Tabiiy tanlanishning samaradorligi va ta’sir etish tezligi. Bu hodisa barcha faktorlarga bog‘liq. Bunga yashash sharoiti, aniq belgi xossalar va birinchi navbatda tanlanish bosimi muhim ahamiyatga ega. Tanlanish bosimini bilish uchun, avvalo genotipning adaptiv qiymatini bilish kerak. Tanlanish jarayonida populyatsiyadagi har bir genotipning individual foydaliligi genlarning kelgusi bo‘g‘inlarga berilishi qobiliyati bilan baholanadi. Bir genotipning populyatsiyadagi boshqa genotiplarga nisbatan yashovchanligi va nasl berish qobiliyati genotipning adaptiv qiymati deb ataladi. Bu esa genotipning moslanish darajasini ifodalaydi va W harfi bilan belgilanadi. Genotipning adaptiv qiymati 0 dan 1 gacha o‘zgarib turadi. Agar Wq0 bo‘lsa, genotip axboroti navbatdagi bo‘g‘inga berilmaydi, chunki barcha organizmlarning nobud bo‘lishi tufayli ko‘payish sodir bo‘lmaydi. Agar Wq1 bo‘lsa, genlarga ega bo‘lgan gametalar ko‘plab nasl beradi va ko‘payish qobiliyati to‘liq amalga oshadi.
Genotipning adaptiv qiymati barcha genlarning kompleksi bilan belgilanadi. Shuning uchun hatto har xil gendan iborat gomozigota genotiplar ham tulicha adaptiv qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Adaptiv qiymat tanlanishgacha va tanlanishdan keyin uchraydigan allellarni hisobga olish bilan aniqlanadi. Bu esa tanlanish koeffitsentiga bog‘liq.
Tanlanish koeffetsenti boshlang‘ich formalarga nisbatan mutant allelning qirilish intensivligini yoki urchish qobiliyatining pasayishini ifodalaydi va S harfi bilan belgilanadi. Tanlanish koeffitsenti genotipning adaptiv qiymatiga nisbatan teskari hodisa hisoblanadi va 1 dan 0 gacha o‘zgarib boradi. Shunga ko‘ra, genotipning adaptiv qiymati qancha katta bo‘lsa, tanlanish koeffitsenti shuncha kichik, ya’ni Wq1 bo‘lsa, u holda Sq0 teng bo‘ladi. Tabiiy sharoitda tanlanish koeffitsenti 0,10-0,20 dan oshmaydi. Lekin letal mutatsiyalarda organizmlarning yashovchanlik qobiliyati pasayib, tanlanish koeffitsenti ortishi va 1,0 gacha yetishi mumkin. Tabiatda ayrim belgilar bo‘yicha genotipning adaptiv qiymatini xarakteristikasi uchun o‘rtacha moslanish aniqlanadi va W bilan belgilanadi. U tanlanishdan keyin uchraydigan genotiplar yig‘indisiga teng bo‘ladi va Xardi-Vayinberg formulasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
Wqq2W0+pqW1+q2W2
Bundan: W0–populyatsiyadagi bir xil genotip:
W1–ikkinchi xil genotip:
W2–uchunchi xil genotip bildiradi.
Agar dominant gomozigotalarning o‘rtacha moslanishi 1 bo‘lsa, u holda boshqa genotiplarning moslanishi unga nisbatan protsent hisobida olinadi. U holda har xil genotipga ega bo‘lgan organizmlar populyatsiyasining o‘rtacha moslanishi quyidagicha ifodalandi.
genotiplar o‘rtacha moslanishlar
АА
Do'stlaringiz bilan baham: |