Evolyutsiya nazariyasi


Idioadaptatsiya yoki qisman (xususiy) moslanish



Download 10,57 Mb.
bet103/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Idioadaptatsiya yoki qisman (xususiy) moslanish
Bu aromorfozdan farq qilib, umumiy moslanish emas, balki xususiy moslanishlar paydo bo‘lishidan iborat. Lekin bu o‘zgarishlar organizm tuzilishini va hayot faoliyatini ajdodlariga nisbatan yuqori yoki past darajada ko‘tarmaydi. Idioadaptatsiya yo‘li bilan paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar organizm uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan organ va kismlarga xosdir.
Idioadpatatsiyadan keyin organizm o‘z ajdodlari bilan bir qatorda tursa ham, ular muhit sharoitlariga yaxshi moslashadi. Masalan, toshbaqalar repteliyalarning eng qadimgi vakillari bo‘lib, katilozavrlardan kelib chiqqan va perm davriga kelib hayot sharoitining o‘zgarishi, ya’ni yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli ostki va ustki qalqonlar hosil bo‘lgan. Evolyutsion jarayonda ular har xil guruhlarni paydo qilgan. Jumladan, quruqda yashovchi, botqoqda, chuchuk suvda yashovchi toshbaqalar kosasining rangi, qalinligi, oziqlanishi kabi belgilari bilan farqlanadi. Ammo bu beogilar ularni boshqa repteliyadan tuzilishi jihatdan ustun bo‘lishiga imkon bermagan. Suyakli baliqlarda ham gavdaning turli darajada tuzilganligi ko‘riladi.
Ixtisoslashish idioadaptatsiyaning eng xususiy firmasi hisoblanadi. Ixtisoslashgan organizmlar muhitning juda tor doirasida yashaydi. Bu sharoitda boshqa hayvonlar bilan raqobatlasha olmaganligi uchun ular hozircha yashab qolgan.
Idioadaptatsiya o‘simliklarda ham uchraydi. Masalan, chetdan changlanish, urug‘, mevalarning tarqalishiga imkon beradigan turli moslamalar ham idiodaptatsiyadir.


Senogenez yoki embrional moslanish
Bu embrion yoki lichinkalik davrida paydo bo‘ladigan moslamalarni o‘z ichiga oladi. Tuxum hujayrani va embrionni kimyoviy va mexanik ta’sirlardan himoya qiluvchi parda yoki mikroblardan saqlovchi ohakli qobiq, tuxumdagi sariqlik, qushlar va sut emizuvchilarda embrionning tebranish va zarbalardan saqlovchi amnion, sut emizuvchilarda embrion nafas olishiga yordam beradigan allantois va yo‘ldosh senogenezga misoldir.
Senogenez har xil bo‘ladi. Jumladan, tuxum va lichinkaning himoya rangi, ularning oziqlanishini ta’minlaydigan sariqlik, uni adsorbsiya qiladigan qon tomirlar, ularning nafas olishiga yordam beradigan jabra iplari-allantos va boshqa moslamalar shular jumlasidandir. Hayvonot olamida bunday moslamalar keyingi davrda (ontogenezda) karaksiz bo‘lganligi uchun reduksiyaga uchraydi.
Senogenezni biologik ahamiyati katta. Chunki, embrion va lichinkalar individual rivojlanishda birmuncha xavfli hisoblangan yoshlik davrini havfsiz o‘tishini ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida biologik prgressga olib keladi.
Senogenez-seno-yangi, genezis-kelib chiqish ma’nosini anglatadi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish