Dezruptiv tanlanish deyilganda tabiiy tanlanish bittadan ortiq fenotipga ijobiy ta’sir etadi va oraliq formaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tushuniladi. Bunda ma’lum teritoriyaga tarqalgan individlar sharoit har xil bo‘lganligi tufayli g‘olib chiqa olmaydi.
Dizruptiv tanlanish. O‘rtacha va oraliq formalarga qarshi ta’sir etib, polimorfizm hosil bo‘lishiga qaratilgan. Bunda populyatsiya bitta belgiga asosan bir nechta gruppaga bo‘linadi. Shuning uchun ham dizruptiv tanlanishni tarqatuvchi yoki bo‘luvchi tanlanish ham deyiladi. M: tok shilliq qurti chig‘anoqning rangi va pigmentiga qarab bir qancha polimorfizm hosil bo‘lgan. Uning chig‘anoqlari pushti, sariq, jigar rang va usti qora yo‘lli bo‘ladi. Bu ranglar va yo‘llarning soni o‘zgaruvchandir. Ba’zi hollarda bu yo‘llar aniq bo‘lib, soni 5 ta yetadi. Ba’zan esa yo‘llar umuman bo‘lmaydi. Chig‘anoqning rangi va yo‘llarining soni muxitga bog‘liq. Oq chigar rang tuproqli o‘rmonlarda va sariq rangli o‘tlar o‘sgan joyda esa sariq rangli chig‘anoq bo‘ladi. Harakatlantiruvchi va stabillashtiruvchi tanlanishlarning umumiy yig‘indisi dezruptiv tanllanishga olib keladi.
Destabillashtiruvchi tanlanish. Tanlanishning bu turi yirtqich hayvonlar ustida olib borilgan tajribalar natijasida aniqlandi. Jumladan, tulkilar antogenezi davrida stabillashtiruvchi tanlanish tufayli tarixan tarkib topgan belgi va funksiyalar rivojlanadi.
K.D.Belyayev kumushsimon tulki va qora tulki populyatsiyasida xatti-xarakati bo‘yicha polimorf, 30 % tajavuzbkor, 20 % xurkovich, 40 % tajavuzkor xurkovich, 10 % tinch kuzatuvchi ekanligini aniqladi. Kuzatishlar ximoyalanish xati-xarakati bilan jinsiy aktivlanish orasida genotipik va fenotipik munosabati borligidan dalolat beradi. Tulkilar ma’lum fasilda, ya’ni mart-aprel oylarda urchiydi. Bu protsess oldin tinch kuzatuvchan, oxirida o‘ta tajavuzkor tulkilarda amalga oshadi. Bu stabillashgan genotipik belgi xisoblanadi. Belyayev tulkilar populyatsiyasi orasidan tinch kuzatuvchan formalarni alohida tanlab urchitib, xonakilashtirganda ularning urchish muddati o‘zgara borgan va odamga ko‘nikishi asta-sepkin orta borgan. Natijada dastlab dekabr-yanvar, keyin mart-aprel oylarida urchigan. Bunda tanlanish olib borilmaganlari esa faqat aprelda bir marta urchigan. Tanlangan tulkilar orasida bir yilda 2 marta urchiydigan va odamdan xurkmaydigan, o‘z laqabi bilan chaqirganda tez keladigan formalar hosil bo‘ladi. Tulkilar etologiyasida yuz bergan bunday o‘zgarishlar mashq natijasi bo‘lmay, balki genotipning o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liq ekanligi tajribalarda isbotlangan. Stabillashgan belgilarni turli faktorlar ta’sirida (urchish muddati, to‘llash muddati va boshqalar) bunday uzaytirish (destabillashtirish) destabillashtiruvchi tanlanish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |