Evolyutsiya nazariyasi



Download 10,57 Mb.
bet82/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Klinal o‘zgaruvchanlik. Bir turga kiradigan individlarini populitsiyalari o‘zaro taqsimlansa, ular bir qancha belgilariga ko‘ra bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi.
Chegarada populyatsiyalardagi individlarning ayrim belgilari analiz qilinsa, ular asta-sekin va qonuniy ravishda o‘zgarganligi seziladi. Bitta populyatsiyaga kiradigan individlarni bunday o‘zgarishi klinal o‘zgaruvchanlik deyiladi. Klinalar tur qismlarida har xil darajada o‘zgarib boradi. Agar belgi bir xil darajada rivojlangan nuqtalar kartaga tushurilsa va ular chiziq bilan tutashtirilsa klinaning yo‘nalishiga to‘g‘ri burchak hosil qilib, bir biriga parallel joylashadi. Belgining rivojlanganlik darajasi bir xil bo‘lgan nuqtalarni birlashtiruvchi bunday chiziqlar izofinlar deyiladi. Izofinlarga qarab, geografik o‘zgaruvchanlik qonuniy protsess ekanligini bilish mumkin.
Klinal o‘zgaruvchanlikni bir necha sababi bor:
1. Muhitning selektiv omillari o‘zgarishining klinal harakterdaligi. Natijada fenotipik belgilar muayyan omillar ta’siriga beriladi.
2. Chegaradosh populyatsiyalarda genlarning o‘zaro almashinishi oqibatida keskin farqlar yo‘qoladi.
Demak, klinal o‘zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi kuchlar har qanday populyatsiyaning o‘zgaruvchan sharoitga moslashtirishga yo‘nalgan tanlanish va bir xillashtirishga undovchi genlar oqimi ta’sirining natijasi hisoblanadi. Genlarning o‘zaro almashinishi fiziologik birlikning bir butunligiga va mahalliy sharoit talabining o‘zaro kelishuvi ancha qiyin bo‘ladi va nihoyat, bunday kelishuv mumkin bo‘lmay qoladi.
Klinalar asosan quruqlikda tarqalgan turlarda uchraydi. Harorat, yong‘ingarchilik bug‘lanish, qish kunlari soni qanday va ma’lum yo‘nalishida o‘zgarib turadi. Peterson degan olim Fennoskandiya napalailarining 16 turidan 59 ta belgining geografik o‘zgaruvchanligini analiz qildi va shulardan 10 turda 29 ta belgi klinal o‘zgaruvchanlikka ega ekanligini aniqladi. Shunga o‘xshash Hindistonda ko‘p qushlar gavdasini katta-kichikligini ham klinal o‘zgaruvchanlikka ega. Ximolay tog‘ida tirik, Seylon ap Malaziya yarim orolida mayda bo‘ladi.
Gavdaning katta kichikligiga rangi yoki boshqa har qanday morfologik va fiziologik belgilari klinal o‘zgaruvchanlik asosida farq qiladi. Bu o‘zgarish boshqa belgilarga bog‘liq emas. M: Avstraliyada tarqalgan barcha qushlarning gavdasi Tasmaniyadan Torresov bug‘ozigacha borgan sari kichrayib boradi va u aniq klinal o‘zgarish hosil qilib, Bergman qoidasiga bo‘ysunadi. Demak, klinal o‘zgaruvchanlik populyatsiyaga emas, balki ayrim belgilarga ta’luqlidir. Ammo hamma populyatsiyalar ham klinal o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lmaydi.
E.Mayr fikricha, tashqi to‘siqlar mavjud bo‘lganligi uchun gen bo‘yicha oson almashina olmaydigan shu turga mansub populyatsiya yoki populyatsiyalar guruhi geografik izolyatlar deyiladi. Geografik izolyatlarning asosiy farqli belgisi ular shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan alohidalanganligidir. Alohidalanish darajasi tashqi to‘siqlarning samaradorligiga bog‘liq. Shunga qaramay, alohidalanishi hech bir vaqtda populyatsiyalarni to‘liq ajratib turmaydi. Hatto okeandagi alohidalangan turlar orasida ham ma’lum darajada genlar oqimi amalga oshadi. Har bir turda nechta alohidalangan guruhlar arealining chekka qismlarida tarqalgan bo‘ladi. Izolyatlarning tezligi tur egallangan muhitning tuzilishiga va turning tarqalish xususiyatiga bog‘liq. Tur tarqalgan arealning qayerida to‘siq bo‘lsa, geografik izolyatlar vujudga keladi. Lekin bu arealning chekka qisimlarida ko‘proq uchiraydi.
Geografik jihatdan alohida bo‘lgan formalar keyinchalik mustaqil turga aylanishi, tamomila qirilib ketishi yoki asosiy tur bilan munosabatini qayta tiklashi mumkin.
Geografik alohidalanishga uchragan birorta organizmlar guruhi alohidalanish mexanizmlari takomillashmasdan turib qandaydir yo‘l bilan dastlabki tur bilan qayta munosabatda bo‘lsa, u xolda maskur bog‘lanish oblastida duragaylash zonasi (Gibrid zorasi ) vujudga keladi. Odatda, bir turga munosib ikki populyatsiya bir biridan alohidalanishini buzgan taqdirda, bu ikki populyatsiya orasida bog‘lanish tiklanadi hamda bog‘lanish maydoni duragay zonasida tashkil topgan. Bu gibrid zonasining birinchi turi hisoblanadi. Ba’zan ikkita turga kiradigan individlar ham ma’lum sharoitda chatishib nasl berishi mumkin. Bu duragay zonasining ikkichi turidir.
Demak, 2 ta populyatsiyaga yoki 2 ta turga mansub individlar chatishadigan joy duragay zonasi yoki chatishish zonasi deb ataladi. Bu 2 ta populyatsiya yoki 2 ta tur individlari arealining chegaralari hisoblanadi.

Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish