Evolyutsiya nazariyasi



Download 10,57 Mb.
bet74/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Ogohlantiruvchi rang. Bu kriptik rangga qarama-qarshi bo‘ladi. Bunda hayvonlarda ko‘zga yaqqol tashlanadigan qizil, qora, sariq, oq ranglar bir-biriga qo‘shilib ketadi. Xonqizi, tillaqo‘ng‘iz qovoqari va oddiy arilar ogohlantiruvchi rangli hasharotlarga misol bo‘ladi.
Fiziologik moslanish. Bu tana haroratining, qonda tuz va qand konsentratsiyasining turg‘un holda saqlanishga qaratilgan. Fiziologik moslanish dinamik va statik turlarga bo‘linadi.
a) Dinamik moslanishda organizm shaxsiy hayotning turli bosqichlarida atrof-muhitdagi tuz, namlik harorat o‘zgarishlariga nisbatan moddalar almashinuvi bir muncha o‘zgargan holda o‘z turg‘unligini saqlaydi.
b) Statistik moslanish fiziologik turg‘unlikni saqlashga qaratilgan.
Agar statistik moslanishda fiziologik turg‘unlik ro‘y bersa, dinamik moslanishda moddalar almashinuvi o‘zgarishi orqali tashqi muhitning salbiy ta’siri kamaytiriladi. Fiziologik moslanish ham organizmni tashqi muhitning noqulay sharoitlariga moslanishidir.
Bioximyaviy moslanish. Bu fermentlar yordamida hujayra, organlar va organizmdagi bioximiyaviy reaksiyalarning tartibga solinishiga asoslangan moslanishdir. Oqsillar, uglevodlar, yog‘lar va boshqa organik moddalarning sintezlanishi, parchalanishi orqali moddalar almashinuvining boshqarilishi bioximyaviy moslanishga misol bo‘la oladi. Bioximyaviy moslanishlar tashqi muhit omillariga bog‘liq holda har xil bo‘ladi. Masalan, quruqlikda yashaydigan umurtqasizlar, umurtqalilarda ammiak siydik kislota holiga tashqi muhitga ajraladi. Suvda yashaydigan hayvonlarda esa nafas olish davrida butun tanasi orqali ajralib, suv bilan tezda yuvilib ketadi.
Etologik moslanish. Bu yuksak hayvonlar taraqqiyotining barcha bosqichlarida kuzatilib, hayvon hatti-harakatining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bunga oziq topish va to‘plash, yirtqichlardan himoyalanish, ob-havo noqulay kelgan vaqtda o‘zini panaga olish, jinsiy qo‘shilish davridagi hatti-harakatlar, jinsiy qo‘shilish, nasl uchun qayg‘urush kabi moslanishlar kiradi. Etologik moslanish tug‘ma va yashash davrida ortiradigan bo‘ladi.
D.K.Belyayev ma’lumotlariga ko‘ra, yirtqich hayvonlarda hurqovichlik, xush ko‘rmaslik hatti-harakatlari tug‘ma bo‘lib, genetik zaminga ega. Yashash davrida orttirilgan moslanishlar shartli reflekslar shaklida bo‘lib, u hayvon organizmining atrof-muhitga yaxshiroq moslanishga imkon beradi. Bularning hammasi organizmlarning moslanishi hisoblanadi.
Moslanishning ikkinchi katta gruppasi tur doirasidagi moslanish hisoblanadi. Bu kongruensiya bo‘lib, muhim ahamiyatga ega. Erkak va urg‘ochi organizmlarning jinsiy organlarini bir-biriga, ona organizmining o‘z bolasini sut bilan boqishga mosligi shular jumlasidandir. Reproduktiv kongruensiya urchish bilan bilvosita bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Bunga boshqa jinsni tegishli yordam beruvchi signallari kiradi. Ular ko‘rish, tovush, hid bilish shaklida bo‘ladi. Kongruensiya lotincha kongres-mos kelish, to‘g‘ri kelish degan ma’noni bildiradi
Ko‘rish signallari ko‘rish organi yaxshi rovojlangan sut emizuvchilar, qushlar, hasharotlar va o‘rgimchaksimonlarda uchraydi. Ko‘rish orqali erkak va urg‘ochi individlar bir-biridan farqlanadi, bir-birini topadi. Hayvonlar o‘z juftini topishda tovush signallari muhim ahamiyatga ega. Masalan, bulbul, bedananing erkagi har xil tovush bilan urg‘ochilarini, chigirtkaning urg‘ochisi chirillash orqali erkagini o‘ziga jalb qiladi. Chivin, pashshaning erkaklari qanotini tez-tez qoqishi tufayli chiqarilgan tovush hisobiga urg‘ochiga jinsiy qo‘zg‘alishni uyg‘otadi. Boshqa hollarda erkak yoki urg‘ochi hayvon tanasidan ajraladigan xid ham o‘z juftini topishda signal vositasini o‘taydi. Masalan, tungi kapalaklarning urg‘ochisi feromonlari yordamida erkagini bir necha yuz metr uzoqdan o‘ziga jalb qiladi. Sut emizuvchilardan (bo‘ri, tulkilarning urg‘ochisi) jinsiy qo‘shilish davrida alohida hidi yordamida erkagini o‘ziga jalb qiladi. Reproduktiv kongruensiya jinsiy qo‘shilish oldidan erkak organizm tomonidan urg‘ochini jalb qilish uchun bo‘lgan turli tana harakatlari “o‘yinlar”da ham kuzatiladi. Ular ayniqsa o‘rgimchaklar, baliqlar, qushlar, sut emizuvchilarning ko‘plab turlariga xos. Masalan, yovvoyi o‘rdakning jinsiy qo‘shilish oldidan 12 xil tana harakati -o‘yinini namoyish etadi.
Ayrim qushlar juftlashish oldidan daryo, ko‘llar yaqinidagi vodiylarda to‘planadi va urg‘ochilari bilan qo‘shilish uchun erkaklari o‘rtasida qattiq jang bo‘ladi. Jannat qushlari, Argus qirg‘ovuli va tuyaqushlarda esa erkaklari chiroyli “o‘yin” qilib, urg‘ochilariga o‘zini namoyon qiladi. Ajablanarli joyi shundaki, ba’zi bir o‘rgimchaksimonlar va parrandalarning urg‘ochilari ana shunday “o‘yinni” meyoriga yetkazib bajarmagan erkaklar bilan juftlashmaydi.
Yashash uchun kurash va urchishda g‘olib chiqish uchun organizmlarning har xil to‘dalanishi kooperatsiya deb ataladi. Kooperatsiya ham har xil bo‘ladi.
Reproduktiv kooperatsiya. Organizmlarning urchishi va yashab qolishi bilan bog‘liq kooperatsiya reproduktiv kooperatsiya deyiladi. Sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilarning ayrim turlari erkaklari qo‘shilish oldidan ma’lum joyga to‘planadi va urg‘ochisini tanlab olish uchun ular o‘rtasida kurash boradi. Ana shu kurashda g‘olib chiqqan erkagi urg‘ochisi bilan qo‘shiladi. Bu esa kelajakda baquvvat nasl olishga imkon beradi. Masalan, ayiqlarda quyikish vaqtida bir populyatsiya individlari o‘zaro qo‘shilishga intiladi. Bunda urg‘ochi tulki atrofida erkaklari to‘planadi. Ular o‘ta harakatchan bo‘ladi, o‘ynaydi, dumini harakatlantiradi, bir-birini ta’qib qiladi: agar bunday hatti-harakat g‘olibni aniqlash imkonini bermasa, erkak tulkilar o‘rtasida qattiq kurash boshlanadi. Shundan so‘ng g‘olib erkak tulki urg‘ochisi bilan qo‘shiladi. O‘simliklarning bir turga mansub formalarining birgalikda yashashi ularning shamol, hasharotlar orqali changlanishiga yordam beradi.
Reproduktiv kooperatsiya qushlar bilan sut emizuvchilarda yosh organizmlarni boqishi va himoya qilishida ham ma’lum rol o‘ynaydi.

Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish