5
. Tadqiqotning nazariy asosini ona tili bo’yicha nashr etilgan darslik va
qo’llanmalar, tilshunos olimlarning ilmiy asarlari tashkil etadi.
. Tadqiqot obyekti: boshlang’ich sinf “O’qish kitobi”dagi matnlar
hisoblanadi.
6
7
. Tadqiqot metodlari sifatida tavsifiy tahlil, qiyoslash metodlari olindi.
. Tadqiqot materiali bo’lib boshlang’ich sinf “O’qish kitobi”dan mavzu
8
bo’yicha olingan misollar xizmat qiladi.
. Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati quyidagilardan
namoyon bo’ladi: 1) tadqiqot yakunida chiqarilgan xulosalar boshlang’ich sinf
O’qish kitobi”iga matn tanlashda mezon sifatida xizmat qilishi mumkin;
) boshlang’ich sinf o’qituvchilariga darslikdagi matnlarni chuqurroq tushunishiga va
ularni kichik yoshdagi o’quvchilarga tushuntirishda yordam beradi. Bitiruv
9
“
2
malakaviy ishim: ishning umumiy tavsifi, uchta bob, umumiy xulosalar,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.
I BOB. O’ZBEK TILIDA DARAJA KATEGORIYASI HAQIDA
UMUMIY MA’LUMOT
1
.1 Daraja kategoriyasi haqida
O’zbek tilida daraja kategoriyasi haqida ma’lumot berishdan oldin
kategoriya so’zining ma’nosini izohlab o’tishni joiz deb bildik. Grammatik
kategoriya deb uning umumiy ma’nosiga ko’ra birlashuvchi shakllar tizimiga
aytiladi. Shuning uchun belgi bildiradigan so’zlarning darajalanishi kategoriya
ostida birlashadi.
Tilshunoslikda daraja kategoriyasi deb belgining bir-biriga qiyosiy,
orttirma, kamayish munosabatlarini ko’rsatuvchi shaklga aytiladi. Belgi
bildiradigan so’zlarda, belgi darajalab ko’rsatiladi. Bunga misol qilib, shirin,
shirinroq, juda shirin so’zlarini keltirishimiz mumkin. Belgini darajalab
ko’rsatuvchi maxsus grammatik shakl, grammatik ma’no, grammatik vosita,
grammatik xususiyatlari mavjud, ular daraja kategoriyasi ostida birlashadi.
O’zbek tilida belgi bildiradigan so’zlarga, asosan sifat so’z turkumi,
ravish so’z turkumi va fe’l shakllaridan qisman ravishdosh va sifatdoshlarni o’z
ichiga oladi.
O’zbek tilida daraja kategoriyasiga bag’ishlangan mavzuni yoritish uchun
bir qancha ilmiy adabiyotlar va darsliklar ko’rib chiqildi.
Ilmiy adabiyotlarda o’zbek tilining daraja kategoriyasi haqida bir qancha
na’zariy ma’lumotlar berilgan.
Men mana shu berilgan ma’lumotlarni nazarda tutgan holda, bir turga
mansub bo’lgan ilmiy adabiyotlarni guruhlarga ajratib chiqishni lozim deb
bildim.
Birinchi guruhga o’zbek tilining daraja turlarini 2 va 3 turga ajratgan
ilmiy adabiyotlarni kiritdim.
Ular
quyidagicha:
X.Komilova,
Sh.Shoabduraxmonov,
H.
G’oziyevlarning “Hozirgi zamon o’zbek tili” kitobida daraja kategoriyasining
alohida ta’rifi berilmagan. Faqat sifat va ravish so’z turkumining daraja
kategoriyasi haqida ma’lumotlar berilgan.
Bu kitobda sifat so’z turkumining daraja kategoriyasini ikki turga
ajratgan. Ular: Chog’ishtirma daraja va orttirma darajalardir. Bu darajalarga bir
qancha misollar ham keltirilgan.
Qolaversa, bu kitobda yana ravish so’z turkumining daraja kategoriyasini
uch turga ajratgan. Ular: 1) ish daraja; 2) qiyosiy, kuchaytiruv daraja; 3) orttirma
darajalardir6.
Bu kitobda bosh daraja ish daraja deb atalgan. Lekin bu qarashni to’g’ri
deb bo’lmaydi. Chunki kitobda ish darajaga ma’lumot berishda asosan, bosh
darajadagi ravishlar harakat belgisining normal holatda ekanligini ko’rsatadi va
boshqa darajadagi ravishlarning yasalishiga asos bo’ladi degan ma’lumotlarning
o’zi birinchi berilgan darajani, ish daraja deb nomlanishiga qarshi ma’lumot
bo’lyapti.
X.Abdurahmonov, E.Shodmonovlarning “O’zbek tili” kitobida daraja
kategoriyasining alohida ta’rifi berilmagan; faqat sifat so’z turkumi haqida
qisman ma’lumotlar berilgan.
Bu kitobda sifat darajasi deb bir necha predmetdagi bir xil belgini miqdor
jihatdan farqlash hodisasiga aytiladi.
Ikki predmetdagi bir xil belgining o’zaro qiyoslanmagan formasi oddiy
daraja hisoblanadi.
Bir xil belgining qiyos qilinishidan ikki xil daraja yasaladi. 1) qiyosiy
daraja; 2) orttirma darajalardir.
Predmetdagi ma’lum bir belgining predmetdagi xuddi shunday belgidan
ortiq yoki kamligini ko’rsatuvchi daraja qiyosiy daraja deyiladi.
Predmetdagi belgining boshqa predmetdagi shunday belgidan miqdor
jihatdan ancha ko’p ekanligini ko’rsatuvchi daraja orttirma daraja deyiladi.
6
Orttirma daraja belgi ifodalovchi so’zdan oldin eng, juda, g’oyat, nihoyatda kabi
so’zlardan birini keltirish bilan ifodalanadi”7.
Bu kitobda ravish so’z turkumining va fe’l shakllarining - ravishdosh va
sifatdoshlarning daraja ko’rsatishi haqida umumiy ma’lumot berilgan.
Y.Tursunov, J. Muxtorov, Sh Rahmatullayevlarning “Hozirgi o’zbek
adabiy tili” kitobida sifat va ravish so’z turkumining daraja ko’rsatkichi haqida
ma’lumotlar berilgan. Bu kitobda sifat so’z turkumining daraja kategoriyasi
uchta turga ajratilgan. Ular quydagicha: 1) oddiy daraja 2) qiyosiy daraja;
3
) orttirma daraja. Yana shuni aytib o’tish lozimki, bu kitobda sifat so’z
turkuming qiyosiy daraja haqida ma’lumotlar berish jarayonida fe’l
shakllarining - ravishdosh va sifatdoshlarning daraja ko’rsatishi haqida ayrim
misollar ham berilgan.
Misollar quyidagicha: Ular bu sovg’alarni har kungi konfetlardan ham
Do'stlaringiz bilan baham: |