Evolyutsiya nazariyasi


Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar



Download 10,57 Mb.
bet76/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar


Yashash uchun kurashning mazmuni
Yashash uchun kurashning turlari
Yashash uchun kurashning evolyutsion ahamiyati
Eliminatsiyaning mazmuni
Eliminatsiyaning turlari
Eliminatsiyaning evolyutsion ahamiyati
Tabiiy tanlanishning mazmuni
Tabiiy tanlanish evolyutsini harakatlantiruvchi kuch sifatida
Tabiiy tanlanishning samaradorligi va tezligi
Tabiiy tanlanishning turlari va ularning mazmuni
Tabiiy tanlanishning ijodiy ahamiyati
Jinsiy tanlash turlari va ularning ahamiyati
Moslanish tabiiy tanlanish ekanligi


10-Mavzu: TUR EVOLYUTSION JARAYONNING ASOSIY BOSQICHI
Tayanch so‘zlar: Turning umumiy tafsifi vatur mezonlari, agam va klonal formalarda tur tushunchasining o‘ziga xosligi, Turning tarkibi yoki strukturasi, Geografik va klinal o‘zgaruvchanlik, Tur va turning paydo bo‘lishi, Tur hosil bo‘lishining asosiy yo‘nalishlari, Allopatrik va simpatrik usullarda yangi tur hosil bo‘lishi, Yangi turlar hosil bo‘lishida poliploidiya va duragaylashning ahamiyati.


Turning umumiy tafsifi va tur mezonlari
Hayvon va o‘simliklarning sistematik kategoriyalariga joylashtirishda tur asosiy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun tur tushunchasini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Tur tushunchasini ta’rifi. Tabiatda o‘simlik va hayvon turlari nihoyatda ko‘p bo‘lishiga qaramay, hozirda ularning juda oz turi har tomonlama o‘rganilgan. Shu sababli har bir turning o‘ziga xos tomonlarini qamrab olgan tur ta’rifi hozirgacha yaratilmagan. Ammo shuni ta’kidlash kerakki , biologiya fani tarixida turga juda ko‘p ta’riflar berilgan. Biroq ko‘pchilik hollarda bu ta’riflar turning ayrim belgilariga, mezonlariga asoslangan, xolos.
Turni 2 xil ta’rifi bor. Tipologik va sof nazariy evolyutsion ta’riflari bor. Turning tipologik konsepsiyasida asosiy maqsad bir turni boshqa turdan ajratish hisoblanadi.
Evolyutsion nuqtai nazaridan turga ta’rif berishda, tur hayotining mavjud asosiy formasi ekanligi va unda ma’lum darajada evolyutsiya jarayoni ro‘y berishi diqqat markazida turadi. Turga berilgan har ikki xil ta’rifda o‘zaro qarama-qarshilik shundan iboratki, turni bilish uchun qo‘llaniladigan tipologik konsepsiyada uning turg‘un belgi-xossalari, ya’ni doimiyligi e’tiborga olinadi. Evolyutsion konsepsiyada esa uning dinamik harakteristikasi asos qilib olinadi.
Sistematiklar tomonidan turga berilgan ta’riflar ichida umumiy va ayrim organizmlar guruhi (masalan: mikroorganizmlar, suv o‘tlar, zamburug‘lar, hasharotlar va hokozo)ga xos xususiy ta’riflar bor. Lekin bu ta’riflarning hammasida har bir turni bir yoki ko‘p belgilariga qarab farq qilishga asoslanilgan. Mayrning fikricha, “Bironta sistematik materialdan barcha sistematik hamkasblar uchun maqbul bo‘lgan umulashgan xulosaga kela olmaydi”.
Hozirgi vaqtda tur ichidagi birliklar populyatsiyalar hamda ularning guruhlarini murakkab integratsiyasidan iborat sistema sifatida e’tirof etiladi. Turni bunday keng politipik ma’noda ta’riflash uchun yagona tipik nusxa yetarli, deb hisoblagan tipologik konsepsiyadan farq qiladi. Politipik turlar xaqidagi tasavvurlar vujudga kelishi tufayli turni morfologik farqiga qarab emas, balki populyatsiyalar orasidagi jinsiy bog‘lanishlarga qarab ta’rif berila boshlandi. Bu ta’rifda “biologik tur” barcha xossalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
1. Biologik tur jinsiy ko‘rayadigan formalarda mavjud.
2. Tur o‘zaro qarindosh bo‘lgan bitta yoki bir nechta populyatsiyadan tashkil topgan.
3. Populyatsiyadagi organizmlar o‘rtasidagi munosabat ko‘payish jihatidan bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.
4. Bir turga mansub populyatsiyalarning boshqa tur populyatsiyalaridan jinsiy jihatdan alohidalanishi biologik turning asosiy mezonidir.
Biologik turning bu ta’rifida quyidagi kamchiliklari bor.
1. Jinssiz yo‘l bilan ko‘payuvchi organizmlarda turlar mavjudligi yuqoridagi ta’riflarda inobatga olinmagan.
2. O‘z populyatsiyasidagi boshqa organizmlar bilan chatishmaydigan mutant formalar tur darajasiga ko‘tarilishi hisobga olinmagan.
3. Populyatsiyadagi organizmlar o‘rtasidagi munosabat ko‘payish jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.
4. Bir turga mansub populyatsiyalarning boshqa tur populyatsiyalaridan jinsiy jihatdan alohidalanishi biologik turning asosiy mezonidir.
Biologik turning bu ta’rifida quyidagi kamchiliklari bor.
♦ Jinssiz yo‘l bilan ko‘payuvchi organizmlarda turlar mavjudligi yuqoridagi ta’riflarda inobatga olinmagan.
♦ O‘z populyatsiyasidagi boshqa organizmlar bilan chatishtirmaydigan mutant formalar tur darajasiga ko‘tarilishi hisobga olinmagan.
♦ Evolyutsiya jarayonida o‘ziga morfofiziologik belgilarga ega bo‘lgan ancha ilgari mustaqillashib logan geografik va ekologik irqlar tur deb tan olinmaydi.
Evolyutsion konsepsiyada turga nazariy ta’rif beriladi. Bu ta’rifda tur asosan evolyutsiyaga uchrovchi birlik sifatida olinadi. Masalan, Simpson fikricha, tur deyilganda, bir ota-ona organizmlaridan mustaqil ravishda tarixiy rivojlangan va o‘z evolyutsion qatori tushiniladi. Bu nazariy ta’rif bo‘lib, uni amalda qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki unda bir turning ikkinchisidan morfologik, fiziologik, ekologik jihatdan farq qilishi o‘z ifodasini topmagan.
Turni ta’riflashda mavjud ikkita ya’ni, amaliy va nazariy yo‘nalishlarni bir-biriga o‘zaro qo‘shish masalasi hanuzgacha hal etilmayotir. Avvalo, turga umumiy ta’rif berishda, uning turg‘unlgi va evolyatsion taraqqiyoti yagona birlikning qarama-qarshi xossalari sifatida e’tiborga olinishi, shu bilan bir qatorda evolyutsiya jarayonining asosiy bosqichi ekanligi hamda organik olamda evolyutsiya jarayoni shularga asoslanib tur to‘g‘risida mulohaza yuritilganda uning quyidagi xossalariga alohida e’tibor berilishi kerak.
Har bir tur evolyutsiyaning sifat jihatidan farq qiluvchi bosqichi bo‘lib, o‘z mustaqilligi bilan xarakterlanadi. Tur umumiy tarqalish arealiga ega bo‘lgan, o‘xshash morfologik-fiziologik belgilarga ega hamda o‘zaro chatisha oladigan, chatishganda nasl beradigan individlar yig‘indisidan iborat. Tabiatda turlar ko‘payishi jihatidan bir-biridan tamomila chegaralangan, shu sababli 2 tur individlari o‘zaro chatishmaydi. Turga berilgan bu ta’rifda yana ayrim qo‘shimchalar kiritish lozim. Har qanday tur o‘zining genotipik sistemasiga “genotipik birligi”ga ega.
2. Har bir tur boshqa turlardan alohida mavjud bo‘lmay, balki ma’lum biogetsenoz tarkibiga kiradi hamda o‘ziga xos genotipik sistemaga ega. Ko‘p turlar politipik tur hisoblanadi va belgilari bilan farq qiluvchi har xil organizmlar guruhlari (populyatsiyalari) ba’zan kenja tur darajasiga ko‘tarilgan formalardan tashkil topadi.
Xulosa qilib aytganda, turlar morfologik, fiziologik, ekologik, genetik belgi xossalari, geografik tarqalishi bilan bir-biridan farq qiladi. Umuman turga berilgan bu ta’rifni jinsiy yo‘l bilan ko‘payuvchi, chetdan changlanuvchi organizmlar turiga nisbatan to‘liq qo‘llash mumkin. Partenogenez yo‘li bilan ko‘payuvchi yoki o‘z-o‘zidan changlanuvchi organizmlarga nisbatan esa to‘liq qo‘llash juda qiyin. Bunday organizmlarda ma’lum teritoriyada tarqalgan umumiy evolyutsion qismat bilan bog‘liq bo‘lgan yaqin biotiplar sistemasi jinsiy ko‘payuvchi, chetdan changlanuvi organizmlardagi tur tushunchasiga teng keladi.
Qadimgi o‘simlik, hayvon turlari ko‘pincha asl holatini tiklash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda asosiy ularning morfologik belgilariga e’tibor beriladi. Tur belgilari topilgan oraliq formalar ko‘zga ko‘rinadigan morfologik o‘zgarishlarga ega bo‘lganligini namoyon qiladi. Paleotologik nuqtai nazarida, ma’lum turga kiruvchi organizmlar ma’lum maydonda tarixiy davr ichida ham tarqalgan bo‘ladi. Keyingi holat tur mezonini yaqin qarindoshlik ma’nosidan mahrum etadi. Bular tur ta’rifini paleotologiyada qo‘llashda katta qiynchiliklar borligidan dalolat beradi.
Evolyutsiya nazariyasi uchun organik olamning tarixiy rivojlanishini ta’minlovchi boshlang‘ich evolyutsiya omillari hayotning qaysi darajasiga ta’sir etishi tufayli ro‘y berishi xaqidagi fikrlar ham muhim ahamiyatga ega. Ammo “tuzilish-uyushish darajasi” ko‘pincha biologiyada har xil talqin qilinadi. Masalan, molekulyar biologiyaning rivojlanishi bilan ba’zi biologlar turning sifat jihatidan o‘ziga xos uyushish darajasiga molekulyar darajadir, tiriklikning boshqa uyushish darajalari esa molekulyar darajaning oshirilmagan ifodasi deb talqin qiladilar (K.Engelgart). hayvon tuzilishining boshqa darajalarini ham absalyutlashtirishga urunishlar mavjud. Tiriklikning tuzilish darajasini klassifikatsilashda ham olimlar o‘rtasida ixtiloflar bor. Ammo barcha olimlar “populyatsiya tur” darajasida organizmlar uzoq vaqt o‘z-o‘zini ko‘paytira olish va evolyutsion yangilanish ro‘y berishini e’tirof etadilar.
K.M.Zavadskiyning turgan bergan ta’rifida bu masala asosiy o‘rinda turadi. Uning fikricha, tur hayotning mavjud asosiy formalaridan biri bo‘lib, yuqori tuzilish-uyushish darajasidan tashkil topgan. U tabiiy tanlanishning ta’sir maydoni hisoblanadi. Tur uzoq vaqt o‘z-o‘zidan ko‘paya olish, yashash va mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega.
Tur evolyutsion jarayonning sifat bosqichi bo‘lib, ichki tomondan qarama-qarshi sifatga ega. Evolyutsiya natijasida u nisbatan, turg‘un ma’lum sharoitga moslashgan, genetik jihatdan boshqa turlardan mustaqil namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga tur evolyutsiyaning aktiv tashuvchi va evolyutsiya jarayonining bosqichi sifatida dinamik xarakterga, noaniq chegaraga ega va o‘zgaruvchan bo‘ladi. K.M.Zavadskiy tomonidan berilgan bu ta’rif tur naqadar keng hajmli, o‘z mohiyati jihatidan murakkab ekanligini ko‘rsatadi.
Yuqorida aytilganlarni umumiy hulosalab ayni paytda turga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
“Morfologik, fiziologik, genetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan, ma’lum tarqalish arealiga ega bo‘lgan, erkin chatishadigan, chatishgandan nasl beradigan individlar yig‘indisi tur deb” ataladi. Bu ta’rif ko‘pchilikni qanoatlantirsada, ammo kamchiliklari bor. Shuning uchun ham bu sohadagi ilmiy izlanishlar davom etmoqda.
Tur tushunchasining rivojlanish tarixi. K.M.Zavadskiy uqtirishiga tur xaqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi 6 bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich. Inson hayvon va o‘simliklardan foydalanib boshlagan davrdan boshlanib, XVII-asrning oxirigacha davom etadi. Ibtidoiy jamoa tuzimi davridan boshlab inson turli-tuman hayvon va o‘simliklardan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa maqsadlarda foydalana boshlagan. Ana shu foydalanish davrida odamlar hayvon va o‘simliklarni bir-biridan farqlash uchun ularni turli nomlar bilan atay boshlagan. Masalan, ola qarg‘a, qora qarg‘a, kungaboqar va boshqalar. U davrlarda tur tushunchasi haqida fikr ham bo‘lmagan. Yuqoridagi nomlar hayvon va o‘simliklarning bir-biriga o‘xshaydigan guruhlarini nomlash uchun qo‘llangan.
Eramizdan oldingi IV asrda (384-322) yashab ijod qilgan yunonistonlik tabiatshunos Aristotel “Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlar tanasining qismlari haqida”, “Hayvonlarning paydo bo‘lishi haqida” nomli asarlarida o‘zigacha ma’lum bo‘lgan 454 tur hayvon haqida fikr yuritadi. Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast (eramizdan oldingi 372-287 yillar) o‘simliklarni 400 ga yaqin turini o‘rganadi. Ammo bu tabiatshunoslar tur tushunchasini asoslab bermaganlar. Aristotelning dualistik fikrlari, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy holat 2000 yillar davomida tabiatshunoslik bilan shug‘ullanish imkoniyatini bermadi. Shuning uchun ham XVII asr oxirigacha tur tushunchasi noaniq ma’noda qo‘llanib kelingan.
Ikkinchi bosqich. Jon Rey ishlaridan boshlanib K.Linney tadqiqotlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. A.Sezalpin dastlab o‘simliklar sistemasini tuzgan bo‘lsa ham, turga birinchi marta angliyalik tabiatshunoslik Jon Rey 1693 yilda ta’rif bergan. U “O‘simliklar gistologiyasi” nomli asarida tashqi belgilariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash bo‘lgan, o‘z o‘xshashligini naslda saqlovchi individlar tur deb atagan. Shu asarida avlod tushunchasini ham ishlatgan; ammo uni asoslab bermagan.
Uchinchi bosqich. Bu bosqich K.Linney nomi bilan bog‘liq. U xilma xil o‘simlik va hayvonlarni tekshirib, tur organik olamning barcha vakillari uchun harakterli ekanligini e’tirof etdi.
U “Tabiat sistemasi” (1735 yil), “Botanika asoslari” (1736), “Botanika falsafasi” (1751 yil), “O‘simlik turlari” (1753) kabi asarlarida barcha o‘simliklar va hayvonlar avlodlari turlardan iborat bo‘lib, tabiat xodisasi ekanligini, insonning ongi natijasi emasligini ta’kidladi. Tur Linney fikricha, o‘zaro qarindosh, tuzilishi jihatdan o‘xshash, urchiganda uzluksiz o‘ziga o‘xshash nasl beruvchi organzmlar guruhidan iborat. Turlar tabiatda real va turg‘undir. Turni nisbatan turg‘unligiga asoslanib Linney turlar mutloq o‘zgarmas, degan xulosaga keldi.
Linney tadqiqotlarida turning alohidaligi, chegaralanganligi tan olinadi. Bu alohidalanish turning morfologik va fiziologik mezonlarini ishlab chiqish uchun zamin vazifasini bajaradi. K.Linney turlarni halqaro nom bilan atashni, ya’ni biarnomenkulaturani joriy etdi. U o‘zigacha ma’lum bo‘lgan 4208 tur hayvonni, 20000 ga yaqin tur o‘simliklarni sistemaga solib chiqdi.
Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida shu narsa aniq bo‘ldiki, tur tushunchasinpi qo‘llash, qush nomi bilan atash Jon Rey va K.Linneygacha XV-XVI asrlarda yashagan O‘rta Osiyolik yozuvchi, shoir, davlat va jamiyat arbobi, tabiat xodisalariga o‘ta qiziquvchi kishilar G‘iyosiddin Xondamir va Zohiriddin Muhammad Boburlar tomondan amalga oshirilgan ekan. G‘iyosiddin Xondamir “Xabib ussiyar” (1515-17 yillar) nomli asarining “Suv hayvonlari, vaxshiy hayvonlar va qushlarning ayrim g‘aroyib sifatlari va ishlari zikrida” bobida hayvonot olamining 35 turini ta’rifi bergan. Unda har bir turning morfologik jihatdan ta’rifi va boshqa turlardan fikrlanuvchi asosiy belgilari batafsil bayon etilgan. Shuning bilan birga ba’zi hayvonlarni ikkita nom bilan atagan. Masalan, Sakokush, olaqarg‘a, qora qarg‘a va boshqalar.
Xondamir hayvonlarni turli-tuman hulq-atvorlari, xislatlarini o‘rgangan. Masalan, cho‘chqa haqida shunday yozadi: g‘aroyib xollardan biri shuki, agar cho‘chqani quyon bilan bir ipda bog‘lasalar va quyon najas chiqorsa cho‘chqa o‘ladi. Demak, quyonning axlati orqali har xil kasallik qo‘zg‘atuvchi organizmlar cho‘chqa organizmiga o‘tadi. Yoki sichqon haqida aytishlaricha, uning dumini kesib, uyga ko‘msalar, o‘sha uyga hech ham sichqon kelmas.
Amir Nizomiddin Alisherdan eshitgan edimki, u kishi hikoya qiladi: Rabit qurilishida deraza joyini kovlayotganda quruvchilar sichqon uyasiga duch keldilar. Bu uyada don mahsulotlarining qariyib barcha turi-bug‘doy, arpa, guruch, mosh, tariq va adis (suk) go‘yo allofni do‘konidagidek bir kaf-bir kaf alohida-alohida sichqon uyasining oldida to‘plab qo‘yilgan edi. Uyada ona sichqon o‘zining 3-4 bolasi bilan yotar, atrofidagi odamlardan hech hayiqmas edi. Sichqon bolalaridan birini olib nariroqqa qo‘yganda ona sichqon yugurib borib uni ko‘tarib olib kelar va yana bolalarini yonida yotar edi. Ushbu holatni ko‘rib men sichqon uyasining atrofini g‘isht bilan o‘rashni va ustini yopishni buyurdim. Sichqonlarga havf tug‘dirmaydigan darajada qilib bajardilar. Kelasi kuni sichqonlardan habar olganlarida ma’lum bo‘ldiki, sichqon kechasi bilan kovak kovlab, bolalari va borcha donning bir zarrasini ham qoldirmasdan boshqa joyga ko‘chirib ketgan ekan. Hayvonlarning ajoyib xislatlariga oid bunday satrlarni (ekologiya faniga asos solingan deb aytish mumkin) ko‘plab keltirish mumkin. Ammo o‘sha davrda (XI-XVI-asrlar) hayvonot olamining bunday chuqur bilish, morfologik xususiyatlariga e’tibor berish ilm ahlining odat tusiga aylanganligini alohida ta’kidlash lozim. Shuning bilan birgalikda Xondamir “tur” so‘zini ishlatganligini, ammo turga ta’rif bermaganligini ham alohida ta’kidlash lozim.
Z.M.Bobur (1463-1530) o‘zining shoh asari “Boburnoma”da (1493-1529 yillar) 100 ga yaqin tur hayvon va tahminan shuncha o‘simlik turiga biologik xarakteristika bergan. Bobur o‘simlik va hayvonlarni o‘rganish oson bo‘lsin deb avval ularni guruhlarga bo‘ldi. Jumladan hayvonlarni 4 guruhga bo‘lgan; quruqlik hayvonlari, parrandalar, suv va suv atrofida yashaydigan qushlar, suv hayvonlari. Shundan keyin u turlarga ta’rif berdi. Bobur hayvon va o‘simliklarni nomlashda qo‘shaloq nomlagan. Bobur dahasiga ta’zim qilib, qo‘yidagi satrlarni keltirish mumkin: “Gurband tog‘ining etagida ikki parcha jambar dasht voqea bulubtur. Birin Kurrai-Tozion derlar, yana birin Dashti shayx ....... rango-rang xar nav lolabulur. Bir katta sannettim, andin andik qizil gul izi kelur, lolai gulbuy der edik ....... Yana ushbu romanda Parvandin quyuroq sadbarg lola bulur” (“Boburnoma” T., yulduzcha 1990). Bu yerda lola-avlod (sistematik birlik) ni bildirsa, “gulbo‘y lola” va “sadbarg lola” turni, ya’ni qo‘sh nom bilan atalgan (avlod va tur nomi) turni anglatadi. Bundan tashqari Bobur o‘simlik va hayvonlarning tarqalishini ham o‘rgangan. Jumladan u shunday yozadi: “...Agarchi xurmo Hindiston moxsusi emas. Chun ul viloyatlarda yo‘q edi, maskur bo‘ldi. Xurmo daraxti Lamgonda ham bordur ...” (“Boburnoma” T., yulduzcha, 1990). (bu yerda endemik tushunchasiga ishora qilinayapti).
Shunday qilib, Boburning o‘simlik va hayvonlarni sistemaga solish borasidaga dastlabki urinishlari, Xondaminr ishlari (Xodamir Boburdan 8-10 yil oldin tabiat haqidagi fikrlarini aytgan) K.Linney va boshqa g‘arb tabiatshunoslari va sistematiklaridan 200-250 yil oldin aytilgan bo‘lib, bu ham chuqur o‘rganishga molik masala hisoblanadi. Chunki bu narsani sistematika fani va uning tarixi uchun ahamiyati kattadir. Ikkinchi tomondan, Sharq mutafakkirlarining asarlari arablar istilosi tufayli Yevropaga tarqalganligi manbalardan ma’lumdir. Jumladan irlandiyalik olim U.M.Uott “Islomning o‘rta asr Ovro‘pasiga ta’siri” asarida “ovro‘paliklar musulmon mamlakatlaridan”, ...ayniqsa, falsafa va tabbiyot sohasida o‘zlarning qanchalik qarzdor ekanligini xis etganlaricha yo‘q. Ko‘pincha musulmonlar madaniyatining ijobiy ta’siri va ko‘lamini pasaytirish, hatto tamomila esga olmaslikka urinamiz. Bizning musulmonlar bilan yaxshi munosabatimiz ularning oldida qanchalik qarzdor ekanligimizni tan olishga majbur qiladi. Buni yashirish yoki tan olmaslik soxta g‘ururdan boshqa hech narsa emas deydi.
Professor F.Sulaymonova fikricha, “1085 yildan boshlab ko‘plab arab olimlarining ishlari XVIII asr boshlarigacha ovro‘paliklar tiliga, jumladan ispanlar tiliga tarjima qilinib keyin butun ovro‘paga tarqalgan”. Xondamir va Bobur ishlari K.Linneydan 200-250 yil oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa, demak ular ovro‘paliklar tiliga tarjima qilinib, K.Linney qo‘liga tushib qolgan bo‘lishi mumkin. Xondamir va Bobur turga va qo‘sh nomga alohida ta’rif bermagan. Lekin ularni o‘z ishlarida qo‘llaganlar. K.Linney esa ularni ishini o‘qib shunday xulosaga kelgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Xondamir yozadi “Aristotilis quyidagicha xikoya qiladi: kunlardan birida yuzi odamnikiga o‘xshash, tanasi qizil rang va dumi chayonning dumiga o‘xshash ediki, ko‘rdim. Yana bir xilini ko‘rdim: quyonga o‘xshar, qora shoxlari bo‘lib, bir qarichdan oshmas edi (arslon haqida)”. F.Sulaymonova fikricha arablar asarlari bilan birgalikda yunoncha asarlar ham arablar tilidan ovro‘paliklar tiliga (lotin) XI-XVIII asrlarda tarjima qilingan. Demak, Aristotel, asarlari bilan uning tarjimalari orqali Xondamir, Bobur va boshqa O‘rta Osiyolik mutafakkirlar ovro‘paliklardan ancha oldin tanish bo‘lganlar. Aristotel asarlari arablar tilidan ovro‘paliklar tiliga tarjima qilingan bo‘lishi mumkin.
F.Sulaymonova fikricha, “oila, uy, hovli-joy, yemak mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, meva, gul, o‘simlik, hayvonot, rang nomlarini ispanlar arablardan olgan va hozirgacha arab atamalari bilan ularning ko‘plari yuritiladi. Bular keyinchalik ispanlar orqali fransuz va italyan tillariga va boshqa ovro‘pa tillariga tarjima qilangan”. Agar “ovro‘paliklar uzoq vaqtlargacha (arab iste’losigacha) oddiygina ozodagarchilik qoidalarini, yuvinish, tez-tez qo‘l yuvish, kiyim almashtirishni, hatto qishin-yozin bir xil kiyinganligini bularni hammasi ularga sharqdan o‘tganligini” xisobga olsak ular hayvon va o‘simliklarni nomlash va ularning tuzilishini o‘rganishni ham sharq halqlaridan o‘rgangan, desak asosli bo‘ladi.
“Isaviya dini shakllanayotgan davr, ya’ni melodiy asrlar boshlanishida Rimda zardushtiylar dini, ayniqsa, mitra (mehr)ga e’tibor keng tarqalgan edi. Bu dinning yaxudiylik, buddizm va isaviya, keyinchalik esa islomga ta’siri kuchli bo‘lgan. Ayniqsa narigi dunyo haqidagi tushuncha boshqa halqlarga zardushtiylikdan o‘tgan. Cherkovlarda qo‘ng‘iroq chalish ham ajdodlarimiz dinidagi nokis qo‘ng‘iroqdan o‘tgan”. Bundan kelib chiqadiki, K.Linney va boshqa ovro‘pa olimlari turni o‘zgarmas deb atashi, turlar xudo tomonidan qancha yaratilgan bo‘lsa shuncha bo‘ladi, deyilishi ham yuqoridagi manbalarga asoslanadi.
Shunday qilib, “Sharqning Ovro‘paga ta’siri XVII asrning oxiri XVIII asrning boshlarigacha davom etdi, uning natijasi Fransiyada rivojlanib keng tus olgan ma’rifatchilik harakati, buyuk adib va faylasuflar Monteskye, Volter, Didro, Russo, Bomarshe, Lametri, Golbox, Gelvetsiy kabilarni dunyoga berdi” ..”Bu tarjimalar taqlididan asarlar yaratilganligi fanda e’tirof etilgan..” (F.Sulaymonova).
Umumiy xulosa shundan iboratki, X-XVI asrlardagi Sharq mutafakkirlarining asarlari XVII asrdan boshlab ijod qilgan Yevropalik va butun dunyo tabiatshunos olimlarning ilmiy ishlari, jumladan tur to‘g‘risidagi fikrlari uchun zamin bo‘lgan, deb aytishga to‘la asos bor.
J.B.Lamark botanika sohasida ishlagan davrida turlar real, o‘zgarmas ekanligiga shubha qilmadi. Keyinchalik u zoologiya sohasida ishlaganda organik olamda evolyutsiya sodir bo‘lishini va maskur g‘oyani turning realligi g‘oyasiga qarama-qarshi qo‘yib tabiatda turlar o‘zgarmas deb o‘yladim, endilikda esa bu noto‘g‘ri ekanligiga, tabiatda individlar borligiga ishondim, deb yozgan edi. Darvindan oldin ko‘plab biologlar turning turg‘unligini e’tirof etdilar, lekin ular turlar o‘zgarishi va bu jarayon qanday kechishini xal eta olmadilar. Tur real va o‘zgarmas, degan g‘oya XIX asrning 60-yillargacha hukmron edi. Chunki Darvinggacha biologlar tur ichidagi formalarning tabaqalanishiga oid aniq dalilga ega emas edilar. Dastlabki evolyutsionistlar (J.Byuffon) turlar o‘zgarishini tan olib, ularning realligini insonlar tomondan o‘ylab topilgan bo‘lib, har qanday sistema shartlidir. Demak, Darvingacha tur tabiatda mavjud, lekin tur iborasi mavhum, shartli tushuncha, degan fikr shakllandi.
Sistematikada qo‘llaniladigan tur nazariyasi bilan turning amaliy namunasini bir-biridan farq qilish lozim. Tur nazariyasi deyilganda, turning mohiyati, har xil ko‘rinishi haqidagi fikrlar; turning amaliy namunasi deyilganda esa tur birligi, ya’ni tur chegarasini aniqlash maqsadida sistematiklar amalda qo‘llaydigan qisqacha ko‘rsatma tavsifi (mezoni) tushiniladi. Davringacha bu ikki tushuncha teng ma’noda tushunilgan. XVIII asrning o‘rtalaridan XIX asrning oxrigacha sistematiklar turni aniqlashda asosan morfologik va qisman fiziologik mezondan foydalandilar. Morfologik mezonni qo‘llanish tufayli turni aniqlashda (asoslashda) 2 yo‘nalish paydo bo‘ldi. Morfologik monotipik tur mezoni keyinchalik boshlang‘ich qismlarga ajralmaydigan (M: kenja turlarga), tuzilishi o‘xshash organizmlardan iborat, degan g‘oyaga asoslanadi. Tur morfologik jihatdan farq qiluvchi individlardan tashkil topgan, degan g‘oya politipik turning mezonini asosini tashkil etadi. XIH asrning o‘rtalariga kelib, politipik tur tushunchasi biologlar o‘rtasida keng tarqaldi.
To‘rtinchi bosqich. Bu bosqich 1860-1890 yillarni o‘z ichiga oladi va Darvin tadqiqotlari bilan bog‘liq. Darvin o‘sha davrda olimlar o‘rtasidagi turlar tabiatda real yoki real emasligi to‘g‘risidagi bahsga to‘xtalib, o‘simlik va hayvon turlari bir xil rivojlanmasligi, ba’zi turlar to‘liq shakllangan bo‘lib, ularning chegarasi aniq, ba’zilari esa yosh turlar bo‘lib, ularning belgi xossalari xam to‘liq shakllanmaganligini qayd etadi. Shunga ko‘ra keyingilarini tur xil yoki kenja tur deb atash kerak, deydi. U holatda tur turga nisbatan real bo‘lmasligi mumkin, chunki birinchi holatda ular orasida hech qanday bog‘lovchi oraliq formalar yo‘q, ikkinchi holatda esa oraliq formalarni ko‘plab uchratish mumkin, deydi, ammo darvinning asosiy maqsadi hamisha o‘ziga teng bo‘lgan va tabiatda o‘zgarmas tur yo‘q ekanligini isbotlashdan iborat edi. Bu muammoni isbotlab, turlarni o‘zgarishida nasldan-naslga o‘tadigan individual o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish asosiy omil ekanligini ta’kidladi. Darvin talimotiga ko‘ra, tur tarixiy xodisa bo‘lib, u paydo bo‘ladi, rivojlanadi, takomillashadi, keyin yashash sharoitining o‘zgarishi bilan o‘z o‘rnini boshqa turlarga bo‘shatib beradi yoki tabiatdan tamomila yo‘qolib ketadi.
Beshinchi bosqich. Bu bosqich XX asrdan boshlaridan 30-yillargacha davom etadi. Bu davrda turni tajriba yo‘li bilan o‘rganish avj oldi. Ba’zi olimlar tajriba malumotlariga asoslanib, turning realligini inkor etdilar va geografik irqlar mavjud, deydilar. Natijada tur tushunchasi geografik irq tushunchasi bilan almashtirildi. Bu fikrlarga ko‘ra, tur bitta yoki bir nechta geografik irqdan iborat bo‘lib, ular tarkibiy qismlarga ajralmaydi.
Bu qarama-qarshilik genetika soxasidagi tadqiqotlar turli irsiy jixatdan ajralib turadigan ko‘plab mayda formalardan iborat bo‘lgan ,murakkab tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shunga asoslanib, ba’zi olimlar tajribada xilma-xil formalari bunday turlarini jineonlar?, naslidan turli tuman formalarni hosil qilmaydigan turlarni xaqiqiy turlar neordanolar? deb atashni tavsiya etadi. Bu fiyerlarning kelib chiqishning asosiy sababi turlar o‘zgarmas bo‘lsa, u real bo‘ladi, degan tushuncha ekanligidir. Bu bosqichda turning realligini inkor etish, shu bilan birga tajriba ma’lumotlariga asoslanib, tur tabiatda tarixan rivojlangan, real deb, uning bir butunligi, murakkab tuzilganligi e’tirof etilgan. Mavsumiy alohidalanish, mutatsion o‘zgaruvchanlik, duragaylash natijasida yangi turlar paydo bo‘lishi isbotlandi.
Turlar o‘rtasidagi farq morfologik belgilar bo‘lmay, balki fiziologik, bioximyaviy ekologik-geografik jixatdan ham ko‘zga tashlanadi.
Oltinchi bosqich. Bu bosqich 1925 - 30-yillardan hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Uning eng xarakterli tomoni shundaki o‘simliklar, mikroorganizmlar va hayvonlar turlarini o‘rganish tur muammosiga ko‘p tomonlama, ya’ni morfologik, ekologik, geografik, genetik, fiziologik, bioximiyaviy jihatdan yondashishdan iborat.
Ayniqsa, genetika soxasida tur muammosini o‘rganish jixatdan qiziqarli ma’lumotlarni paydo qiladilar.
Bu soxada ma’lumotlar xar bir tur turli-tuman irsiy o‘zgaruvchanlikka boy ekanligini ularning ko‘pchiligi retsesiv holda bo‘lishi va turning kelgusidagi o‘zgarishi uchun safarbarlik rezervi vazifasini bajarishini ko‘rsatadi. Bu bosqichda ba’zi biologlar turninng realligini inkor etsalar, boshqalari tur tabiiy tanlanishsiz, to‘satdan paydo bo‘ladi, deydilar. Ammo tabiatda turlar har xil yo‘llar bilan rivojlanishini isbotlaydi. Turni o‘rganishni so‘ngi bosqichdan oldingilaridan sifat jihatdan farq qiluvchi, qamrovi keng tur ta’rifi e’lon qilindi. Bu esa fan taraqqiyoti bilan tur nazariyasi boyib yuqori bosqichga ko‘tarilayotganligidan dalolat beradi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish