3 javob Halqali chuvalchanglarning 12000 atrofida turlari mavjud bo’lib, asosan 3 ta taksonga Polychaeta, Oligochaeta va Hirudinomorpha (Hirudinae) taksonlariga mansub. Bu taksonlar Linney sistemasi bo’yicha sinf hisoblanadi. Polychaeta lar xilma-xilligi yuqoriroq guruh bo’lib, 8000 atrofidagi turlarni birlashtiradi va asosan, dengizlarda tarqalgan. Oligochaeta (kam tuklilar, 3500 tur) va Hirudinomorpha (zuluklar, 500 tur) guruhlari chuchuk suvlarda va quruqlikda tarqalgan, ba’zi turlari dengizlarda ham uchraydi.
Hozirgi zamon filogenetik tahlillari natijalari asosida xalqali chuvalchanglarning sistemasida bir oz o’zgartirishlar kiritilmoqda. Xalqali chuvalchanglar an’anaviy sisitemaga ko’ra 3 ta sinfga -Polychaeta, Oligochaeta va Hirudinomorpha (Hirudinae) ajratiladi. Hozirgi vaqtda Annelida taksoni ikkita teng toifadagi monofiletik opa-uka taksonga: Polychaeta va Clitellata (belbog’lilar) ga ajratiladi. Polychaeta lar parapodiylarga va hidlov organlariga ega, Clitellata vakillarida esa bu organlar yo’q, lekin germofrotidlik va sariqlikning ko’pligi bilan bog’liq yuqori ixtisoslashgan reproduktiv tuzilmalarga (belbog’ va pilla) ega. Clitellata ichidagi Hirudinomorpha taksoni monofiletik takson hisoblanadi, Oligochaeta esa, ba’zi zoologlarning (P.Aksa) fikricha, parafiletik takson deb qaralmoqda, chunki bu taksonga ham xalqali chuvalchanglarning primitiv umumiy xossalarini saqlagan formalar, ham belbog’lilarga xos belgilarni saqlagan formalar kiritilgan. Ayrim sistematiklar (Brinkxerst R.O.) fikricha, faqat kam tuklilarga xos bo’lgan halqumning devoridagi muskulli o’simtalar bu guruhning autopomorfiysi hisoblanadi. Shu sababli bu guruhni monofiletik takson deb qarash kerak. E.E.Ruppert ushbu fikrni tasdiqlaydi va Oligochaeta larni monofiletik takson hisoblab, uni Hirudinomorpha ga opa-uka takson deb qaraydi.
Zoologik sistematka. T.I.: zoologik klassifikatsiya va identifikatsiya tushunchalarini ta’rifi, zoologik sistematkaning asosiy maqsadlari.
Klassifikatsiyalash (klassifikatsiya yaratish) jarayoni bu taksonomik reallik haqidagi fikrlarni umumlashtirishdan iborat jarayon. Zoologik klassifikatsiya bu hayvonlarni ular o’rtasidagi o’xshashlik va bog’liqlik aloqalari yoki har ikkalasi asosida tartibga solishdir. Zoologik nomenklatura esa zoologik klassifikatsiyalarda ajratib ko’rsatilgan organizm guruhlariga nom qo’yish jarayonidir. Obyektlarning o’zini avvaldan ma’lum bo’lgan taksonlarga kiritish identifikatsiya-aniqlash deyiladi. Shuni aytib o’tish kerakki klassifikatsiya taxminiy xarakterga ega va u asosiy taksonomik nazariya, klassifikatsiyalovchi belgilar, organizm guruhlarining o’rganilish darajasiga qarab o’zgarib boradi. Taksonomik reallikning har bir bo’g’iniga klassifikatsiyaning bir nechta xususiyatlari mos kelganda taksonomik noaniqlik yuzaga keladi. Taksonomiya (de Kandol 1813) yunoncha taksis (joylashish) va nomos (qonun) so’zlaridan olingan bo’lib, hozirgi ma’noda organizmlarni klassifikatsiyalash nazariyasi va amaliyotidir. Taksonomiya klassifikatsiya jarayonining asoslari, prinsiplari, uslublari va qoidalarini yaratish hamda, o’rganish jarayonidir.
Yuqoridagi tushunchalar: sistematika, klassifikatsiya va taksonomiya o’rtasidagi munosabatlarni aniqlab olish lozim. Sistematika qolgan ikki tushuncha va nomenklaturani o’z ichiga olgan yuqori tushunchadir. Klassifikatsiya va taksonomiyani farqlashda ularning predmetlaridagi farqlarni qo’llash lozim. Klassifikatsiyaning predmeti tirik organizmlar bo’lsa, taksonomiyaning predmeti klassifikatsiyalardir.
Zoologik sitematika hayvonot olamidagi xilma-xillikni ma’lum bir tizimga solishga harakat qiladi va shu maqsadda uslublar hamda tamoyil(prinsiplar) yaratadi.
Zoologik Biologik sistematkaning 3 asosiy maqsadi mavjud:
1) Diagnostika – obyektni aniq sistematik o’rnini belgilash. Bunda obyektning xususiyatlari o’zgarishi mumkin bo’lgan chegaralarni ko’rsatish. Bu maqsadni amalga oshiruvchi vazifalar bilan sistematikaning klassifikatsiya sohasi shug’ulladi. Taksonomiya esa bu jarayonning prinsiplari, uslublari va qoidalarini belgilab, qaysidir ma’noda uni boshqarib turadi.
2) Nomlash – taksonga nom qo’yish shu jumladan uning xususiyatlarini ta’riflash. O’rganilayotgan obyektni unga yaqin bo’lgan(tuzilishi, yashash muhiti, ahamiyatiga ko’ra) boshqa obyektlardan farqlanuvchi, hamda hamma foydalanishi mumkin bo’lgan nom bilan atash. Bu maqsadni amalga oshiruvchi vazifalar bilan sistematikaning nomenklatura sohasi shug’ulladi.
3)Ekstrapolyatsiya – bir obyektni kuzatishdan olingan ma’lumotlar asosida boshqa obyektning xususiyatlarini oldindan aytib berish(taxmin qilish). Agar biz qaysidir qushni tungi yirtqichlar guruhiga kiritgan ekanmiz demak uning tovushsiz uchishi va boshi yapaloq yuzga ega bo’lishini taxmin qila olamiz. Yoki bo’lmasam biz agar yashil o’ramdagi konfetlardan birini yeb ko’rib uning shirin ekanligini bilsak, keyin boshqa o’ramdagi konfetlarni ham shirin bo’lishini taxmin qilishimiz mumkin bo’ladi. Lekin har doim ham bunday bo’lib chiqmaydi, aynan shuning uchun ham diagnostika aniq bo’lishi lozim masalan konfetlar shirin va nordon turlarga ajratilgan bo’lishi kerak.
Ekstrapolyatsiyaning va pirovardida butun sistematikaning asl maqsadi organik olamning tabiiy sistemasini yaratishdir.
Yuqoridalilarga mos ravishda ma’ruzalarimizni ham 4 qismga ajratamiz:
Sistematika tarixi