yumaloq kabilarda ham bosh qismidagi unli kuchli talaffuz etiladi. 2) leksik
usul. Belgining ortiq (kuchli) darajasi maxsus so’zlar yordamida ifodalanadi:
juda yaxshi, juda go’zal kabi. Belgining ortiq darajasi analitik formada ham
ifodalanadi: bu forma ikki komponentli bo’lib, birinchi komponentini chiqish
kelishigi formasida qo’llash orqali hosil qilinadi: uzundan uzoq, shirindan sirin
singari.
3
. Ozaytirma daraja. Belgining normal darajadan kuchsizligini
bildiradi. Bu ma’no ikki usul bilan ifodalanadi:
) leksik usul. Bunda darajaning kuchsizligi maxsus so’zlar yordamida hosil
1
qilinadi: sal durust, bir oz yaxshi kabi. 2) morfologik usul. Bunda darajaning
kuchsizligi –roq affiksi yordamida ifodalanadi. –roq affiksi yordamida
yasaluvchi forma hamma vaqt belgining normol holatdan kuchsiz (past)
darajasini bildiradi: oqroq, ko’kroq singari. –roq affiksli formaning belgining
normal holatdan kuchsiz (past) darajasini ifodalashi bu affiks belgi bildiruvchi
boshqa so’zlarga yoki ravishlarga qo’shilganda ham aniq ko’rinadi: Kiyimidan
yigit ko’proq studentga o’xshar edi. (A.Q) Keksayganimda
zora
erkinlik
ko’rsam ozroq. (Shukrullo). Boris Aleksandrovich, qulupnay qiyomimi yaxshi
ko’rardingiz... -Minavar murabbo idishini suribroq qo’ydi.
Belgining normal holatdan kuchsiz (past) darajasini ifodalashi
sababli shunday ma’noni bildiruvchi mustaqil leksik vositalar (sal, xiyol, bir oz
kabi) yoki morfologok vositalar (-sh, -(i)mtir) kabi bo’lgani holda sifatga –roq
affiksi ham qo’yilishi mumkin: Shu desangiz, sal yorug’roqda yummoq uchun
topolmadim vaqt.
Ikki predmentning belgisi o’zaro qiyoslanganda –roq affiksli sifat
bildirgan belgi darajasi boshqa predmentning belgi darajasidan kuchliroq
(ortiqroq) bo’ladi. Havo kechagidan bugun sovuqroq kabi. Lekin bunday
hollarda ham –roq affiksli darajaning kuchliligini (ortiqligini) ifodalamaydi. Bu
ma’no qiyoslashning o’zidan kelib chiqadi. –roq affiksi esa shunda ham
darajaning normal holatdan kuchsizligini, ya’ni belgining darajasi –roq affiksi
qo’llanmagan formada kuchli (ortiq) bo’ladi. Qiyoslang: bugun sovuqroq-
bugun sovuq, undan kuchliroq- undan kuchli, unga qaraganda balandroq-unga
qaraganda baland.
Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, daraja ma’nosini ifodalash maxsus
grammatik ko’rsatkichga ega bo’lgan forma faqat bitta. U ham bo’lsa, –roq
affiksi yordamida yasaluvchi ozaytirma daraja formasidir”.
Bu kitobda yana ravish so’z turkumining darajalanishi haqida qisman
ma’lumotlar berilgan. Ravish so’z turkumining darajalanishi sifat so’z
turkumini bildiradigan belgilar kabi ravishlar bildirgan belgilar ham turli
darajaga ega bo’lishi yoki darajalanmasligi mumkin. Bundan tashqari, ravish
bildirgan belgi darajasining ortiq-kamligi xuddi sifatlardagi kabi usul bilan
ifodalanadi. Belgining ortiq darajasi maxsus so’zlar yordamida (leksik usul
bilan) ifodalanadi. Masalan: juda tez uchadi, nihoyatda sekin eshitilyapti.
Belgining kuchsiz ozaytirma darajasi –roq affiksi yordamida ifodalanadi:
sekinroq gapir, keyinroq keldi kabi”8.
Yana shuni aytib o’tishim lozimki, bu kitobda ravish so’z turkumida
darajalanishning turlari haqida alohida ta’riflar berilmagan. Bundan tashqari, fe’l
shakllari ravishdosh va sifatdoshlarning qisman daraja ko’rsatishiga misol
berilgan bo’lsa-da, ularning darajalanishi haqida alohida ma’lumotlar
berilmagan.
“
O’zbek tili grammatikasi“ (I-qism) kitobida o’zbek tilida daraja
kategoriyasi haqida keng ma’lumot berilgan.
Predmet, holat, hodasaning turli-tuman o’ziga xos konkret hamda
“
abstrakt belgilari bo’ladi. Bunday belgilar normal bo’lishi mumkin va shu
normallikka nisbatan ortiq yoki kam, past yoki baland bo’lishi mumkin. Bu
hodisa sifatning daraja formalari yordamida ifodalanadi. Hozirgi o’zbek adabiy
tilida sifatning daraja formalari quyidagicha: 1. Orttirma daraja - belgining
ortiqligini ifoda etish uchun qo’llaniladi. 2. Ozaytirma daraja - belgining kamlik
darajasini ifoda etish uchun qo’llaniladi. 3. Qiyosiy daraja - bunda belgining
ortiq-kamligi turli chog’ishtirish usullari vositasida aniqlanadi.
8
1
. Orttirma daraja. Bu daraja formalari orqali predmet, holatga oid belgi
xususiyatlarning ortiqlik ma’nolari, ya’ni belgining normal holatdan yuqoriligi,
balandligi ifodalanadi. Belgi darajaning ortiqligini ko’rsatishda uch xil usul
qo’llanadi: 1) morfologik (affiksatsiya) usul; 2) leksik usul: bunda turli
kuchaytiruv ma’nosini beruvchi so’zlar, so’z birikmalaridan foydalaniladi;
3
) leksik-semantik usul; 4) fonetik usul - bunda esa urg’u, intonatsiya, tovush
takrori kabi fonetik vositalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |