sevibroq, shodlanibroq qarshi oldilar.
Yuqorida misol qilib keltirilgan gapda sevibroq, shodlanibroq so’zlari fe’l
shakli ravishdoshga –roq affiksi qo’shilib ravishdoshning qiyosiy daraja shakli
yasalgan.
Yana bu kitobda ravish so’z turkumining daraja kategoriyasi haqida
qisman ma’lumot berilgan bo’lib, ularning turlari haqida misollar berilgan.
Lekin bu kitobda oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja deb
nomlanmagan.
Sh.Shoabdurahmonov,
M.Asqarova,
A.Hojiyev,
I.Rasulov,
X.Doniyorlarning “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kitobida o’zbek tilida daraja
kategoriyasi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Shulardan bir qanchasi bilan
tanishib chiqamiz.
“Sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo’lishi mumkin, ya’ni, belgi
normal (oddiy darajada bo’lishi, oddiy darajadan ortiq (kuchli) yoki oz (kuchsiz)
bo’lishi mumkin. Daraja kategoriyasi belgining ana shu daraja nuqtai nazaridan
7
bo’lgan xarakteristikasini ko’rsatadi. Sifatlarning daraja nuqtai nazaridan
bo’lgan farqi turli vositalar yordamida ifodalanadi: yaxshi - yaxshiroq - juda
yaxshi kabi”.
Bu kitobda darajalanishning bir-biriga qiyosan olinadigan uch turi haqida
ma’lumot berilgan: 1) oddiy daraja; 2) orttirma daraja; 3) ozaytirma daraja.
1
) oddiy daraja belgining ortiq-kamlikka (kuchli-kuchsizlikka)
munosabatini ifodalamaydi va bunda sifatlar daraja ifodalovchi vositalarga ega
bo’lmaydi: yaxshi, qattiq, semiz, keng, baland, to’g’ri, yumshoq kabi.
2
) orttirma darajada belgining normal holatdan ortiqligi, kuchliligi
ifodalanadi. O’zbek tilida belgining ortiq darajasini bildiruvchi maxsus affiks
(orttirma darajaning morfologik ko’rsatkichi) yo’q. Bu ma’no bir necha usul
bilan ifodalanadi.
1
. Fonetik usul. Bu usulning o’zi bir necha ko’rinishga ega:
1
) sifatning bosh bo’g’ini yoki bosh qismini olib sifat oldidan qo’llash bilan
belgining ortiqligi ifodalanadi: yap-yapaloq, dum-dumaloq kabi. Bunda bosh
bo’g’in oxiri p, m kabi tovushlar orttirib talaffuz etilishi yoki umuman o’zakdagi
biror tovush p, m bilan o’zgartirib talaffuz etilishi, hatto pa elementi orttirib
talaffuz etilishi mumkin: sap-sariq, qip-qizil, yam-yashil, ko’m-ko’k, oppoq,
soppa-sog’ kabi. Belgi darajasining bu usul bilan kuchaytirilishi sanoqli
so’zlarda uchraydi, masalan, mehribon, muloyim, sho’x so’zlarini bildirgan
belgining ortiqligini bu usul bilan belgilab bo’lmaydi. 2) belgining ortiq (kuchli)
darajasi unlini kuchli yoki cho’zib talaffuz etish, shuningdek, undoshni qavatlab
talaffuz etish yo’li bilan ham ifodalanadi: uzuuun ko’cha kabi. Unli kuchli
talaffuz etilganda yoki undoshni qavatlantirilganda, urg’u oldingi bo’g’inga
ko’chirilishi ham mumkin: noordon, chirooyli kabi. Qip-qizil, sap-sariq, yum-
Do'stlaringiz bilan baham: |