Evolyutsiya nazariyasi


Tur ichidagi yashash uchun kurash



Download 10,57 Mb.
bet65/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

3. Tur ichidagi yashash uchun kurash, bitta tur ichidagi individlar o‘rtasidagi raqobat. Darvinning fikricha, bu hodisa evolyutsiyaning asosiy faktori hisoblanadi. Bunda tabiiy tanlanish natijasida nisbatan ko‘proq moslashgan individlar yashab qoladi. Bundan tashqari, nisbatan aktiv va qurollangan, tuzilishi murakkablashgan, biror narsaga, biror o‘simlikka parazitlik qilishga ixtisoslashgan individlar yashab qoladi. Ana shu individlarning ma’lum hayotiy problemalariga ko‘proq ixtisoslashganlari yashab qoladi, kamroq moslashganlari o‘lib ketadi. Uning chuqur joyidagi chumoli qishni sovug‘idan soqlanib qoladi, yuqorisidagi o‘lib ketadi.


Eliminatsiya, uning turlari va evolyutsiyadagi roli

CH.Darvinning “yashash uchun kurash” tushunchasi mazmun jihatdan juda murakkab bo‘lib, chegarasi juda noaniq tushuncha hisoblanadi. Shuning uchun ham bu tushuncha bir necha marta tanqid qilingan. Ammo uning tarkibiy qismlarining o‘zaro munosabatlari e’tiborga olinsa, bu tushuncha evolyutsiyani xarakatga keltiruvchi kuch bo‘lgan tabiiy tanlanishni yo‘naltiruvchi faktor xisoblanadi.


Darvindan keyin “Yashash uchun kurash” iborasi boshqa biror tushuncha bilan almashtirishga urinishlar bo‘ladi. Jumladan, uning o‘rniga eliminatsiya tushunchasini qo‘llashni K.A.Termiryazov va L.Morgan taklif etdilar. Eliminatsiya lotincha eliminars- yani qirilish degan ma’noni bildiradi. Eliminatsiya-bu yashash uchun kurash davomida individlar yoki boshqa sistematik taksonlarni qirilishi tushuniladi.
Ammo I.I.Shaml’gauzenning fikricha, eliminatsiya termini nasbatan konkret tushuncha bo‘lsa ham, u Darvinning “yashash uchun kurash” tushunchasini to‘liq ifodalay olmaydi va uning doirasini ancha toraytiradi. Eliminatsiya individlar aktivligini inkor etadi.
Darvinning yashash uchun kurash tushunchasida individlar aktivligi e’tiborga olinadi va u biogeotsenozning tarkibiy qismi xisoblanadi. Shunga qaramay eliminatsiya fanda qo‘llaniladi. Ana shularni hammasini hisobga olgan xolda eliminatsiyani quyidagi 2 ta xilga bo‘lish mumkin:
Umumiy eliminatsiya yoki tasodifiy nobud bo‘lish
Saylanma eliminatsiya yoki individual eliminatsiya.
Umumiy eliminatsiya yoki tasodifiy nobud bo‘lish bu tasodifiy bir xodisa xisoblanadi. Chunki bu hayot va o‘lim masalalari organizmning individual xususiyatlari bilan izohlanmaydi. Organizmni eliminatsiyaga olib keluvchi faktorlarga yirtqichlar, parzitlar, yuqumli kasalliklar, temperatura, muhitning abiotik faktorlari kiradi. Umumiy eliminatsiya doimiy yoki davriy bo‘lishi mumkin. M: yog‘ingarchilik, qurg‘oqchilik, qattiq sovuq, yirtqich va kasallik tarqatuvchilar sonining ko‘payishi davriy yoki doimiy bo‘lib, eliminatsiyaga sabab bo‘ladi.
Saylanma eliminatsiya yoki individual nobud bo‘lish odatda bevosita yoki bilvosita, doimiy yoki davriy holda, turli yoshda yuz beradi va bunda tevarak atrof muhitiga moslashganlari yashab qoladi. Saylanma eliminatsiya hamma joyda va doimiy sodir bo‘lishining asosiy sababi shundaki, organizmlar o‘rtasida individual farqlar bor.
Bevosita eliminatsiya organizmlar muhitning abiotik va biotik faktorlarining bevosita ta’siri tufayli nobud bo‘ladi. Bunda ana shu bevosita ta’sirga chidaydigan organizmlar saqlanib qoladi. Demak, bevosita eliminatsiya 2 xil bo‘ladi. 1) Abiotik faktorlar ta’sirida, 2) Biotik faktorlar ta’sirida
Bilvosita eliminatsiya fiziologik o‘zgarishlar tufayli individlarning kuchsizlanishini va nasl qoldirishini pasayishi, ko‘payishining bartarf qilinishidir. Kuchsiz organizmlarning yashab qolishi ko‘proq moslashish oqibatidir. Bunday eliminatsiyada tabiiy tanlanish kam nasl beruvchi, lekin murakkab moslashishga ega organizmlarning saqlanib qolinishiga tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Oilaviy eliminatsiya tanlanish, himoyalanish va nasl uchun g‘amxo‘rlik qilish murakkab moslashishga ega bo‘lgan formalarini saqlab qolishga qaratilgan bo‘ladi. Gruppa ichidagi yoki individual hayotiy poyga populyatsiya ichidagi ayrim individlar o‘rtasida bo‘ladi. U aktiv va passiv bo‘ladi. Aktiv poyga oziq-ovqat uchun, jinsiy qo‘shilish uchun sodir bo‘ladigan raqobatda o‘z ifodasini topadi. Natijada tanlanish progressiv moddalar almashinuvi va ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlanishi tomonga yo‘naltiriladi.
Passiv individual hayotiy poyga individlar o‘rtasida o‘z hayotini saqlab qolish, nasl qoldirish uchun muhitning abiotik va biotik faktorlariga qarshi kurashishda namoyon bo‘ladi. Umuman eliminatsiya evolyutsiya jarayoni uchun muhim ahamiyatga egadir.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish