Lamarkning sistematika soxasidagi ishlari



Download 49 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2022
Hajmi49 Kb.
#390703
  1   2   3
Bog'liq
genetikadan amliy top


TOPSHIRIQ

1. J.B.Lamarkning evolyutsion ta’limot

2. Tabiyot fani taraqqiyotida metafizika davri. K.Linney sistematikasi.

3. Abu Nasr Forobiyning tabiat haqidagi qarashlari, izlanishlari

4. Mendel qonunlar

5. Morgan qonuni mohiyati

Javoblar

1. Lamarkning sistematika soxasidagi ishlari. Lamark Linney sistemasini qayta ko’rib chiqib, hayvonlarning original sistemasini yaratdi. U barcha hayvonlarni «umurtqalilar» va «umurtqasizlar» guruhiga, ularni esa o’z navbatida 14 ta sinfga va 6 ta pog’onaga ajratdi.

Lamark hayvonlarni sistemaga solishda ko’proq ichki, tashqi organlarining tuzilishiga e’tibor berdi. CHunonchi, eng sodda ko’rinishda bo’lgan tuban hayvonlarda, ya’ni infuzoriyalar sinfida qon tomirlar ham, hazm qilish organlari ham bo’lmaydi. Poliplar sinfida esa hazm qilish organi naydan iborat bo’lib, paypaslagichlari bor og’iz bilan tamomlanadi. Sistemaning ikkinchi pog’onasiga nurlilar va chuvalchanglar sinfi kiritilib, ularda hazm qilish organlaridan tashqari, ba’zi boshqa ichki organlar ham rivojlangan bo’ladi. Lekin ularda ko’z, uzunchoq — zanjirsimon miya, qon tomirlar, oyoq bo’lmaydi. Uchinchi pog’onaga hasharotlar, o’rgimchaksimonlar sinfi kiritilgan. Ular bo’g’imoyoqlari, ko’zi boshida joylashganligi, nervlari uzunchoq — zanjirsimon miyaga to’planganligi bilan xarakterlanadi. Traxeya nafas olish organi vazifasini bajaradi. O’rgimchaksimonlarda qon aylanish sistemasi sodda tuzilgan bo’ladi. To’rtinchi pog’onadagi qisqichbaqasimonlar, halqalilar, murtaoyoqlilar, mollyuskalar sinfining vakillarida qon aylanish sistemasi rivojlangan, nafas olish organlari esa takomillashgan, nervlar uzunchoq zanjirsimon miyaga, mollyuskalarda esa nerv tugunlariga to’plangan. Bu pog’onadagi hayvonlarda qon tomirlar arteriya va venalarga bo’linadi. Beshinchi pog’onaga baliqlar, reptiliyalar sinfi kiritilgan. Ularning yuragi ikki kamerali (baliqlarda) va uch kamerali (reptiliyalarda) bo’lgan. Lekin har ikkala holda ham yurak bir bo’lmaga ega, bu hayvonlar sovuqqonli, nervlari kalla suyagini to’ldirmaydigan bosh miyaga to’plangan bo’ladi. Oltinchi pog’onaga kiritilgan qushlar, sut emizuvchilar sinfi nerv sistemasining yanada takomillashganligi, ya’ni nervlar kalla suyagini to’ldiruvchi bosh miyaga to’planganligi, yuragi ikki bo’lmadan iboratligi, issiqqonliligi bilan farq qiladi. Lamark tuzgan hayvonlar sistemasi Linney sistemasiga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega bo’lsada, unda ko’pgina kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Masalan, amfibiyalar bilan reptiliyalar sun’iy ravishda bir sinfga, bir teshiklilar (kloakalilar — o’rdakburun, yexidna) qushlar sinfiga, bulutlar, mshankalar, ba’zi pardalilar, gidroidlar poliplar sinfiga kiritilgan edi. Bunday kamchiliklarga qaramay, pog’onali tuzilishning asta-sekin takomillashishi printsipiga asoslangan Lamark hayvonot olamining genealogik sxemasini tuzishga muvaffaq bo’ldi. Uning sistemasi va genealogik sxemasi hayvonlar sistemasining keyingi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

3. Forobiy “Baxt – saodatga erishuv to’g’risida” asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi.



Forobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo’ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o’qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. CHunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o’zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o’qituvchi lozim.

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish