Leksik-semantik usul. Bu usulda ma’noni kuchaytirish uchun belgi
bildiruvchi so’zlar o’rnida yoki ular oldidan boshqa turkumdagi so’zlar
qo’llanadi, ba’zan u so’zlar takrorlangan holda yoki -dek affiksini olgan holda
keladi: achchiq garimdori - zahar garimdori kabi.
Fonetik usul. Bu usul jonli tilga oid, ya’ni tovushlarga xos bo’lgan turli
hodisalar talaffuz vaqtida namoyon bo’ladi. Belgi ma’nosini kuchaytirishda
fonetik usuldan ham foydalaniladi. Bu quyidagicha: a) belgi bildiruvchi so’z
sostavidagi unlilar cho’g’iq talaffuz qilinadi va urg’u o’sha unlilarga tushadi:
balaand, tooza singari. b) so’z sostavidagi ba’zi undoshlar ikkilanadi:
yummshoq, yuppqa, tekkis kabi.
Ba’zi bir belgi bildiruvchi so’zlarga nisbatan ikkala hodisani ham qo’llash
mumkin bo’ladi. Bunga misol tariqasida, birinchidan, asl o’zagida ikkita undosh
bor so’zlarni keltirish mumkin, ya’ni ma’noni kuchaytirish uchun o’sha qo’sh
undoshlar yanada ko’paytiriladi: achchiq, qattiq kabi: shu bilan birga, bu
so’zlarning birinchi bo’g’idagi unlilarni cho’ziq talaffuz etish ham mumkin:
qaattiq, jaajji kabi.
2
. Ozaytirma daraja. Ko’proq rang-tus belgilariga xos, ayniqsa,
ozaytiruvchi affikslar rang bildiruvchi sifatlar bilan bog’liq. Bundan belgi
ma’nosining normal darajaga yetmaganligi, normaldan pastligi (turli usullar
bilan) ifoda etiladi.
1
2
3
) affiksatsiya: -ish, -g’ish (qizg’ish, sarig’ish, ko’kish, oqish) kabi
) leksik vositalar: yarim, nim, och va boshqa vositalar bilan ifodalanadi.
) leksik-morfologik usul. Bunda belgi ma’nosini berish uchun leksik elementlar
va ozaytiruvchi affikslar qo’llanadi.
Qolaversa, bu kitobda qiyosiy daraja haqida ma’lumotlar keltirilgan
bo’lib, bu daraja orqali belgining ortiq yo kamligi, yuqori yoki pastligini
qiyoslash yo’li orqali aniqlanadi, ya’ni bunda predmetlarning o’zi yoxud
ularning belgilari bir-biriga chog’ishtiriladi.
Bunga misol qilib Uzum o’rikdan shirinroq gaplari keltirilgan. Qiyosiy
daraja formasini yasovchi eng muhim vositalaridan biri -roq affiksidir”9. Bu
kitobda yana ravish so’z turkumining darajalanishi haqida qisqacha ma’lumotlar
berilgan. Faqat, bu kitobda fe’l shakllaridan ravishdosh va sifatdoshlarning
daraja ko’rsatishi haqida ma’lumot berilmagan.
M.Asqarova, R.Yunusov, M.Yo’ldoshev, D. Muhamedovalarning 2006-
yilda chop etilgan “O’zbek tili praktikumi” nomli kitobda daraja
kategoriyasining alohida ta’rifi berilmagan, faqat sifat so’z turkumining, ravish
so’z turkumining daraja ko’rsatishi haqida ma’lumotlar berilgan.
”
Bir predmetdagi belgining boshqa predmetdagi xuddi shu belgiga
nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajalari deyiladi.
Sifatlarda 3 xil daraja mavjud. 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja;
3
) orttirma daraja;
1
) oddiy daraja sifatlari bir predmetgagina xos belgini ifodalaydi. Ular
belgini boshqa belgiga qiyoslamagan holda anglatadi. Oddiy daraja sifatlarida
hech qanday qo’shimcha yoki yordamchi so’z bo’lmaydi.
2
) qiyosiy darajada bir predmetdagi belgisi boshqa xuddi shunday belgiga
qiyoslanadi. Qiyosiy darajada –roq qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi.
Bu qo’shimcha belgining ortiq yoki kamligini ko’rsatadi.
3
) orttirma daraja shakli yordamchi so’zlar vositasida hosil qilinadi va
belgining me’yordan ortiqligini ifodalaydi. Orttirma daraja ma’nosini
ifodalovchi yordamchi so’zlarga quyidagilar kiradi: eng, juda, g’oyat, g’oyatda,
Do'stlaringiz bilan baham: |