Evolyutsiya nazariyasi


Evolyutsion protsessning qaytarilmasligi



Download 10,57 Mb.
bet109/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Evolyutsion protsessning qaytarilmasligi
CH.Darvin “Turlarning kelib chiqishi” nomli asarida bir vaqtlar yo‘qolib ketgan turlar yana qaytadan paydo bo‘lmasligini ta’kidlagan edi va evolyutsiyaning qaytarilmaslik qonunini ifodalab berdi. Bu qonunni keyinchalik belgiyalik paleontolog L.Dollo rivojlantirdi. Bu qonun organik dunyo rivojlanishining umumiy qonuni hisoblanadi. U yoki bu tur, turlar yig‘indisi nobud bo‘lsa, bo‘g‘inlar orasidagi izchillik buziladi va natijada turlarning genetik liniyasi, uning izchillik sistemasi yo‘qoladi. Ba’zan turlarning tabiiy o‘limi ro‘y bermasa ham, populyatsiya va turlarda ular o‘limi kabi holat yuz beradi. Bunday holat ajdodlarning adaptatsiogenezi takrorlanganda namoyon bo‘ladi. Agar populyatsiya yoki turda o‘xshash moslanishlar paydo bo‘lsa ham, bu protsess boshqa asosda amalga oshadi. Bunga asosiy sabab, populsiya yoki tur ichida yo‘qotishsiz amalga oshadigan mutatsiya protsesslari, tur genofondini o‘zgartirib yuborishidir.
Shmalgauzen ham bu muammoni isbotlash uchun misollar keltirgan. Masalan, quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlar baliqlardan kelib chiqqanligi aniq. Agar shunday bo‘lsa, ularning oyoqlaridagi 5 ta panja baliqlarning suzgich qanotlarini o‘zgarishidan kelib chiqqan. Umurtqali hayvonlar yana bir qancha marta suvga yashashga o‘tgan, ularning besh panjali oyoqlari suzgich qanotga aylangan. Ammo baliqning suzgich qanotiga aynan qaytmagan. Ma’lumki, amfibiyalar voyaga yetganda o‘pka orqali nafas oladi. Ammo ba’zi amfibiyalar ikkinchi marta suvga o‘tib, jabra orqali nafas olsa ham, baliqlarnikiga o‘xshash ichki jabra hosil qilmagan.
Qushlar uchishga moslashgan bo‘lib, ularning ba’zi turlari ikkinchi marta uchish qobiliyatini yo‘qotishi tufayli keyingi oyoqlarida yuradi. Ammo ular qush holatini saqlab, ajdodlari bo‘lgan psevdozuxiyalarga aylanmagan.
Bunga o‘xshash misollar har qanday holatda ham organ va organizmning tuzilishi oldingi holatga qaytishi amaliy va nazariy jihatdan mumkin emasligini isbotlaydi.
Har qanday rivojlanish birinchi navbatda spiralsimon oldinga qarab borish natijasida hech vaqt orqaga qaytmadi. Evolyutsion protsessning qaytarilmasligi haqidagi tasavvurlar organik formalarning murakkab tarixiy rivojlanishi takrorlanmasligini, tirik tabiat rivojlanishining dialektikasini ifodalaydi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish