Evolyutsiya nazariyasi


Tabiiy tanlanishning ijodiy axamiyati



Download 10,57 Mb.
bet71/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Tabiiy tanlanishning ijodiy axamiyati. Tabiiy tanlanish dastlab populyatsiya ichida ro‘y beradi va munosib genotiplarni tanlanish orqali ma’lum natijalarga olib keladi. Tabiiy sharoitda tanlanish ko‘pincha xar xil yo‘nlalishda boradi. Tanlanishning biron yo‘nalishi uzoq muddat saqlangan taqdirda kichik o‘zgarishlar ham samarali bo‘lishi mumkin.
Antidarvinistlar tabiiy tanlanishni mexanik g‘alvir yoki elemenatsiya vazifasini o‘taydigan “go‘rkov” sifatida boxolab beradilar. Bunday tassavurga ko‘ra, tabiiy tanlanishda yangilik yaratilmaydi, balki populyatsiyadagi mavjud o‘zgarishlar faqat taqsimlovchi omil xisoblanadi. Tabiiy tanlanish evolyutsiya yo‘nalishini belgilaydi va tasodifiy hamda ko‘p sonli foydali o‘zgarishlarni to‘plab boradi. Tabiiy sharoit ta’siriga va tanlanish yo‘nalishiga qarab bir xil irsiy o‘zgaruvchanlik turli oqibatlarga olib kiladi. Shu jihatdan tabiiy tanlanishni xaykaltarosh bilan qiyoslash mumkin. Xuddi shaklsiz granit bo‘lagidan ortiqchalarini olib tashlab, ajayib ijod qiluvchi xaykaltarosh singari, tabiiy tanlanish ham turli xil o‘zgarishlairni to‘play borib noqulay, moslashgan organizmlarni vujudga keltiradi. Lekin tabiiy tanlanish ma’lum maqsadsiz yo‘naladi. U xar xil genotipik, genofond, biogenotsenozlarning o‘zaro munosabati natijasida stixiyali ravishda kechadi va bu jarayon million yillar davom etadi.


Jinsiy tanlash
Jinsiy tanlanish xayvonot olamiga taaluqli bo‘lgan xodisa xisoblanadi. Ch.Darvin “Turlarning kelib chiqishi” nomli asarida bu masalaga juda kam o‘rin bergan. 1871 yilda yozilgan “Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish” nomli asarida bu masalaga juda keng o‘rin ajratgan. Bu asarda jinsiy tanlanishda ikkilamchi jinsiy belgilar, erkak va urg‘ochi individlarni tashqi belgilarga ko‘ra tanlashi masalalari ochib berilgan.
Jinsiy tanlanish deyilganda, erkak hayvonlar o‘rtasida urg‘ochi hayvonlar bilan qo‘shilish uchun kurash olib borish yoki urg‘ochi hayvonlar juftlashish oldidan erkak individning tanlab olish tushuniladi.
Jinsiy tanlanish ham tabiiy tanlanish sharoitida sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham jinsiy tanlanish tabiiy tanlanishning bir ko‘rinishi sifatida ba’zan bir-biridan ajratish ham qiyin. Masalan: erkak organizmlarda uchraydigan ximoya va xujum quroli tabiiy tanlanish ta’sirida vujudga kelgan, keyinchalik esa u jinsiy tanlanish ta’sirida yanada takomillashgan. Darvin fikricha, jinsiy tanlanishning ikki xili bor.
Erkak hayvonlar o‘rtasida urg‘ochilarni tanlab talashib o‘zaro qattiq jang qiladi. Bu kurash asosan erkak individlar o‘rtasida bo‘lib, ularni ba’zilari mag‘lubiyatga uchraydi, xatto xalokatga uchraydi.
Bu kurashda erkak individlarning kuchi va kurash uchun zarur boshqa vositalari yordamida ba’zilari g‘olib chiqadi va nasl qoldirishga muvofiq bo‘ladi. Erkak individlar o‘rtasidagi kurash arilar, asalarilar, qo‘ng‘izlar, baliqlar, molyuskalar, reptiliyalardan alligatorlar, poligam qushlar va sut emizuvchi hayvonlar orasida keng tarqalgan.
Urg‘ochi individlar erkak individlar orasidan eng chiroyli, xushovoz, yoqimli xid taratuvchi formalarni tanlab oladi. Masalan: janat qushi, qirg‘ovul, tuyaqushlarning erkaklari chiroyli patlarini yoyib tovlanadi va turli “o‘yinlar” qilib, urg‘ochilarga o‘zini ko‘z-ko‘z qiladi. Bu protsess ularning birontasini urg‘ochisi tanlaguncha davom etadi. Hayvonot bog‘lardagi kuzatishlarida aniqlanishicha agar qafasda erkak bo‘lmasa, urg‘ochilardagi ovogenez to‘xtab qoladi.
Tabiatda haqiatdan ham hayvonlarning urg‘ochilari erkaklarini chiroylilarini tanlaydimi? Degan savolga javob berish uchun S.Tomson Avstraliyada xoldor to‘tilar ustida tajriba o‘tkazdi. Bu to‘tilarning erkagini tepasida yoqasida urg‘ochilariga nisbatan patlar ko‘p bo‘lib, 1-3 ta yoki 2-5 ta sariq dog‘ bo‘ladi. Dog‘lar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p xurpayib turadi. Tomson tajribalarida erkagi bo‘yab urg‘ochi tussiga, urg‘ochilarini bo‘yab erkak tusiga kiritildi. Bo‘yalgan “urg‘ochi” to‘tilar qafasda kiritilganda undagi erkak to‘tilar “urg‘ochisini” rangida bo‘lgan erkak to‘tilar atrofida parvona bo‘lib, xaqiqiy urg‘ochilariga ham e’tibor bermagan. “Erkak” tusiga bo‘yalgan urg‘ochilari xaqiqiy urg‘ochilari yoniga qo‘yib yuborilganda esa urg‘ochilari soxta “erkaklariga” e’tibor berib, xaqiqiy erkaklariga yaqinlashmagan.
Darvinning jinsiy tanlanish haqidagi nazariyasi Uolles va Meyzberlar tanqid qilib, qushlarda chiroylilarini tanlash yo‘q, chunki ularda ong yo‘q, deydilar.
Uolles erkak hayvonlardagi chiroylilik, fiziologik sabablarga bog‘liq, urg‘ochilarida esa bu narsa tabiiy tanlanish ta’siri bilan to‘xtatilib qo‘yilgan, chunki ximoya rangi naslni saqlashda katta axamiyatga ega deydi.
Hozirgi paytda endokrinologiya fanining yutuqlari ikkilamchi jinsiy belgilar ichki sekretsiya bezlari gormonlarining ta’siri ekanligini ko‘rsatmoqda.
A.D.Nekrasov, A.A.Zaxvatkinlarning aniqlashicha, baxor kelishi bilan uy chumchug‘i, botqoq dehqon chumchug‘ining pati anchagina tovlanadigan bo‘lib qoladi. Bu protses kuzda boshlanib, baxorgacha davom etadi, ya’ni uzoq davom etadi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish