Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Turning morfologik konsepsiyasi. T.I.: Seversov, organizmlarning belgilari holatlari o’rtasidagi uzilishlar, xiatus



Download 0,5 Mb.
bet8/136
Sana13.01.2023
Hajmi0,5 Mb.
#899318
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136
Bog'liq
Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I. «uch parallel

3 Turning morfologik konsepsiyasi. T.I.: Seversov, organizmlarning belgilari holatlari o’rtasidagi uzilishlar, xiatus . Ko’pincha morfologik konsepsiya deb ataladigan boshqa yo’nalishda “tur – bu ichida miqdoriy belgilarning o’zgarishi uzluksiz kechadigan guruh bo’lib, u boshqa guruhlardan xiatus ya’ni uzilish bilan ajralgan.” Seversov bo’yicha miqdoriy belgilar o’zgarishlaridagi uzilishlarning bo’lishi morfologik konsepsiyaning asosini tashkil etadi. Ikki organizm bir biridan qanchalik farq qilmasin ulardagi miqdoriy belgilarni ravon(bir tekis) o’zgaradigan formalar qatoriga solish imkoni bo’lganda ular bitta tur hisoblanadi. Aksincha, agar ikki organizmdagi miqdoriy belgi bir-biriga yaqin bo’lsa-yu, ularni uzluksiz qatorga joylab bo’lmasa, bu organizmlar xar xil turlarga mansub deb aytishga asos bo’ladi.
Shunday qilib morfologik konsepsiyada turning mezoni bo’lib, belgilarning taqsimlanishidagi chegaralarning diskretligi xizmat qiladi. Belgilarning o’zi esa turli tuman: morfologik, anatomik, sitologik, ekologik bo’lishi mumkin. ushbu diskretlikning sababi esa genetik nomutanosiblikdir. Morfologik konsepsiya biologik konsepsiyadan farqli o’laroq ko’pchilik turlar uchun tarqalish chegaralarining muntazamligi areal markazidan chekka qismiga genlar oqimining harakati natijasida emas, balki oldingi adaptiv ontogenez saqlanishi uchun ta’lab etiladigan genetik yangilanishlar chegarasidan chiqishlar natijasida ro’y beradi.


Sistematika tarixi. Uning asosiy davrlari. T.I.: Folk sistematika, protosistematika, sxolastika, gerbalistika, ilmiy sistematika Sistematika tarixiga ikki yo’nalishda qarash mumkin. Birinchidan unga yillar o’tishi bilan almashinadigan voqealar yig’indisi – solnoma ko’rishida, ikkinchidan turli g’oyalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, tanazzulga yuz tutishi va qayta jonlanishi ko’rinishida qarash mumkin. biz sistematika tarixini soddaroq g’oyalardan ilg’orroq g’oyalarga tomon ko’rib chiqamiz.
Folk sistematika. Barcha hayvonlar atrofdagi narsalarni yesa bo’ladigan va bo’lmaydigan; o’zinikilar va begonalar; do’stlar va dushmanlar kabi guruhlarga ajratadilar. Odam ongli mavjudot sifatida o’z tarixiy rivojlanishining ilk davrlaridayoq, olamni, shu jumladan tiriklikni, guruhlarga ajratganini taxmin qilish qiyin emas. Atrofdagi olamni, xususan tirik dunyoni tashkil etgan predmetlarni (organizmlarni) guruhlashning eng sodda ko’rinishiga folk sistematika yoki xalqona sistematika deyiladi. Bunga kishilarning atrof muhitdagi tirik organizmlarni ahamiyatiga ko’ra, yoki ma’lum xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratishini kiritish mumkin. Masalan kishilar qadimdan to hozirgacha baliqlar, qushlar, daraxtlar va o’tlarni farqlaydilar. Hozirgi shahar aholisi uchun o’rmon bu “daraxt”lardan tuzilgan, “qushlar” va “hayvon”lar yashaydigan joydir. Talabalik vaqtimda botanikadan dala amaliyoti vaqtida kursdoshlarim ma’lum bir o’simlikni nomini qaysi joyda qanday atashlarini tez-tez surishtirar edilar. Shunday savollarga men “bizda unisini ham, binisini ham, hech qanday atashmaydi, yozda hammasini bir nom bilan “xas” deb atab o’rib tashlashadi” deb javob bergan edim. Folk sistematikaga bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Folk sistematikaning turlari lokal, xarakteriga ega. Masalan turkey xalqlarda 3 turdagi xar xil hayvonlar qisqichbaqa, qurbaqa va toshbaqa nomlanishi o’z-o’zidan o’xshash emas albatta. Yoki bo’lmasa: ingliz tilida baliq-fish, meduza-jellyfish va qisqichbaqa-shellfish kabi nomlar bilan atalashini bilasiz. Har bir jamoaning urf-odatlari, xo’jaligi, rivojlanish darajasi ular qo’llaydigan folk sistematikaga ta’sir etadi. Aynan shuning uchun folk sistematikani etnosistematika deb ham atashadi.
Qayerda shakllanishidan qat’iy nazar folk sistematikaning bir nechta etno-( folk)taksonlarini farqlash mumkin. Odatda barcha tiriklik ikki katta etnoolamga: o’simliklar va hayvonlarga bo’linganligini ko’rish mumkin. Keyingi etnotakson “hayotiy shakl” bo’lib, o’simliklar orasida daraxtlar, butalar, o’tlar; hayvonlar orasida: sutemizuvchilar (darrandalar), qushlar, gazandalar, ilonlar, baliqlar va chuvalchanglar kabi etnotaksonlar farqlanadi. Undan kichik etnotaksonlar etnoavlod va etnoturlar farqlanadi. Nima bo’lganda ham folk sistematika hozirgi sistematikani yaratishdagi ilk qadam bo’ldi. Lekin unda uslublar va doimiylik bo’lmaganligi tufayli, uni hayvonlar sistematikasining birinchi bosqichi deb atash mumkin emas.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish