2. N.Kleynbergning organlar substitutsiyasi (almashuvini) prinsipi. Bu prinsip 1868 yilda Kleynberg tomonidan aniqlangan. Bu prinsipga muvofiq, evolyutsion protsessda ajdodlarning ma’lum organi avlodlarda xuddi o‘sha funksiyani bajaradigan boshqa organ bilan almashinadi. Masalan, jagli zuluklarda kon tomirlari qisqargan bo‘lib, ularni vazifasini lakunlar (lakun) sistema bajaradi.
Xordali hayvonlarning tuban formalarida xorda o‘q skelet vazifasini o‘taydi. Umurtqali hayvonlar ontogenezining ma’lum bosqichida xordadan xech narsa xosil bo‘lmaydi. Skelet dastlab togaydan keyinchalik suyakga aylanadi.
Organlar substitutsiyasiga oid barcha xodisalarda funksiyani oldingi organga nisbatan murakkab tuzilgan organlar bajaradi. Masalan, kaktuslarning ba’zi xillarida fotosintez funksiyasini, ya’ni bargni vazifasini poya bajaradi. Qushlarning qadimgi ajdodlarida tish bo‘lgan. Xozirgi zamon qushlarida tishlar atrofiga uchragan. Ularning funksiyasini tumshuqning o‘tkir chetlari bajaradi.
3. Funksiyalar sonining kamayishi prinsipi. Bu prinsip A.I.Sversov tomonidan aniqlangan. Tarixiy rivojlanish protsessida organizmning tuzilishi o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan: ot ajdodlari tarixiy rivojlanishi tufayli besh barmoqli formadan bir tuyoqli formaga aylangan. Sut emizuvchilarning suvda yashaydigan vakillari bo‘lgan kitlar, tyulenlar, morjlarda oldingi oyoqlar o‘zgarib, suzish organi lastga aylangan va ularda suzish funksiyasi rivojlanishi tufayli yurish va boshqa funksiyalar qisqargan. Bu xodisalar filogenetik rivojlanish protsessida organning bir funksiyasi rivojlanib ketishiga, boshqa funksiyaning reduksiyalanishiga sababchi ekanligini ko‘rsatadi.
Organlar filogenetik o‘zgarishining ikkinchi yo‘nalishi ular bajaradigan funksiyaning sifat jixatdan o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Bu xam ikki xilda bo‘ladi:
1. Organlar bajaradigan funksiyaning kengayishi.
2. Organlar funksiyasining almashinishi.
1. Organlar bajaradigan funksiyaning kengayishi prinsipi. Bu prinsipni 1912 yilda L.Plate tomonidan aniqlangan. Bu prinsipga ko‘ra boror organ bajarib kelayotgan birinchi darajali funksiya deyarli o‘zgarmasa xam, ikkinchi darajali funksiyalar ortadi. Masalan: ikki pallali molyuskalarda jabra nafas olish funksiyasini o‘tash bilan birga oziq moddalarni suv oqimi bilan og‘iz bo‘shlig‘iga xaydash vazifasini xam bajaradi, ya’ni o‘z funksiyasini kengaytiradi. Tuban qisqichbaqasimonlarda antennalar faqat sezuv organi bo‘lib qolmay, xarakatlanish organi xam hisoblanadi. Qushlar tumshug‘i oziqlanishdan tashqari, patlarni tozalash, moylash, uya qurish va himoya vazifalarini xam o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |