Filetik evolyutsiya Filetik evolyutsiya-bu bitta filogenetik stvoldan hosil bo‘lgan taksonlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Filogenetika-katta taksonlar evolyutsiyasini o‘rganadigan fandir.
Filetik evolyutsiyasiz hech qanday evolyutsion protsess sodir bo‘lmaydi.
Shuning uchun filetik evolyutsiya evolyutsion protsessning asosiy elementar formalaridan biri hisoblanadi. Bitta stvoldan rivojlangan otlar evolyutsiyasi bunga misol bo‘la oladi. Evolyutsiya jarayonida tur qandaydir o‘zgarishlarga uchraydi.
Bir filogenetik tarmoqda-stvolda o‘zgarishlar ro‘y berib, boshqa turlar hosil bo‘lishi filetik evolyutsiya deb ataladi. Filetik evolyutsiyada bitta ajdoddan bir nechta tur hosil bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, turlar soni o‘zgarmay qoladi. Evolyutsiyaning bu formasi o‘simliklar va hayvonlarning turli tarmog‘iga taalluqlidir. Turning asta-sekin o‘zgarishi organizmlarning tashqi qiyofasiga yoki ichki tuzilishiga kam ta’sir ko‘rsatishi mumkin. keyingi holat qiyofadosh turlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Filetik evolyutsiyaga otlar evolyutsiyasi misoldir. Eogippus-miogippus-paragippus-yakius yo‘nalishda evolyutsiya qilgan. Bitta taksonomik guruhga tegishli o‘zgarishlarning bir filogenetik ustunda namoyon bo‘lishi filetik evolyutsiyaning mazmunini tashkil etadi. Divergensiya va filetik evolyutsiya-filogenetik shajara barcha o‘zgarishlarining negizi hisoblanadi.
Konvergensiya haqida tushuncha O‘zaro qarindosh bo‘lmagan ikki yoki undan ortiq organizmlarda har xil o‘zgarish sodir bo‘lib o‘xshash belgilar paydo bo‘lishi konvergensiya deb ataladi. Konvergensiya lotincha konvergere-yaqinlashish, o‘xshash degan ma’noni bildiradi.
Tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqishi uzoq bo‘lgan ikki va undan ortiq organizmlarda anatomomorrfologik, fiziologik, ekologik va boshqa biologik jihatdan o‘xshash belgilarning paydo bo‘lishi konvergensiya hisoblanadi. Bu belgilar o‘xshash sharoitlarda moslanish tufayli paydo bo‘ladi. Masalan, sut emizuvchilardan ko‘pchiqlilar va yo‘ldoshlilar kenja sinflarida bir xil organizmlar turi-ayiq, krot, bo‘rilarning tarixiy rivojlanishi bunga misol bo‘ladi. Evolyutsiya jarayonida Tasmaniyada kopchikli bo‘ri, Palearktikada oddiy bo‘ri rivljlangan. Suvda yashashi tufayli akula, ixtiozavr, delfinlarning tana tuzilishi va harakat organlari o‘xshash bo‘lishiga olib kelgan, ammo ular har xil turlardir.
Sakrovchi hayvonlar gavda tuzilishidagi o‘xshashlik ham konvergent o‘zgarishga misoldir. Konvergent o‘xshashlik muhit bilan bevosita bog‘liq tashqi tuzilishi va ba’zi ichki organlar tuzilishini qamrab olgan.
Konvergensiya divergensiyaning xususiy hodisalaridan biri hisoblanadi.