Yassi chuvalchanglar tipi



Download 69 Kb.
bet1/5
Sana13.07.2022
Hajmi69 Kb.
#787781
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ko`p qilli chuvalchanglar


Mavzu: Ko`p qilli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi. Vakillar : nereisyoki qum chuvalchangini tuzilishi.

Rеja:



1. Ko`p qilli chuvalchanglar.
2. Ko`p qilli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi. Vakillari
3. So’rgichlilar sinfi, tavsifi, sistеmatikasi, muhim vakillarning bioekologiyasi.
4. Lеntasimon chuvalchanglar sinfi, tavsifi, muhim vakillari va ularning patogеn ahamiyati.


Koʻp tukli chuvalchanglar, polixetalar (Polychaeta) — halqali chuvalchanglar sinfi. Oʻz. 2 mm dan 3 m gacha. Tanasi juda koʻp (bir necha yuzta) halqalardan iborat. Har bir halqada bir juftdan koʻp tukli yassi koʻraksimon oʻsimtasi — parapodiysi boʻladi (nomi shundan olingan). Parapodiylar harakatlanish va, koʻpincha, jabralar vazifasini bajaradi. Ayrim oʻtroq yashovchi turlarida bu vazifani bosh tomonidagi paypaslagichlar oʻtaydi. Koʻzlari (koʻpincha, oddiy), muvozanat organlari rivojlangan. 25 taga yaqin turkumga boʻlinadi. 7000 dan ortiq turi maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda va tropik oʻrmonlardagi barg toʻshalmasida yashaydi. Erkin suzib yuradi; balchiqqa koʻmilib oladi, bir qancha turlari kum va balchiqdan koʻrgan vay — inlarida hayot kechiradi. Koʻpchiligi ayrim jinsli, tashqi urugʻlanadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi: tuxumdan chiqqan troxofora lichinkasi, asta-sekin boʻgʻim chiqarib, voyaga yetgan Koʻp tukli chuvalchanglarch.ga aylanadi. Ayrim turlari koʻndalangiga kurtaqlanish orqali jinsiy koʻpayadi. Detrit bilan oziqlanadi; bir qancha turlari yirtqich. Deyarli barcha turlari suv hayvonlari ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega. Ayrim turlarining ikrasi yeyiladi Ko‘p tukli halqalilar yoki polixetalar – turli dengizlarda nihoyatda ko‘p tarqalgan o‘rtacha kattalikdagi chuvalchanglardir. Bir qanchalari erkin suzib yurib, ko‘p turlari dengiz tubida, ba’zilari qum yorib hayot kechiradi. Dengiz hayotida g‘oyat muhim o‘rin tutuvchi mazkur sinf annelidalar tipining hamma asosiy xususiyatlarini o‘zlarida mujassamlashtirgan. Bularda gavda-bosh, tana va dum qismga ajralgan; bosh qismida og‘iz oldi va og‘iz segmentlari, palpilar (kimyoviy sezuvorganlari), paypaslagichlar (teri sezuv organlari) va ko‘zlar joylashgan. Tanasi juda ko‘p bir xildagi segmentlardan tarqalib topgan. Ularning ikki yon tomonida tik joylashgan parapodiyalar bo‘lishi, ularda esa bir qancha uzun qilsimon o‘simtalar va nafas olish organi-jabralar joylashganligi xarakterlidir. Teri – muskul xaltasi ikkilamchi tana bo‘shlig‘i va hamma ichki organlari ayniqsa nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Ayrim jinsli. Gonadalari ko‘plarida hamma tana segmentlarida bo‘ladi. Traxofora lichinkasi orqali rivojlanadi. Bir qancha turlari bo‘linish yo‘li bilan ham ko‘payadi.
Suzib yuruvchi neris (Nereis pelagica) – ko‘p qilli halqalilarning eng ko‘p tarqalgan нерендалар oilasiga mansub bo‘lib, dengizlarning sohil (littoral) zonasida, ko‘pincha dengiz tubiga yaqin joylarda suzib yurib hayot kichiradi. Ularning ko‘p qilli halqalilar uchun xarakterli bo‘lgan hamma organlari yaxshi rivojlangan.
O‘rtacha 8-15 sm uzunlikdagi nerisning bosh qismi tanadan aniq ajralib turadi. Bosh segmenti – prostoma va og‘iz oldi segmenti-peristomalardan tuzilgan. Bosh segmenitining ustki tomonida 2 juft ko‘z, bir juft palpi va bir juft kalta “mo‘ylov” o‘simtasi bo‘lib, og‘iz oldi segmentining qorin tomonida og‘iz, ikki yon tomonida 4 juft uzunroq paypaslagichlar joylashgan.
Nerisning tana qismi bir xildagi 200 tacha segmentlardan tuzilgan bo‘lib,har bir segmentning ikki yon tomonida tanaga nisbatan tik joylashgan kattagina paradopodiyalar joylashgan. Har bir parapodiyada ustki (yelka) tomoniga yo‘nalgan orqa o‘simta (notopodiya) va pastki qorin tomon o‘simtasi (nevropodiya) lar bo‘lib, bulardan yon tomonga yoo‘lanib o‘sgan juda ko‘p va har xil yo‘g‘onlikdagi “qillar” joylashgan. Bundan tashqari parapodiyaning ustki va ostki qismida ancha uzun ingichka (ba’zilari ayri shoxlangan) o‘simtalar bo‘ladi; bular jabralar-nafas olish organlaridir. Bir oz ingichkalashgan dum segmentlarining oxirida, ko‘pincha, bir juft o‘simta bo‘lib, anal teshigi qorin tomoniga ochilgan.
Terining ustki qismi qalin kutukula bilan qoplanib teri muskul xaltasi yaxshi rivojlangan. Epiteliyasidagi pigment ho‘jayralari nerislar (va boshqa ko‘p qillilar) ning tanasini yashil, sarg‘ish, qizg‘ish va boshqa ranglarda bo‘lishini muvofiqlashtiradi. To‘rt qator cho‘ziq muskullari yaxshi taraqqiy etgan. Har bir segmentning ikkilamchi tana bo‘shlig‘i dissepiment pardalari bilan ajralib turadi.
Hazm organlarining tuzilishida katta halqum, oshqozoning ostki qismidan ajralib, pastga yo‘nalgan bir juft ko‘richak o‘simtalarning bo‘lishi harakterlider. Qon aylanish sistemasi ichak ustida va ichak ostida (qorin tomonda) joylashgan katta tomirlar va ularni tutashtiruvchi ichak atrofidagi 6-7 ta halqa tomirlardan tarkib topgan.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish