Organizmlarning filogenetik o‘zgarish prinsiplari
Evolyutsion protsessda organlarning tuzilishi va funksiyasi o‘zgarib boradi. Organlar funksiyasining o‘zgarishi tuzilishini xam o‘zgarishiga olib keladi. Xar shunday organ o‘zgarishi zaminida tashqi va ichki muhitning o‘zgarishi yotadi. Organlar o‘zgarishining ayrim tomonlari Darvin asarlarida bayon etilgan. Darvinning fikricha, boshqa baliqlarda xavo pufagi muvozanat vazifasini bajarsa, ikki tomonlama nafas oluvchi va parda qanotli baliqlarning nafas olish funksiyasini bajarish qayd qilingan.
A.N.Sevarsov Darvinning bu fikrlarini yanada rivojlantirdi va bu masalani anatomik tuzilishdan fiziologik yo‘nalishiga burdi.
U .A.Dorn, L.Platya, N.Kleytsenberg, D.M.Fedotov va boshqalarning ishlarini xulosalab, organlarning filogenetik o‘zgarish prinsiplarini aniqladi va ularni 2 gruppaga bo‘ldi:
1. Organlar asosiy funksiyasining fakat miqdor jixatidan o‘zgarishiga olib boradigan evolyutsion o‘zgarishlar.
2. Organlarning asosiy funksiyasini sifat jixatdan o‘zgarishiga olib boradigan evolyutsion o‘zgarishlar.
Filogenez protsessida turli organlarning boshdan kechirib o‘tgan xar qanday o‘zgarishlari asosida doimo organlarning mulifunksional bo‘lish, ya’ni bitta emas, balki bir necha funksiyani bajarishi yotadi. Ammo bu funksiyalardan biri asosiy funksiya bo‘lib, ko‘p ishlatiladi. Boshqalari esa ikkinchi darajali funksiya hisoblanadi va kamdan-kam ishlatidi. Masalan: quriqda yashovchi sut emizuvchilarning oyoqlari birinchi navbatda yurish vazifasini bajaradi. Shu bilan birga bu suzish, kazish, ximoya va xujum qilish vazifalarini ham bajaradi. Quruqlikda yashovchi qushlarda keyingi oyoqlar yurish vazifasini bajaradi va bu asosiy funksiya hisoblanadi.
Organlar bajaradigan funksiyasining miqdor jixatdan o‘zgarish quyidagi usullarda borishi mumkin:
♦ Funksiyasining intensivlashuvi
♦ Organlarning funksiyasinii substitutsiyasi (almashinuvi)
♦ Funksiyalar sonining kamayishi
1. L.Platening funksiyalar intensifikatsiyalanishi prinsipi birinchi marta L.Plate tomonidan 1924 yili qayd etilgan. A.N.Sversov bu protsessni ikkiga, ya’ni xujayra va to‘kimalar funksiyasining intensivlashuviga bo‘ladi. Hujayra va to‘qimaning intensivlashuvi organlarining multifunksional, ya’ni bir emas bir necha funksiya bajarishi xossasiga asoslanadi. Masalan: sodda hayvonlarda barcha xayotiy funksiyalar- oziqlanish, nafas, olish, ta’sirlanish, xarakatlanish, urchish, ayrish, bitta xujayra tomonidan bajariladi, ya’ni intensivlashadi.
Ko‘p hujayrali organizmlarda funksiyaning intessivlashuvi yanada jadalroq boradi. Filogenez propesida biror organ vujudga kelishi uchun qancha ko‘p xujayra ishtirok etsa, uning funksiyasi shuncha intensivlashuvga uchraydi. Xar qanday ko‘p xujayrali organizmlarning to‘qimmalaridagi differensiatsiya murtak xujayralar bajararayotgan funksiyasining biri bosh bo‘lib, boshqalari kerakli vaqtda ishlatiladi. Masalan: muskul filogenezida murtak xujayralarning xarakatlanish funksiyasi intensivlashib, urchuqsimon shaklga kirgan va juda kiskaruvchi tolalar hosil bo‘lgan. Ularning sonini ortishi tufayli yassi muskullar rivojlangan. Bu muskul xujayralari uchun boshqa funksiyalar, Masalan: ayrish, ta’sirlanish ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lib qolgan.
Organlar funksiyasining intensifikatsiyasi ba’zan ularning progressiv rivojlanishiga olib kelgan. Masalan: umurtqali hayvonlarda nafas olishning intensivlashuvi gazlar almashuvini xajmining ortishi, upka epiteliysining ko‘payishi natijasida alveollarning miqdor jixatdan kupayishi xisobiga ro‘y bergan. Ilonlar va oyoqsiz kaltakesaklarda gavdaning ixchamligi ajdodlariga nisbatan muskul segmentlari sonining ortishi, kitlar suzgich funksiyasining intensivlashuvi esa qo‘shimcha barmoqlar sonining rivojlanishi xisobiga amalga oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |