan xususiy moslanishlardir. U populyatsiyalar miqdorining oshishini ta’minlab, tur ichida geografik va ekologik irqlar vujudga kelishini tezlashtiradi. Masalan, skatlar tog‘ayli baliqlarning akulasimon formalaridan kelib chiqqan. Keyin suv ostida yashashga moslashib, harakatlanish usuli (suzgich qanotlarining reduksiyaga uchrashi hisobiga) o‘zgargan. Suv ostidagi qattiq oziqlar (mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar) bilan oziqlanish esa ularda tish shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Skatlarda harakatning sekinlashishi, himoyalanishning passiv va aktiv vositalari himoya rangi, tikanli yirik tangachalar, dum ignalarining rivljlanishiga sababchi bo‘lgan. Allogen formalarda adaptiv filogenetik differensiyalanish keng doirada amalgan oshadi.
b) Telogenez (telos-oxirgi moslanish) bu organizmlar tuzilishidagi ixtisoslashish bilan bog‘liq adaptatsiyadan iborat. Masalan, xameleonlarning ko‘p turlari daraxtlarning ingichka novdalarida hayot kechirishga ixtisoslashgan. Bu ixtisoslashish oyoqlarning oburga o‘xshash, dumi ilashuvchi, uzun til, o‘zgaruvchi himoya rangi, kosasimon aylanuvchi bo’ladi.
v) Gipergenez (giper-yuqori) bu ayrim organ yoki organizmlarning hajmi kattalashishi bilan bog‘liq o‘zgarishlardir. Bu ayniqsa mezozoy, kaynazoy eralarida yashagan umurtqalilarga xosdir. Bularga kit, fil, jirafalar misoldir. Gipergenez ma’lum sharoitda evolyutsiyaning prespektiv yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki organ yoki organizmning yirik bshlishi yashash uchun kurashda bir qancha afzalliklarga (dushmandan himoya qilish va hokozo) egadir. Gipergenezda tanlashlarning yo‘nalishi o‘zgaradi. U nasl qoldirishning kamayishi, organlar o‘rtasidagi korrelyativ bog‘lanishlarning buzilishi bilan xarakterlanadi.
g) Katagenez (kata-past, qarshi) bu organizmlarning o‘ta ixtisoslashishi bilan bog‘liq holda tuzilishining murakkabdan oddiyga o‘tishidir. U mazmunan Seversovning umumiy degeneratsiya tushunchasiga mos keladi. Katagenez hodisasi aktiv hayot kechirishdan passiv hayot kechirishga, aktiv oziqlanishdan passiv oziqlanishga, ko‘chmanchi hayot kechirishdan o‘troq hayot kechirishga o‘tishi kabi muammolarni o‘z ichiga oladi.
d) Gipogenez (gipo-past) bu katagenezning xususiy formasi bo‘lib organizm voyaga yetmagan holda o‘z ontogenezini o‘tkazishi bilan izohlanadi. U mazmun jihatdan neoteniyaga o‘xshaydi. Ba’zan o‘zgargan muhit sharoitida voyaga yetgan organizmlarga nisbatan uning lichinkasi ko‘proq moslashadi. Masalan, bir kun yashaydi va tuxum qo‘yib o‘ladi. Ularning og‘iz apparati rivojlanmay qoladi. Masalan,bir kunli kapalaklar.
Gipogenezda ontogenezning keyingi bosqichida rivojlanishi lozim bo‘lgan belgilar rivojlanmay qoladi. Kolovratkalar, mishankalar, kanalar va parda qanotlilar katagenez va gipogenez yo‘nalishi bilan paydo bo‘lgan. Bu yo‘nalishlarda organizmlar muhitga butunlay qaram bo‘lib qolmaydi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish